Norjigitov Azamat Musakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronxoektatik kasallik rivojlanishida GSTM gen polimorfizmining prognostik ahamiyati va o‘rni” 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4601
Ilmiy rahbar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, 06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daurexanov Asatay Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti (O‘zbekiston)
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxoektatik kasallik rivojlanishida GSTM1 (glutation-S-transferaza M1) genining prognostik ahamiyati va o‘rnini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Bronxoektatik kasallik bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor OR va χ² tahlili asosida kichik bronxlar shilliq qavatida proliferativ faollikning kuchayishi, xususan hujayra yadrolari hajmining ortishi hamda uning immun yallig‘lanish bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar bronxlar devori remodellanishining muhim diagnostik va patogenetik mezonlari sifatida isbotlangan;
Kichik bronxlar devori shilliq qavatining morfometrik o‘zgarishlari bronx epiteliysining remodellanishi bilan tavsiflanib, CK5/6 ekspressiyasining kuchayishi bazal hujayralar giperplaziyasini ko‘rsatadi. Ki-67 ekspressiyasining ortishi faol patologik regeneratsiya va proliferatsiyani tasdiqlaydi. CD3 va CD20 markerlarining yuqori ekspressiyasi esa bronx devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar immun yallig‘lanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan;
GSTM1 geni delesiyasining mavjudligi (NULL genotip) morfologik o‘zgarishlarning og‘irligi va immun infiltratsiya darajasi bilan kuchsiz ijobiy korrelyasiyaga ega hamda genning delesion varianti tashuvchilarida yanada aniqroq strukturaviy va immun o‘zgarishlarga moyil ekanligi aniqlangan;
bronxoektatik kasallikda GSTM1 genining NULL varianti tashuvchilarida kasallik xavfining ortishi tendensiyasi kuzatilganligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Bronxoektatik kasallikda nafas a’zolari hujayra va to‘qimalarida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarning patomorfologik, zamonaviy gistokimyoviy, immunogistokimyoviy laboratoriya tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish hamda bemorlar venoz qonida GSTM1 genining (NULL) mutatsiyasi natijasida olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
birinchi ilmiy yangilik: Bronxoektatik kasallik bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor OR va χ² tahlili asosida kichik bronxlar shilliq qavatida proliferativ faollikning kuchayishi, xususan hujayra yadrolari hajmining ortishi hamda uning immun yallig‘lanish bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar bronxlar devori remodellanishining muhim diagnostik va patogenetik mezonlari sifatida isbotlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bronxoektatik kasallikda bemorlarning nafas a’zolari patologik anatomik xususiyatlarni o‘rganish usullari» va «Bronxoektatik kasallikda GSTM geni polimorfizmining molekulyar-genetik tadqiqotlari va patomorfologik o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanomalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30-dekabrdagi 5-sonli Kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 10.02.2026-yil №5-T-sonli buyrug‘i bilan, Jizzax viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 20.02.2026-yil №6 buyrug‘i bilan hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi patologik anatomiya bo‘limiga 06.02.2026-yil №65-U buyrug‘i asosida amaliyotga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 12-maydagi 8-sonli №08/17 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bronxoektatik kasallik bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor OR va χ² tahlili asosida kichik bronxlar shilliq qavatida proliferativ faollikning kuchayishi, xususan hujayra yadrolari hajmining ortishi hamda uning immun yallig‘lanish bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar bronxlar devori remodellanishining muhim diagnostik va patogenetik mezonlari sifatida isbotlangani va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda patologoanatom va pulmonolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxoektatik kasallik bilan og‘rigan bemorlarda bronxlar devori remodellanishining kompleks miqdoriy tahliliga asosan, ularni ustuvor diagnostik va patogenetik mezonlar sifatida ko‘rib chiqish imkonini berligini ko‘rsatdi; Xulosa: Bronxoektatik kasallik bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor OR va χ² tahlili asosida kichik bronxlar shilliq qavatida proliferativ faollikning kuchayishi, xususan hujayra yadrolari hajmining ortishi hamda uning immun yallig‘lanish bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar bronxlar devori remodellanishining muhim diagnostik va patogenetik mezonlari sifatida isbotlanganligi tasdiqlanishi va mexanizmlar holatni prognozlash va diagnostika qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Kichik bronxlar devori shilliq qavatining morfometrik o‘zgarishlari bronx epiteliysining remodellanishi bilan tavsiflanib, CK5/6 ekspressiyasining kuchayishi bazal hujayralar giperplaziyasini ko‘rsatadi. Ki-67 ekspressiyasining ortishi faol patologik regeneratsiya va proliferatsiyani tasdiqlaydi. CD3 va CD20 markerlarining yuqori ekspressiyasi esa bronx devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar immun yallig‘lanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlanganligini to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bronxoektatik kasallikda bemorlarning nafas a’zolari patologik anatomik xususiyatlarni o‘rganish usullari» va «Bronxoektatik kasallikda GSTM geni polimorfizmining molekulyar-genetik tadqiqotlari va patomorfologik o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari mazmuniga singdirilgan. Mazkur tavsiyanomalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30- dekabrdagi 5-sonli Kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi patologik anatomiya bo‘limiga 06.02.2026-yil №65-U, Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 10.02.2026-yil №5-T-sonli buyrug‘i bilan hamda Jizzax viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 20.02.2026-yil №6 buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 12-maydagi 8-sonli №08/17 xulosasi): Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kichik bronxlar devori shilliq qavatining morfometrik o‘zgarishlari bronx epiteliysining remodellanishi bilan tavsiflanib, CK5/6 ekspressiyasining kuchayishi bazal hujayralar giperplaziyasini ko‘rsatadi. Ki-67 ekspressiyasining ortishi faol patologik regeneratsiya va proliferatsiyani tasdiqlaydi. CD3 va CD20 markerlarining yuqori ekspressiyasi esa bronx devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar immun yallig‘lanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda patologoanatom va pulmonolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat Kichik bronxlar devori shilliq qavatining morfometrik o‘zgarishlari bronx epiteliysining remodellanishi bilan tavsiflanib, CK5/6 ekspressiyasining kuchayishi bazal hujayralar giperplaziyasini ko‘rsatadi. Ki-67 ekspressiyasining ortishi faol patologik regeneratsiya va proliferatsiyani tasdiqlaydi. CD3 va CD20 markerlarining yuqori ekspressiyasi esa bronx devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar immun yallig‘lanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlanganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Kichik bronxlar devori shilliq qavatining morfometrik o‘zgarishlari bronx epiteliysining remodellanishi bilan tavsiflanib, CK5/6 ekspressiyasining kuchayishi bazal hujayralar giperplaziyasini ko‘rsatadi. Ki-67 ekspressiyasining ortishi faol patologik regeneratsiya va proliferatsiyani tasdiqlaydi. CD3 va CD20 markerlarining yuqori ekspressiyasi esa bronx devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar immun yallig‘lanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqligi isbotlanganligini tasdiqlanishi va mexanizmlar holatni prognozlash va diagnostika qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: GSTM1 geni delesiyasining mavjudligi (NULL genotip) morfologik o‘zgarishlarning og‘irligi (r ≈ +0,21; p > 0,05) va immun infiltratsiya darajasi (CD3, CD20; r ≈ +0,18-0,25) bilan kuchsiz ijobiy korrelyasiyaga ega hamda genning delesion varianti tashuvchilarida yanada aniqroq strukturaviy va immun o‘zgarishlarga moyil ekanligi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bronxoektatik kasallikda bemorlarning nafas a’zolari patologik anatomik xususiyatlarni o‘rganish usullari» va «Bronxoektatik kasallikda GSTM geni polimorfizmining molekulyar-genetik tadqiqotlari va patomorfologik o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanomalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30- dekabrdagi 5-sonli Kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi patologik anatomiya bo‘limiga 06.02.2026-yil №65-U, Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 10.02.2026-yil №5-T-sonli buyrug‘i bilan hamda Jizzax viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 20.02.2026-yil №6 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 12-maydagi 8-sonli №08/17 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: GSTM1 geni delesiyasining mavjudligi (NULL genotip) morfologik o‘zgarishlarning og‘irligi va immun infiltratsiya darajasi bilan kuchsiz ijobiy korrelyasiyaga ega hamda genning delesion varianti tashuvchilarida yanada aniqroq strukturaviy va immun o‘zgarishlarga moyil bo‘lgan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda patologoanatom va pulmonolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: GSTM1 geni delesiyasining mavjudligi (NULL genotip) morfologik o‘zgarishlarning og‘irligi va immun infiltratsiya darajasi bilan kuchsiz ijobiy korrelyasiyaga ega hamda genning delesion varianti tashuvchilarida yanada aniqroq strukturaviy va immun o‘zgarishlarga moyilligining tasdiqlanganligini ko‘rsatdi va 1 ta tashxis uchun 1800000 so‘m iqtisod qilindi; Xulosa: GSTM1 geni delesiyasining mavjudligi (NULL genotip) morfologik o‘zgarishlarning og‘irligi va immun infiltratsiya darajasi bilan kuchsiz ijobiy korrelyasiyaga ega hamda genning delesion varianti tashuvchilarida yanada aniqroq strukturaviy va immun o‘zgarishlarga moyil ekanligi tasdiqlangan va mexanizmlar holatni prognozlash va diagnostika qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxoektatik kasallikda GSTM1 genining NULL varianti tashuvchilarida kasallik xavfining ortishi tendensiyasi kuzatilganligi isbotlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bronxoektatik kasallikda bemorlarning nafas a’zolari patologik anatomik xususiyatlarni o‘rganish usullari» va «Bronxoektatik kasallikda GSTM geni polimorfizmining molekulyar-genetik tadqiqotlari va patomorfologik o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanomalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30-dekabrdagi 5-sonli Kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi patologik anatomiya bo‘limiga 06.02.2026-yil №65-U, Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 10.02.2026-yil №5-T-sonli buyrug‘i bilan hamda Jizzax viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 20.02.2026-yil №6 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 12-maydagi 8-sonli №08/17 xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bronxoektatik kasallikda GSTM1 genining NULL varianti tashuvchilarida kasallik xavfining ortishi tendensiyasi kuzatilganligi isbotlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda patologoanatom va pulmonolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxoektatik kasallikda GSTM1 genining NULL varianti tashuvchilarida kasallik xavfining ortishi tendensiyasi kuzatilganligi isbotlangan mexanizmlar holatni prognozlash va diagnostika qilish imkonini berdi 1 ta tashxis uchun 1250000 so‘m iqtisod qilindi; Xulosa: bronxoektatik kasallikda GSTM1 genining NULL varianti tashuvchilarida kasallik xavfining ortishi tendensiyasi kuzatilganligi tasdiqlanganligi mexanizmlar holatni prognozlash va diagnostika qilish imkonini berdi.
A.M. Norjigitovning "Bronxoektatik kasallik rivojlanishida GSTM gen polimorfizmining prognostik ahamiyati va o‘rni" mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik va 2 ta amaliy tavsiyalar boshqa tibbiyot muassasalarida joriy etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2026-yil 12-yanvardagi 01/10-son ma’lumotnomasi).