Oybekova Gulasal Saydazim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda gipertoniya kasalligi rivojlanishida simpatoadrenal tizimi funksional faolligining buzilishlari va profilaktika choralari” 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib.3518.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamberdiev Mamazoir Axmedovich, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03
Rasmiy opponentlar: Saloxidinov Adil Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullabaeva Guzal` Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali stress ta’siriga uchragan yoshlarda katexolaminlar metabolizmi va simpatoadrenal tizim funksional faolligidagi buzilishlarni erta aniqlash, aniqlangan buzilishlarni korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ilk bor gipertoniya kasalligi shakllanishining dastlabki bosqichlarida yosh shaxslarda simpatoadrenal tizimning funksional holati, lipidlarning peroksid oksidlanishi jarayonlari hamda arterial bosimning sutkalik profili kasbiy faoliyatga, xususan IT-kasbi bilan shug‘ullanishga bog‘liq holda kompleks baholanib, arterial gipertenziyaga ega IT-mutaxassislarda simpatoadrenal tizim funksional faolligining buzilishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan yosh shaxslarda adrenalin, noradrenalin, dofamin va ularning o‘tmishdoshi DOFA sutkalik ekskresiyasining sirkad ritmidagi notekisliklar aniqlanib, mazkur buzilishlarning IT-kasbi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda yaqqolroq namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
katexolaminlar-adrenalin, noradrenalin, dofamin va ularning o‘tmishdoshi DOFA darajasi, vanililmindal kislotasi miqdori, monoaminoksidaza fermentativ faolligining pasayishi, malon dial`degid darajasining oshishi hamda arterial bosim sirkad ritmi buzilishlari o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichlarni stress-induksiyalangan arterial gipertenziyaning erta patogenetik markerlari sifatida qo‘llash imkoniyati asoslangan;
stressogen kasblarda ishlovchi yosh shaxslarda aniqlangan patogenetik buzilishlarni hisobga olgan holda, nomedikamentoz choralar, antioksidantlar - E vitamini, askorbin kislotasi, koenzim Q10, magniy preparatlari hamda klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha selektiv β-blokatorlarni qamrab olgan individuallashtirilgan patogenetik profilaktika va korreksiya chora-tadbirlari majmuasi ilk bor taklif qilinib, uni qo‘llash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yoshlarda gipertoniya kasalligi rivojlanishida simpatoadrenal tizimi funksional faolligining buzilishlari va profilaktika choralari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ilk bor gipertoniya kasalligi shakllanishining dastlabki bosqichlarida yosh shaxslarda simpatoadrenal tizimning funksional holati, lipidlarning peroksid oksidlanishi jarayonlari hamda arterial bosimning sutkalik profili kasbiy faoliyatga, xususan IT-kasbi bilan shug‘ullanishga bog‘liq holda kompleks baholanib, arterial gipertenziyaga ega IT-mutaxassislarda simpatoadrenal tizim funksional faolligining buzilishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 iyundagi 151/20-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 6 oktyabrdagi 178-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5-martdagi 4-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yosh shaxslarda, ayniqsa IT-mutaxassislarda simpatoadrenal tizim funksional faolligi, lipidlarning peroksid oksidlanishi jarayonlari va arterial bosimning sutkalik profilidagi buzilishlarni erta aniqlash xavf guruhlarini o‘z vaqtida ajratish va maqsadli profilaktik choralarni belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks diagnostik yondashuv bir nafar shaxs hisobiga 1 060 000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini beradi. Xulosa: IT-mutaxassislarda simpatoadrenal tizim funksional faolligining buzilishi kasbiy faoliyat xususiyatlari bilan bog‘liq holda ilmiy jihatdan isbotlangan bo‘lib, bu gipertoniya kasalligi shakllanishining erta patogenetik mexanizmlarini aniqlash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan yosh shaxslarda adrenalin, noradrenalin, dofamin va ularning o‘tmishdoshi DOFA sutkalik ekskresiyasining sirkadiy ritmidagi notekisliklar aniqlanib, mazkur buzilishlarning IT-kasbi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda yaqqolroq namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 iyundagi 151/20-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 6 oktyabrdagi 178-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 4-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: katexolaminlar sutkalik ekskresiyasining sirkad ritmidagi buzilishlarni erta aniqlash simpatoadrenal tizim funksional holatini baholash va xavf guruhidagi shaxslarni individual kuzatish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: adrenalin, noradrenalin, dofamin va ularning o‘tmishdoshi DOFA ko‘rsatkichlarini maqsadli aniqlash bir nafar bemor hisobiga 250 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha byudjet mablag‘ini tejash imkonini beradi. Xulosa: katexolaminlar sutkalik ekskresiyasi sirkad ritmidagi buzilishlarning IT-mutaxassislarda yaqqolroq namoyon bo‘lishi mazkur o‘zgarishlarni gipertoniya kasalligining erta diagnostikasida qo‘shimcha mezon sifatida qo‘llash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: katexolaminlar-adrenalin, noradrenalin, dofamin va ularning o‘tmishdoshi DOFA darajasi, vanililmindal kislotasi miqdori, monoaminoksidaza fermentativ faolligining pasayishi, malon dial`degid darajasining oshishi hamda arterial bosim sirkadiy ritmi buzilishlari o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichlarni stress-induksiyalangan arterial gipertenziyaning erta patogenetik markerlari sifatida qo‘llash imkoniyati asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 iyundagi 151/20-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 6 oktyabrdagi 178-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 4-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: katexolaminlar, vanililmindal kislotasi, monoaminoksidaza, malon dial`degid va arterial bosimning sutkalik ritmi ko‘rsatkichlarini kompleks baholash stress-induksiyalangan arterial gipertenziyani erta aniqlash va asoratlarning oldini olishga qaratilgan choralarni o‘z vaqtida belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadli biokimyoviy markerlarni qo‘llash diagnostika jarayonini maqbullashtirish, ortiqcha tekshiruvlar hajmini kamaytirish va tibbiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. Xulosa: aniqlangan ishonchli korrelyasion bog‘liqliklar mazkur ko‘rsatkichlarni stress-induksiyalangan arterial gipertenziyaning erta patogenetik markerlari sifatida qo‘llash imkoniyatini asoslaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: stressogen kasblarda ishlovchi yosh shaxslarda aniqlangan patogenetik buzilishlarni hisobga olgan holda, nomedikamentoz choralar, antioksidantlar - E vitamini, askorbin kislotasi, koenzim Q10, magniy preparatlari hamda klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha selektiv β-blokatorlarni qamrab olgan individuallashtirilgan patogenetik profilaktika va korreksiya chora-tadbirlari majmuasi ilk bor taklif qilinib, uni qo‘llash zarurati asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 30 iyundagi 151/20-sonli buyrug‘i hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 6 oktyabrdagi 178-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi 4-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: stressogen kasblarda ishlovchi yosh shaxslarda aniqlangan patogenetik buzilishlarni hisobga olgan holda individuallashtirilgan profilaktika va korreksiya chora-tadbirlarini belgilash gipertoniya kasalligi rivojlanish xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik yondashuvlarni takomillashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan individuallashtirilgan profilaktika va korreksiya chora-tadbirlarini maqsadli rejalashtirish tibbiy xarajatlarni maqbullashtirish va byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Xulosa: stressogen kasblarda ishlovchi yosh shaxslarda aniqlangan patogenetik buzilishlar asosida individuallashtirilgan profilaktika va korreksiya chora-tadbirlari majmuasini qo‘llash zarurati asoslangan bo‘lib, mazkur yondashuv gipertoniya kasalligining erta profilaktikasini takomillashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish