Ismailova Diana Feliksovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Refraksion jarroxlik amaliyotidan so‘ng uchraydigan keratoektaziyalarni tashxislash va davolashni takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/4.PhD/Tib3151
Ilmiy rahbar: Xamraeva Gavxar Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turgunbaev Nurlan Aytbaevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: refraksion jarroxlikdandan so‘ng rivojlangan keratoektaziyalarni samarali tashxislash, rivojlanishini bashoratlash mezonlarini aniqlash va ularni patogenetik yo‘naltirilgan davolash tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi keratoektaziyaning engil darajasida shox parda egrilik radiusining kattalashishi, yuqori va pastki sektorlar o‘rtasida qalinlik farqining mavjudligi, oldingi hamda orqa elevatsiya ko‘rsatkichlarining ortishi, shuningdek endotelial hujayralar o‘rtacha zichligining kamayishi kasallikni erta bosqichda tashxislash uchun muhim diagnostik markerlar ekani isbotlangan;
ikkilamchi keratoektaziya bilan og‘rigan bemorlarda shox parda to‘qimasida autoimmun jarayonlar faollashgani, antioksidant himoya tizimi susayganini ko‘rsatuvchi rux, magniy va mis mikroelementlari miqdorining kamayishi, prooksidant xususiyatga ega temir ionlarining ortishi, hujayra apoptozi bilan bog‘liq holda FNO-al`fa darajasining ko‘tarilishi, shuningdek immun javob faollashishi natijasida immunoglobulinlar konsentratsiyalarining bir necha baravar oshishi orqali isbotlangan;
yashirin keratokonusli bemorlarda ikkilamchi keratoektaziya rivojlanishini bashoratlovchi mezonlari bo‘lib, yuqori-pastki tafovut indeksining pasayishi, shox pardaning old va orqa yuzalari egriligining oshishi, keratokunusni og‘irlik darajasi qiymatining 1,2 dan oshishi, ko‘zlar orasidagi farq 1,0 D dan yuqori ekanligi aniqlangan;
klinik-funksional va immunobiokimyoviy usullar asosida shox parda biomexanikasini barqarorlashtirish, ektaziya rivojlanishini sekinlashtirish va stromadagi metabolik jarayonlarni tiklashga qaratilgan keratoektaziyaning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘llaniladigan davolash majmuasi ko‘rish, keratotopografik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Refraksion operatsiyalardan so‘ng keratoektaziyani tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘liqni saqlash huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/20-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ikkilamchi keratoektaziyaning engil darajasida shox parda egrilik radiusining kattalashishi, yuqori va pastki sektorlar o‘rtasida qalinlik farqining mavjudligi, oldingi hamda orqa elevatsiya ko‘rsatkichlarining ortishi, shuningdek endotelial hujayralar o‘rtacha zichligining kamayishi aniqlangan va bu parametrlar kasallikni erta bosqichda tashxislash uchun muhim diagnostik markerlar ekani isbotlangan. Ushbu natijalar kasallikning rivojlanishi bilan bog‘liqligi ilmiy asoslanib, ularni patognomik mezon sifatida qo‘llash imkoniyati aniqlangan. Mazkur natijalar “Refraksion jarrohlikdan so‘ng rivojlangan ikkilamchi keratoektaziyani erta tashxislash usullari” uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 7-son, 06.23.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №104, 06.11.2024 y.) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq 146-son 06.11.2024-y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ikkilamchi keratoektaziyani erta tashxislash o‘z vaqtida davolashni boshlash va kasallik rivojlanishining oldini olish, ko‘rish funksiyalarini saqlab qolish va refraksion operatsiyalarni boshdan kechirgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Bu ko‘rish faoliyatini saqlash va bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta aniqlash davolash xarajatlarini kamaytirdi, qimmat tekshiruv usullarini talab qiladigan keratoektaziyaning og‘ir shakllari rivojlanishini oldini oldi. Xulosa: ushbu usullarning joriy etilishi shox pardadagi patologik jarayonni erta tashxislash va ikkilamchi keratoektaziya bilan og‘rigan bemorlarda to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: antioksidant himoyaning zaiflashishi qon zardobida mikroelementlarning (Zn, Mg, Cu) statistik jihatdan ishonchli pasayishiga olib kelishi, prooksidaza faolligiga ega temirning ko‘payishi, hujayralar apoptozi tufayli FNO-alfa ko‘payishi, immunoglobulinlar A, G, M ning ko‘payishi isbotlangan. Bu esa ikkilamchi keratoektaziya bilan og‘rigan bemorlarda shox parda to‘qimalarida autoimmun jarayonning rivojlanishini ko‘rsatadi. Mazkur natijalar “Refraksion jarrohlikdan so‘ng rivojlangan ikkilamchi keratoektaziyani erta tashxislash usullari” uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 7-son, 06.23.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №104, 06.11.2024 y.) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq 146-son 06.11.2024-y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mikroelementlar, antioksidant himoya ko‘rsatkichlari, yallig‘lanish oldi sitokinlari va autoantitanachalar darajasidagi aniqlangan o‘zgarishlar ushbu kasallikning oldini olish va davolashda yangi, patogenetik jihatdan asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: immun-biokimyoviy ko‘rsatkichlar asosida erta tashxislash va bashoratlash imkoniyati hisobiga qimmat tashxislash va davolash muolajalariga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, har bir bemor uchun o‘rtacha 270000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. Xulosa: qon zardobidagi immunobiokimyoviy ko‘rsatkichlar darajasini baholash orqali ikkilamchi keratoektaziyaningning klinik kechishini monotoring qilish, ko‘z asoratlarini erta aniqlash va tashxislash samaradorligini oshirishga yangi ilmiy-amaliy yondashuv ishlab chiqish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: shox pardaning yuqori-pastki tafovut indeksining pasayishi, shox pardaning old va orqa yuzalari egriligining oshishi, keratokunusni og‘irlik darajasi qiymatining 1,2 dan oshishi, ko‘zlar orasidagi farq 1,0 D dan yuqori ekanligi isbotlangan. Bu esa yashirin keratokonusli bemorlarda ikkilamchi keratoektaziya rivojlanishining prognostik mezonlari hisoblanadi. Mazkur natijalar “Refraksion jarrohlikdan so‘ng rivojlangan ikkilamchi keratoektaziyani erta tashxislash usullari” uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 7-son, 06.23.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №104, 06.11.2024 y.) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq 146-son 06.11.2024-y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: subklinik keratokonusni erta tashxislash o‘z vaqtida davolashni boshlash va kasallikning rivojlanishini oldini olish, ko‘rish funksiyalarini saqlab qolish va refraksion jarroxlik amaliyotini bu bemorlarga tavsiya etmaslik imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: subklinik keratokonusni aniq va differensial tashxis qilish orqali keraksiz jarrohlik amaliyotlarini oldini olish hamda operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirish hisobiga davolash xarajatlarining qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: ishlab chiqilgan bashoratlash mezonlari keratorefraksion eksimerlazer jarroxliklaridan keyin shox pardaning keratoektatik o‘zgarishlari rivojlanishining oldini olish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-funksional va immunobiokimyoviy usullar asosida shox parda biomexanikasini barqarorlashtirish, ektaziya rivojlanishini sekinlashtirish va stromadagi metabolik jarayonlarni tiklashga qaratilgan keratoektaziyaning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘llaniladigan kompleks terapiyaning samaradorligi asoslab berilgan. Bu esa ko‘rish, keratotopografik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishini hamda shox parda ektaziyasi rivojlanishining ishonchli sekinlashishini ta’minlaydi (78% va 61% holatlardacha). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Refraksion jarrohlikdan so‘ng rivojlangan ikkilamchi keratoektaziyani erta tashxislash usullari” uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan, 7-son, 06.23.2023 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali (buyruq №104, 06.11.2024 y.) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (buyruq 146-son 06.11.2024-y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ikkilamchi keratoektaziyani o‘z vaqtida tashxislash va samarali davolash kasallikning shox parda transplantatsiyasi kabi murakkab va qimmat jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan bosqichga o‘tish xavfini kamaytiradi va natijada ko‘rish bo‘yicha nogironlik ehtimolini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: refraksion operatsiyalardan keyin ikkilamchi keratoektaziya rivojlanish xavfini minimallashtirish ushbu operatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshiradi, chunki operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash va takroriy jarrohlik aralashuvlar xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: tashxislash va davolash algoritmi kasallikni erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirish imkonini berdi, bu esa o‘z navbatida davolash xarajatlarini kamaytirdi va ektatik jarayonni barqarorlashtirishga olib keldi.