Jonbo‘taeva Zumradxon Abdujabborovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida ideonimlarning lisoniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5208. 
Ilmiy rahbar: Djurabaeva Zamira Axmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.07.03.
Rasmiy opponentlar: Abdupattaev Muhammadtohir Tojimamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kabuljonova Gulbahor Komiljonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til onomastikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ideonimlar tizimini muayyan darajada shakllantirish va ularning kognitiv, lingvomadaniy, lingvopoetik va lingvostilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida  ideonimlarning nominativ birlik sifatidagi mohiyati, ularni boshqa onomastik birliklardan farqlovchi belgilari aniqlanib, ichki turlar (mikroko‘lamlari)ning tizimli  zamonaviy talqindagi umumiy klassifikatsiyasi shakllantirilgan;
o‘zbek tilidagi ideonimlarni tasniflashning semantik, grammatik, pragmatik tamoyillari hamda ijtimoiy, madaniy, funksional mezonlari ilmiy asoslangan, ularning ijtimoiy-madaniy muhitda milliy o‘ziga xoslikni va qadriyatlar tizimini ifodalashdagi, shuningdek, brend, mahsulot va asar nomlarini shakllantirishdagi pragmatik-kommunikativ vazifalari yoritilgan;
 ideonimlarning kognitiv-semantik lingvistik, ekspressiv-baholovchi lingvostilistik, badiiy-obrazli lingvopoetik va milliy-mental lingvomadaniy tabiati ochib berilgan, ideonimlarning  struktur-semantik modellari hamda ularning  metaforik va metonimik ko‘chish, transonimizatsiya  tizimli tavsiflangan;
ideonimlarning semantik mazmuniga ko‘ra tarixiy-semantik, madaniy-semantik,  geografik-semantik, ideologik-semantik, poetik-semantik, mifologik-semantik turlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida ideonimlarning lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan: 
ideonimlarning nominativ birlik sifatidagi mohiyati, ularni boshqa onomastik birliklardan farqlovchi belgilari aniqlangan o‘rinlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univer -siteti Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 21-iyundagi 01/01-2658 – son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadan ko‘zlangan turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratishda tadqiqot xulosalariga tayanilgan; 
 ideonimlarning ijtimoiy-madaniy muhitda milliy o‘ziga xoslikni va qadriyatlar tizimini ifodalashdagi, shuningdek, brend, mahsulot va asar nomlarini shakllantirishdagi pragmatik-kommunikativ vazifalari yoritilgan o‘rinlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining bir qator dastur lari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” dasturlarida 2024-2025-yillar) ssena riylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7-iyuldagi 05-09–1081–son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ssenariysi mazmunan boyitilgan,ilmiy asoslanganligi hamda omma- bopligi ta’minlangan; 
o‘zbek tilshunosligida ideonimlarning  struktur-semantik modellari hamda ularning  metaforik va metonimik ko‘chish, transonimizatsiya  tizimli tavsiflangan o‘rinlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli "Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish" innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 5-iyuldagi 01/01–2962-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadan ko‘zlangan axborot-qidiruv tizimlari uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishda tadqiqot xulosalariga tayanilgan;
ideonimlarning semantik mazmuniga ko‘ra tarixiy-semantik, madaniy-semantik,  geografik-semantik, ideologik-semantik, poetik-semantik, mifologik-semantik turlari aniqlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston-24" ijodiy birlashmasi "O‘zbekiston" teleradiokanalining 2025-yil fevral va iyun oylarida efirga uzatilgan "Ta’lim va taraqqiyot", "O‘zbekiston yoshlari", "Adabiy jarayon" nomli dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston-24" ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-iyuldagi 05-09-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dastur larning ilmiy-ommabop va ma’rifiy saviyasi oshgan, onomastik materiallarning tahlili bilan ushbu ko‘rsatuvlar mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish