Juraev Obidjon Tuxlievichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aconitum soongoricum ildiz tuganaklaridan yuqori tozalikdagi akonitin alkaloidini olish texnologiyasi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T496.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shahsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aconitum soongoricum o‘simligi ildiz tuganaklaridan tozalik darajasi 98,5%dan yuqori bo‘lgan akonitin alkaloidini olishning yangi iqtisodiy samarador ishlab chiqarish sanoat texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aconitum soongoricum o‘simligi ildiz tuganaklari tarkibidagi akonitin alkoloidini, boshqa 3-dezoksiakonitin, 15-dezoksiakonitin, zongorin, napellinlar kabi alkoloidlardan farqlanuvchi fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
akonitin, 3-dezoksiakonitin, 15-dezoksiakonitin, zongorin, napellinning suvli ekstraktda, etil va metil spirtlarida eruvchanliklaridan foydalanib, ushbu o‘simlikdan jahonda ilk bor yuqori tozalikdagi (98,5–100%) akonitin akaloidini o‘simlik xomashyosidan sanoat miqyosida ishlab chiqarish usuli yaratilgan;
yaratilgan texnologiya natijasida akonitin bioreaktivi tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan yurak aritmiyasiga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan zongorin, napellin, 15-atsetilzongoramin, zongoramin, 12-atsetilnapellin kabi alkaloidlaridan tozalash usullari ishlab chiqilgan;
ilk bor o‘simlik xomashyosidan yuqori tozalikdagi (98,5–100%) akonitin alkaloidini ishlab chiqarish texnologik qurilmalarining tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aconitum soongoricum o‘simligi ildiz tuganaklari tarkibidan yuqori darajada tozalangan akonitin alkoloidini ajratib olish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori tozalikdagi (98,5–100%) akonitin alkaloidi uchun sanoat ishlab chiqarish reglamenti, mahsulot uchun texnik shartlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 03535440-017:2014). Natijada yuqori tozalikdagi akonitin alkaloidi uchun sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkoniyatini bergan;
o‘simlik xomashyosidan akonitin alkaloidini yuqori tozalikdagi ekologik toza, iqtisodiy samarador sanoat ishlab chiqarish texnologiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti Tajriba  ishlab chiqarish korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 6 dekabrdagi 4/1255-3186-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori tozalikdagi akonitin alkaloidini ishlab chiqarish va «LATOXAN» firmasiga (Fransiya) 1863.6 g (128.9 ming evro) miqdorida eksport qilish imkonini bergan.
V. Ixtiroga patenti:  
«Akonitin olish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (UZ №IAP 05805-2019 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 4 dekabrdagi 01-11/2450-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish