G‘aybullaev Sherzod Obid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Magnit-rezonans tomografiya tekshiruvida aniqlangan bosh miya o‘smalarining patomorfologik xususiyatlari” 14.00.15- Patologik anatomiya va 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib 4301.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyodulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Xamidov Obid Abduraxmanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Lalita Rinatovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Gulbahor Baxshullaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot:  Urganch davlat tibbiyot instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Magnit-rezonans tomografiya tekshiruvida aniqlangan bosh miya o‘smalarini patomorfologik xususiyatlarini aniqlash.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
MRT signallarining intensivligi va radiologik belgilari bosh miya yaxshi sifatli o‘smalarining aniq patomorfologik xususiyatlari (hujayra tuzilishi, perivaskulyar bo‘shliq holati) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
yomon sifatli o‘smalar atrofidagi perifokal shish nafaqat tomirlar va perivaskulyar bo‘shliq o‘zgarishlari, balki neyronlar, perisellyulyar bo‘shliq va neyropilning destruktiv o‘zgarishlari hisobiga shakllanishi morfometrik jihatdan isbotlangan;
ilk bor bosh miyaning turli gistogenezga ega bo‘lgan o‘smalarida (birlamchi va metastatik) MRT semiotikasi va patomorfologik verifikatsiya natijalari o‘rtasidagi differensial-diagnostik tafovutlar ochib berilgan;
MR-tomografik va patomorfologik (shu jumladan morfometrik) ko‘rsatkichlarni o‘zaro integratsiya qilish asosida bosh miya o‘smalarini erta va aniq differensial diagnostika qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Magnit rezonans tomografiya tekshiruvida aniqlangan bosh miya o‘smalarining patomorfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Birinchi ilmiy yangilik: MRT signallarining intensivligi va radiologik belgilari bosh miya yaxshi sifatli o‘smalarining aniq patomorfologik xususiyatlari (hujayra tuzilishi, perivaskulyar bo‘shliq holati) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangani bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 2- sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Bosh miyaning neyroepitelial xavfsiz o‘smalarining mrt diagnostikasi va ularning patomorfologik xususiyatlarini tasniflash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Jizzax filialida 2024- yil 1- oktyabrdagi 3-sonli buyruq bilan patologik anatomiya amaliyotiga va Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi boʻyicha 2024- yil 4- oktyabrdagi 6- son buyruq bilan patologik anatomiya amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan algoritm va uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, MRT tekshiruvida aniqlangan bosh miya o‘smalarini morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan va ularning ishonchliligi hamda asoslanishi va ob’ektivligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslublarni amalga oshirish uchun 3,5 va 4,0 kun talab qilinadi, an’anaviy tarzda tekshiruv o‘tkazishda esa 8-10 kun talab qiladi, chunki an’anaviy usulda juda ko‘plab qo‘shimcha tekshirishlar va vrach mutaxassislar maslahatlari olinishi talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartiradi va taklif qilingan usulning qiymati har bir holat uchun xarajat mablag‘larini 2-2,5 baroborga qisqartirish imkonini bergan. Tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologoanatomik tekshirishlarini o‘tkazish vaqtini qariyib 2-2,5 barobarga
Ikkinchi ilmiy yangilik: Yomon sifatli o‘smalar atrofidagi perifokal shish nafaqat tomirlar va perivaskulyar bo‘shliq o‘zgarishlari, balki neyronlar, perisellyulyar bo‘shliq va neyropilning destruktiv o‘zgarishlari hisobiga shakllanishi morfometrik jihatdan isbotlangani bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 2- sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Bosh miyaning neyroepitelial xavfsiz o‘smalarining mrt diagnostikasi va ularning patomorfologik xususiyatlarini tasniflash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Jizzax filialida 2024- yil 1- oktyabrdagi 3-sonli buyruq bilan patologik anatomiya amaliyotiga va Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi boʻyicha 2024- yil 4- oktyabrdagi 6- son buyruq asosida patologik anatomi amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natidalarini patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida Magnit-rezonans tomografiya usulida aniqlangan bosh miyaning o‘smalari tuzilmalaridagi o‘zgarishlarini ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan. Bundan tashqari, bosh miya o‘smalari atrofidagi to‘qima tuzilmalaridagi o‘zgarishlar o‘smalar turiga bog‘liq holda morfometrik ko‘rsatkichlar farqlanishi asoslab berilgan. Bu esa o‘z navbatida, patologoanatomik xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy tekshiruvlar o‘tkazishning oldini olgan, ya’ni ijro muddatini keskin qisqartirgan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan patologanatomik tekshiruv uslublarini amalga oshirish uchun 2±0,2 kun talab qilinadi, an’anaviy tarzda tekshiruv o‘tkazishda esa 5-6 kun talab qiladi, chunki an’anaviy usulda o‘lim vaqtini aniqlash masalasida ko‘plab qo‘shimcha tekshirishlar va vrach mutaxassislar maslahatlari olinishi talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda potologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartiradi va taklif qilingan usulning qiymati har bir holat uchun 2-2,5 barobar xarajat mablag‘larini qisqartiradi. Bosh miya o‘smalari tuzilmalaridagi o‘zgarishlar o‘zgarishlar aniqlash holatlarida tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini taxminan 2-2,5 baravar qisqartiradi.
Uchinchi ilmiy yangilik: Ilk bor bosh miyaning turli gistogenezga ega bo‘lgan o‘smalarida (birlamchi va metastatik) MRT semiotikasi va patomorfologik verifikatsiya natijalari o‘rtasidagi differensial-diagnostik tafovutlar ochib berilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 2- sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Bosh miyaning neyroepitelial xavfsiz o‘smalarining mrt diagnostikasi va ularning patomorfologik xususiyatlarini tasniflash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Jizzax filialida 2024- yil 1- oktyabrdagi 3-sonli buyruq bilan patologik anatomiya amaliyotiga va Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi boʻyicha 2024- yil 4- oktyabrdagi 6- son buyrug‘i bilan patologik anatomiya amaliyotinga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalarining potologik anatomiyalik amaliyotiga joriy etilishi natijasida Magnit-rezonans tomografiya tekshiruvida aniqlangan bosh miyaning neyronlaridan, bosh miya pardalari va qon tomirlaridan va bosh miyada joylashgan bezlardan o‘suvchi xavfli va xavfsiz hamda metastatik o‘smalarinining natijalari ko‘rsatkichlariga nisbatan, patomorfologik tekshiruv natijalarining morfologik o‘zgarishlarining o‘ziga xos jihatlarining farq-tafovutlari asoslangan. Bu esa o‘z navbatida, patologik anatomiya xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy patologoanatomik tekshiruvlar o‘tkazishning oldini olgan, Patologoanatomik tekshiruvlarining muddatini keskin qisqartirgan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan uslublarga ko‘ra, patologoantomik tekshiruvini amalga oshirish uchun 2,1 ± 0,2 kun kerak bo‘ladi va ushbu turdagi tekshiruvni an’anaviy tarzda o‘tkazish uchun 5±0,7 kun talab qilinadi, bu odatda morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarni turli uskunalarda qo‘shimcha tekshirish va mutaxassislar maslahatlari zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usul yordamida patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish bunday tekshirishlarni o‘tkazish vaqtini 1,5-2,0 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajat mablag‘larini 2 barobarga qisqartiradi. Bosh miyaning birlamchi va metastatik o‘smlari tuzilmalaridagi distrofik va nekrotik o‘zgarishlar aniqlashda tavsiya etilgan usul yordamida patologanatomik tadqiqotlarini o‘tkazish bunday tekshiruvlarni o‘tkazish vaqtini 1,5-2,0 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat uchun mablag‘larini 2 barobarga qisqartiradi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: MR-tomografik va patomorfologik (shu jumladan morfometrik) ko‘rsatkichlarni o‘zaro integratsiya qilish asosida bosh miya o‘smalarini erta va aniq differensial diagnostika qilish algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 2- sonli ilmiy kengashning qarori bilan tasdiqlangan «Bosh miyaning neyroepitelial xavfsiz o‘smalarining mrt diagnostikasi va ularning patomorfologik xususiyatlarini tasniflash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  Jizzax filialida 2024- yil 1- oktyabrdagi 3-sonli buyruq bilan patologik anatomiya amaliyotiga va Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi boʻyicha 2024- yil 4- oktyabrdagi 6- son buyrug‘i bilan patologik anatomiya amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijalari bo‘yicha MRT tekshiruvida aniqlangan bosh miya o‘smalarining tuzilmalarida potomorfologik o‘zgarishlarni ishonchli aniqlash imkonini beradi va bosh miyaning o‘smalarining o‘sish manbai va turlariga bog‘liq holda o‘smalar tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning o‘zga xosligin aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, bosh miya o‘smalarini erta aniqlash va bemorlar e’tirozlarini bartaraf etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan algoritm va uslublarga ko‘ra, patologoanatomik tekshiruvni amalga oshirish uchun 2,0 ± 0,2 kun kerak bo‘ladi va ushbu turdagi tekshiruvni an’anaviy tarzda o‘tkazish uchun 4±0,5 kun talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usul yordamida patologoanatomik tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,0-1,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat bo‘yicha xarajat mablag‘larini qisqartiradi. Tavsiya etilgan usul yordamida patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,0-1,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat mablag‘larini 1,5 barobarga qisqartiradi.
Sh.O. G‘aybullaevning "Magnit-rezonans tomografiya tekshiruvida aniqlangan bosh miya o‘smalarining patomorfologik xususiyatlari" mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik va 1 ta amaliy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 26-noyabrdagi 9-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish