Delkasheva Shaxloxon Jamolitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi semizlik bilan komorbidlikda kechganda buyraklar disfunksiyasi va davolashni takomillashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6241.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdug‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musashayxov Umidjon Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent .
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari semizlik bilan komorbidlikda kechganda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishining klinik-patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va ularni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari semizlik bilan kechganda buyrak disfunksiyasining uchrash darajasi hamda tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlari kompleks baholangan, buyrak disfunksiyasi chastotasi kasallik og‘irligi ortib borishi bilan ishonchli oshishi, tashqi nafas funksiyasi esa mos ravishda pasayib borishi (p<0,001) aniqlangan va ularning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi semizlik bilan komorbid kechganda tizimli yallig‘lanish adipokinlari va sitokinlar profilidagi o‘zaro bog‘liq buzilishlar bilan kechishi, ya’ni leptin, TNF-α va IL-6 darajalarining ishonchli oshishi hamda adiponektin darajasining pasayishi (p<0,001) aniqlangan;
β2-mikroglobulinning O‘SOK va semizlik bilan komorbid kechgan bemorlarda buyraklarning tubulointerstisial shikastlanishini erta aniqlashda yuqori diagnostik sezgirlikka ega ekanligi aniqlangan;
tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlari bilan buyraklar disfunksiyasi markerlari — sistatin-S va β2-mikroglobulin o‘rtasida ishonchli manfiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan (r = −0,41 dan −0,57 gacha; p<0,001);
empagliflozinni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi semizlik bilan komorbidlikda kechgan bemorlarga kompleks davolash tarkibiga kiritishning klinik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining turli og‘irlik bosqichlari va klinik shakllari semizlik bilan kechganda buyrak disfunksiyasining uchrash darajasi hamda tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlari kompleks baholangan, buyrak disfunksiyasi chastotasi kasallik og‘irligi ortib borishi bilan ishonchli oshishi, tashqi nafas funksiyasi esa mos ravishda pasayib borishi (p<0,001) aniqlangan va ularning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2026 yil 2 fevraldagi №25/17-son va Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2026 yil 23 fevraldagi №36-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘SOK semizlik bilan komorbid kechgan bemorlarda buyrak disfunksiyasini erta aniqlash, xavf guruhlarini shakllantirish hamda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining oldini olish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Buyrak disfunksiyasini erta aniqlash hisobiga og‘ir asoratlar rivojlanishi kamayib, terminal bosqichdagi bemorlarda gemodializga ehtiyoj qisqarishi natijasida bir bemor uchun yiliga 35 mln so‘mgacha mablag‘ni tejash imkoniyati yaratildi. Jumladan, terminal bosqichdagi O‘SOK va SBK bilan og‘rigan bemor uchun bir martalik gemodializ seansining ambulator davolash qiymati 373 ming so‘mni, yiliga 96 ta seans uchun esa taxminan 35 million so‘mni tashkil etadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi semizlik bilan komorbid kechganda tizimli yallig‘lanish adipokinlari va sitokinlar profilidagi o‘zaro bog‘liq buzilishlar bilan kechishi, ya’ni leptin, TNF-α va IL-6 darajalarining ishonchli oshishi hamda adiponektin darajasining pasayishi (p<0,001) aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2026 yil 2 fevraldagi №25/17-son va Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2026 yil 23 fevraldagi №36-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Adipokinlar va yallig‘lanish sitokinlarini kompleks baholash kasallik og‘irligi hamda buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavfini erta aniqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Kasallik og‘irligini erta baholash hisobiga statsionar davolanish muddati qisqarib, bir bemorni davolashda 6 mln so‘mgacha mablag‘ni tejash imkoniyati yaratildi. O‘SOK bilan og‘rigan bemor uchun shifoxonada bir kunlik davolanishning o‘rtacha qiymati 900 ming so‘mni tashkil etsa, asoratlar rivojlangan hollarda bu ko‘rsatkich 1,5 million so‘mga etadi. Natijada o‘rtacha 10 kunlik davolash davomida har bir bemor uchun 6 million so‘mgacha mablag‘ni tejashga erishilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: β2-mikroglobulinning O‘SOK va semizlik bilan komorbid kechgan bemorlarda buyraklarning tubulointerstisial shikastlanishini erta aniqlashda yuqori diagnostik sezgirlikka ega ekanligi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2026 yil 2 fevraldagi №25/17-son va Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2026 yil 23 fevraldagi №36-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: β2-mikroglobulinni aniqlash orqali buyrak shikastlanishini kreatinin va hisoblangan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligidagi o‘zgarishlar kuzatilishidan oldin aniqlash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Shifoxonada davolash xarajatlarining qisqarishi hisobiga 10 kunlik davolash jarayonida har bir bemor uchun o‘rtacha 6 million so‘mgacha mablag‘ tejalishi ta’minlangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlari bilan buyraklar disfunksiyasi markerlari — sistatin-S va β2-mikroglobulin o‘rtasida ishonchli manfiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2026 yil 2 fevraldagi №25/17-son va Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2026 yil 23 fevraldagi №36-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: β2-mikroglobulin bilan tashqi nafas funksiyasi o‘rtasidagi korrelyasiya semizlikning nafas yo‘llari va o‘pka parenximasiga ta’siri natijasida obstruktiv jarayonlar tezroq va og‘irroq kechishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu markerni amaliyotga joriy qilish natijasida bemorlarni har chorakda emas, balki yilda bir marta monitoring qilish imkoniyati yaratildi. Buning uchun yiliga 500 ming so‘mdan ortiq mablag‘ talab etilmaydi. Davolash samarali tashkil etilganda esa har bir bemor uchun o‘rtacha 2–3 million so‘m mablag‘ni tejash imkoni yaratilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: empagliflozinni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi semizlik bilan komorbidlikda kechgan bemorlarga kompleks davolash tarkibiga kiritishning klinik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2026 yil 2 fevraldagi №25/17-son va Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining 2026 yil 23 fevraldagi №36-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Empagliflozin qo‘llanilishi natijasida tashqi nafas faoliyati va buyraklar funksional holati yaxshilanib, tizimli yallig‘lanish hamda metabolik buzilishlarning kamayishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Davolash samaradorligining oshishi hisobiga statsionarda davolanish muddati qisqartirilib, har bir bemor uchun davolash xarajatlarini 6 mln so‘mgacha kamaytirish imkoniyati yaratildi.