Mamatova Shaxnoza Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchilarining asosiy tizimlariga koks changining ta’sirini gigienik baxolash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:9 B2025.1.PhD/Tib5429.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamasiddiqov Jamoliddin Turg‘unbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi asosiy ish joylari havo muhitining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini ishchilarning asosiy fiziologik tizimlariga koks changining ta’sirini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftni qayta ishlash sanoatida sekinlashtirilgan kokslash jarayoni va unga o‘xshash texnologik jarayonlarda hosil bo‘luvchi koks changining dispers tarkibi makro- va mikrotuzilmaviy jihatdan baholash asosida tarkibida zararli mayda dispers fraksiyalarning (PM10>70%, PM2.5>30%) yuqori ulushi koks changining nafas olish tizimining chuqur al`veolyar qismlariga to‘siqsiz kirib borish qobiliyatini belgilashi asoslangan;
koks changining fizik-kimyoviy tabiatiga xos yuqori darajadagi gidrofoblik tufayli, an’anaviy suv purkash tizimlarining ushbu omil ta’sirini neytrallashtirishdagi past samaradorligi, yuqori fil`trlash koeffisientiga (FFP3 sinfi) va yuqori obturatsiya darajasiga ega shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash zarurligi isbotlangan;
ishlab chiqarish muhitining zararli omillari (koks changi, uglevodorodlar sinergizmi va isituvchi mikroiqlim) majmuaviy ta’siri sharoitida asosiy kasb guruhlari (mexanik, kranchi va operatorlar) mehnat sharoitining sanitar-gigienik me’yorlari (SanQvaN №0141-03 va SanQvaN №0069-24) asosida zararlilik darajasi bo‘yicha 3-sinf 1- va 2-darajalariga (3.1 va 3.2) mansubligi, mehnat og‘irligi va keskinligi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda mehnat sharoitini kompleks baholash tartibi ishlab chiqilgan;
issiq iqlim sharoitida mehnat faoliyati jarayonida ishchilar teri haroratining markaziy va chekka sohalari o‘rtasidagi farq kamayishi (proksimal-distal gradientning pasayishi) organizmning termoregulyasiya tizimi kritik darajada zo‘riqayotganini aks ettirishi hamda bu holat diqqatning susayishi, tezda toliqish va asabiy-ruhiy charchoq rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchilarning asosiy fiziologik tizmilariga koks changining ta’sirini gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: neftni qayta ishlash sanoatida sekinlashtirilgan kokslash jarayoni va unga o‘xshash texnologik jarayonlarda hosil bo‘luvchi koks changining dispers tarkibi makro- va mikrotuzilmaviy jihatdan baholash asosida tarkibida zararli mayda dispers fraksiyalarning (PM10>70%, PM2.5>30%) yuqori ulushi koks changining nafas olish tizimining chuqur al`veolyar qismlariga to‘siqsiz kirib borish qobiliyatini belgilashi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvardagi 01-02/i-t-son bilan tasdiqlangan «Koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 29.01.2026 yildagi 31-11-169-SES/2026–son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshloq tumani bo‘limi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 1701-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 04/69-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neftni qayta ishlash zavodi ishchilarning aerogen va issiqlik yuklamasi ta’sirida yetakchi kasb egalari (ishonchlilik bo‘yicha mexanik, sovuq va issiq texnologik nasos haydovchilari, Greyfer kran haydovchilari) organizmining erta funksional reaksiyalari qonuniyatlari, yurak-qon tomir (yurak urish tezligi, qonning zarb va daqiqalik hajmi 22% gacha ortishi) va nafas olish (spirometrik ko‘rsatkichlar pasayishi) tizimlarida patologik buzilishlarning shifoxonada oldi (preklinik) bosqichlari shakllanishi, asosiy fiziologik tizimlariga koks changining ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarni tashxislash va kasbiy kasalliklarni oldini olish natijasida hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralarni joriy etish orqali ish joylaridagi harorat va gazlanish ko‘rsatkichlari sanitariya me’yorlariga muvofiqlashtirilib, nafas a’zolari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sababli yo‘qotilgan ish kunlari yiliga 110 kundan 70 kungacha (36,3%ga) qisqartirish tufayli sanitariya jarimalarining bartaraf etilishi, davolash xarajatlari va ishlab chiqarish yo‘qotishlarining kamayishi natijasida har 100 nafar ishchi hisobiga yiliga 21350000 so‘m, tadqiqot predmeti bo‘lgan va tarmoq ishchilarining 69 %ni tashkil etuvchi yetakchi kasb guruhlari bo‘yicha yiliga 14731500 so‘m iqtisod qilinadi, bunda pechlarni modernizatsiya qilish va liniyalarni yopishga sarflangan kapital xarajatlar 1,5–2 yilda, muhandislik echimlari va moslamalarga sarflangan 22 mln so‘mlik kapital qo‘yilma esa 14–15 oy (1,2 yil) ichida to‘liq o‘zini oqlab, keyingi yillarda sof moliyaviy tejamkorlikga erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: koks changining fizik-kimyoviy tabiatiga xos yuqori darajadagi gidrofoblik tufayli, an’anaviy suv purkash tizimlarining ushbu omil ta’sirini neytrallashtirishdagi past samaradorligi, yuqori fil`trlash koeffisientiga (FFP3 sinfi) va yuqori obturatsiya darajasiga ega shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash zarurligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvarda 01-02/i-t-son bilan tasdiqlangan «Koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 29.01.2026 yildagi 31-11-169-SES/2026–son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshloq tumani bo‘limi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 1701-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 04/69-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neft koksi ishlab chiqarish sharoitida mehnat qilayotgan ishchilar organizmiga mayda dispersli (PM10 va PM2.5) gidrofob koks changi, kimyoviy toksik moddalar va isituvchi mikroiqlimning majmuaviy hamda sinergik ta’siri oqibatida yuzaga keladigan klinika oldi (preklinik) o‘zgarishlar to‘g‘risidagi nazariy bilimlar yangi tibbiy-gigienik ma’lumotlar bilan boyitilgan. Iqtisodiy samaradorligi: koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralarni joriy etish orqali ish joylaridagi harorat va gazlanish ko‘rsatkichlari sanitariya me’yorlariga muvofiqlashtirilib, nafas a’zolari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sababli yo‘qotilgan ish kunlari yiliga 110 kundan 70 kungacha (36,3%ga) qisqartirish tufayli sanitariya jarimalarining bartaraf etilishi, davolash xarajatlari va ishlab chiqarish yo‘qotishlarining kamayishi natijasida har 100 nafar ishchi hisobiga yiliga 21350000 so‘m, tadqiqot predmeti bo‘lgan va tarmoq ishchilarining 69 %ni tashkil etuvchi yetakchi kasb guruhlari bo‘yicha yiliga 14731500 so‘m iqtisod qilinadi, bunda pechlarni modernizatsiya qilish va liniyalarni yopishga sarflangan kapital xarajatlar 1,5–2 yilda, muhandislik echimlari va moslamalarga sarflangan 22 mln so‘mlik kapital qo‘yilma esa 14–15 oy (1,2 yil) ichida to‘liq o‘zini oqlab, keyingi yillarda sof moliyaviy tejamkorlikga erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqarish muhitining zararli omillari (koks changi, uglevodorodlar sinergizmi va isituvchi mikroiqlim) majmuaviy ta’siri sharoitida asosiy kasb guruhlari (mexanik, kranchi va operatorlar) mehnat sharoitining sanitar-gigienik me’yorlari (SanQvaN №0141-03 va SanQvaN №0069-24) asosida zararlilik darajasi bo‘yicha 3-sinf 1- va 2-darajalariga (3.1 va 3.2) mansubligi, mehnat og‘irligi va keskinligi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda mehnat sharoitini kompleks baholash tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvarda 01-02/i-t-son bilan tasdiqlangan «Koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 29.01.2026 yildagi 31-11-169-SES/2026–son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshloq tumani bo‘limi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 1701-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 04/69-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari neftni qayta ishlash korxonalari ishchilari organizmiga koks changi ta’sirining oldini olish tizimini takomillashtirish imkonini berdi. Mehnat sharoitlarini gigienik baholash, yurak-qon tomir, nafas olish va termoregulyasiya tizimlarida yuzaga keladigan erta funksional o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar kasbiy xavfni kamaytirish, kasb bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish, ishchilarning mehnat qobiliyatini saqlash va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralarni joriy etish orqali ish joylaridagi harorat va gazlanish ko‘rsatkichlari sanitariya me’yorlariga muvofiqlashtirilib, nafas a’zolari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sababli yo‘qotilgan ish kunlari yiliga 110 kundan 70 kungacha (36,3%ga) qisqartirish tufayli sanitariya jarimalarining bartaraf etilishi, davolash xarajatlari va ishlab chiqarish yo‘qotishlarining kamayishi natijasida har 100 nafar ishchi hisobiga yiliga 21350000 so‘m, tadqiqot predmeti bo‘lgan va tarmoq ishchilarining 69 %ni tashkil etuvchi yetakchi kasb guruhlari bo‘yicha yiliga 14731500 so‘m iqtisod qilinadi, bunda pechlarni modernizatsiya qilish va liniyalarni yopishga sarflangan kapital xarajatlar 1,5–2 yilda, muhandislik echimlari va moslamalarga sarflangan 22 mln so‘mlik kapital qo‘yilma esa 14–15 oy (1,2 yil) ichida to‘liq o‘zini oqlab, keyingi yillarda sof moliyaviy tejamkorlikga erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida mehnat faoliyati jarayonida ishchilar teri haroratining markaziy va chekka sohalari o‘rtasidagi farq kamayishi (proksimal-distal gradientning pasayishi) organizmning termoregulyasiya tizimi kritik darajada zo‘riqayotganini aks ettirishi hamda bu holat diqqatning susayishi, tezda toliqish va asabiy-ruhiy charchoq rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026 yil 27 yanvardagi 01-02/i-t-son bilan tasdiqlangan «Koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona shahar bo‘limi bo‘yicha 29.01.2026 yildagi 31-11-169-SES/2026–son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshloq tumani bo‘limi bo‘yicha 30.01.2026 yildagi 1701-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 martdagi 04/69-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koks changining gidrofobligi va shamol tezligi ta’sirida atrof-muhitga tarqalish qonuniyatlaridan kelib chiqib, ochiq texnologik maydonlarda aerogen yuklamani mahalliy-lashtirishning yangi gigienik-muhandislik mezoni ishlab chiqildi: bunda hududning shamol yo‘nalishini hisobga olgan holda, asosiy havo oqimi yo‘liga (faqat bir tomonga) balandligi 6 metrgacha bo‘lgan engil konstruksiyali himoya devorlarini (ekranlarini) o‘rnatish orqali havo oqimi tezligini so‘ndirish va changning ish sohasida hamda 5 km radiusgacha bo‘lgan tutash hududlarga uchib ketishini aerodinamik cheklash imkoniyati  berilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: koks changiga qarshi kurash bo‘yicha preventiv choralarni joriy etish orqali ish joylaridagi harorat va gazlanish ko‘rsatkichlari sanitariya me’yorlariga muvofiqlashtirilib, nafas a’zolari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sababli yo‘qotilgan ish kunlari yiliga 110 kundan 70 kungacha (36,3%ga) qisqartirish tufayli sanitariya jarimalarining bartaraf etilishi, davolash xarajatlari va ishlab chiqarish yo‘qotishlarining kamayishi natijasida har 100 nafar ishchi hisobiga yiliga 21350000 so‘m, tadqiqot predmeti bo‘lgan va tarmoq ishchilarining 69 %ni tashkil etuvchi yetakchi kasb guruhlari bo‘yicha yiliga 14731500 so‘m iqtisod qilinadi, bunda pechlarni modernizatsiya qilish va liniyalarni yopishga sarflangan kapital xarajatlar 1,5–2 yilda, muhandislik echimlari va moslamalarga sarflangan 22 mln so‘mlik kapital qo‘yilma esa 14–15 oy (1,2 yil) ichida to‘liq o‘zini oqlab, keyingi yillarda sof moliyaviy tejamkorlikga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish