Iskenderov Polat Konisbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Transport vositalari tomonidan etkazilgan zararni qoplashning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi”,     12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1292.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluaniyazov Xalmuxammed Aytjanovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Odil Sudlov Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.27/2025.27.12.Yu.01.02.
Rasmiy opponentlar: Kuldashev Nuritdin Abduganievich – yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Jaxongir Inomovich – yuridik fanlar doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Transport vositalari tomonidan etkazilgan zararni qoplashning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga: ma’muriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi; jarimani yoki zararni ixtiyoriy ravishda elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali to‘lashi mumkinligi; Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilishi asoslantirilgan;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tomonlarning yarashuvi munosabati bilan tugatish maqsadida jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to‘g‘risidagi arizani ishni DYHXX mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rib chiqish vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkinligi asoslangan;
yo‘l-transport hodisasi-transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida sodir bo‘lgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sog‘ligiga zarar etkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar etkazilgan hodisa ekanligi asoslantirilgan;
yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘ziga tan jarohatlari etkazilgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rni qoplanishi, shuningdek ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport vositalari tomonidan etkazilgan zararni qoplashning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
ma’muriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga: ma’muriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi; jarimani yoki zararni ixtiyoriy ravishda elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali to‘lashi mumkinligi; Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 326-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2240-6, 13.10.2022 y.) asosan, Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011 y.) 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkiliy departamentining 2025-yil 13-iyuldagi 33/2876 sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda raqamlashtirish, to‘lov intizomini kuchaytirishni ta’minlashga xizmat qilgan;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tomonlarning yarashuvi munosabati bilan tugatish maqsadida jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv to‘g‘risidagi arizani ishni DYHXX mansabdor shaxsi tomonidan ko‘rib chiqish vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkinligi; arizada etkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish to‘g‘risidagi iltimos ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligi; agar ish bo‘yicha bir necha jabrlanuvchi bo‘lsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv to‘g‘risidagi ishni yuritish mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 326-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2240-6, 13.10.2022 y.) asosan, Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011 y.) 162-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkiliy departamentining 2025-yil 13-iyuldagi 33/2876 sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi tomonlarning yarashuvi asosida ishni tugatish tartibi aniq belgilanmagan holatlarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
yo‘l-transport hodisasi-transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida sodir bo‘lgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sog‘ligiga zarar etkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar etkazilgan hodisa ekanligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida” gi O‘RQ-900-son Qonunining 4-moddasi o‘n ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 16-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi jabrlanuvchiga etkazilgan zarar qoplanishini huquqiy taminlashga xizmat qilgan;
yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘ziga tan jarohatlari etkazilgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rni qoplanishi, shuningdek ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida” gi O‘RQ-900-son Qonunining 43-moddasi uchinchi qismi oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 16-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi jabrlanuvchilarga moddiy va manaviy zararni qoplanishining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish