Sayitov Sardor Savriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bukantog‘ va Ovminzatog‘dagi tarkibida uglerod bo‘lgan qatlamlarning oltin va u bilan birga uchrovchi ma’danlashuvga istiqboli», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/GM72.
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Den`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: «Mineral resurslar instituti» DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Isaxodjaev Baxtiyor Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Koloskova Svetlana Maksimovna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bukantog‘ va Ovminzatog‘ tog‘laridagi (Markaziy Qizilqum) tarkibida uglerod bo‘lgan qatlamlarning oltin va birga keluvchi ma’danlashuvga istiqbolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida uglerod bo‘lgan qatlamlarda oltin va birga keluvchi ma’danlashuvning mineralogik-geokimyoviy (asosiy va birga uchrovchi elementlarning o‘zaro munosabatlari, tarqalish xususiyatlari, uchrash shakllari) xususiyatlari zamonaviy tahlil usullari orqali aniqlangan;
Aytim koni va Joldas ma’dan namoyonining oltin va birga uchrovchi uran-vanadiy-molibden-reniyli ma’danlashuvga istiqbollari asoslangan;
tarkibida uglerod bo‘lgan svitalar va Markaziy Qizilqumning etallon konlarining (Muruntau, Daugiztau) ma’dan qamrovchi qatlamlari tog‘ jinslarining petrokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqlar aniqlangan;
petrokimyoviy xususiyatlari va mineralogik-genetik qayta qurish asosida Bukantog‘ va Ovminzatog‘dagi tarkibida uglerod bo‘lgan tog‘ jinslarining shakllanish sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bukantog‘ va Ovminzatog‘ tog‘laridagi tarkibida uglerod bo‘lgan qatlamlarning oltin va u bilan birga uchrovchi ma’danlashuvga istiqbolini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oltin bilan birga uchrovchi U-V-Mo-Re ma’danlashuvga istiqbolli maydonlar «Urankamyobmetgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Natijada Joldas va Aytim maydonlarida geologik qidirish ishlarini rejalashtirish imkonini bergan;
ma’dan turlari, ularning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari, asosiy, birga uchrovchi komponentlar va ularning uchrash shakllari «Qizilqumgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Natijada Joldas ma’dan namoyonida ma’danlarning moddiy tarkibini, oltinga mahsuldor mineral assotsiatsiyalarni, asosiy va birga keluvchi elementlarni aniqlash imkonini bergan;
Joldas ma’dan namoyonining gipogen ma’dan hosil bo‘lish sxemasi «Qizilqumgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’danlashuvning emirilish kesimi darajasini va ob’ektning chuqurlikdagi istiqbolini aniqlash imkonini bergan.