Dadabaev Umidjon Abdusamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda takoful – islomiy sug‘urta tizimini joriy etish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2432.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshan Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Umidjon G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning milliy sug‘urta bozorida takoful sug‘urtasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transchegaraviy sug‘urta va qayta sug‘urta operatsiyalarining huquqiy mazmunini mustaqil huquqiy mexanizm sifatida talqin etish orqali sug‘urta risklarini xalqaro darajada samarali taqsimlash imkoniyatlarini kengaytirish, retakoful mexanizmlari bilan uyg‘un holda islomiy sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirilgan;
sug‘urta tashkilotlari mulkdorlari, benefisiarlari va yakuniy manfaatdor shaxslarga qo‘yiladigan talablar tizimini takomillashtirish asosida o‘zaro hamkorlik, halollik va manfaatlar muvozanati tamoyillariga asoslangan takoful tizimining institutsional tabiati bilan uyg‘unlashgan holda islomiy sug‘urta faoliyatini tartibga solishning huquqiy-institutsional mexanizmi aniqlashtirilgan;
sug‘urta korxonalarida marketing xarajatlari samaradorligini baholash va islomiy sug‘urta xizmatlarini joriy etish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ekonometrik modellar asosida “Takofulga tayyorlik indeksi” ishlab chiqilgan;
takoful tizimida ishtirokchilar mablag‘laridan samarali foydalanishning moliyaviy mexanizmi sifatida “progressiv mudoraba” modelini ishlab chiqish orqali aholining bo‘sh pul mablag‘larini islomiy moliya tamoyillari asosida investisiya loyihalariga safarbar etish va sug‘urta faoliyatini investisiya jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning milliy sug‘urta bozorida takoful sug‘urtasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
transchegaraviy sug‘urta va qayta sug‘urta operatsiyalarining huquqiy mazmunini mustaqil huquqiy mexanizm sifatida talqin etish orqali sug‘urta risklarini xalqaro darajada samarali taqsimlash imkoniyatlarini kengaytirish, retakoful mexanizmlari bilan uyg‘un holda islomiy sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni 11-moddasi 1 va 3-bandlari (“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 38-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-fevraldagi №3/08-28-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida transchegaraviy sug‘urta va qayta sug‘urta munosabatlarini huquqiy jihatdan aniq tartibga solish, sug‘urta risklarini xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlari orqali samarali taqsimlash hamda retakoful instrumentlari vositasida islomiy sug‘urta xizmatlari ko‘lamini kengaytirish imkoni yaratilgan;
sug‘urta tashkilotlari mulkdorlari, benefisiarlari va yakuniy manfaatdor shaxslarga qo‘yiladigan talablar tizimini takomillashtirish asosida o‘zaro hamkorlik, halollik va manfaatlar muvozanati tamoyillariga asoslangan takoful tizimining institutsional tabiati bilan uyg‘unlashgan holda islomiy sug‘urta faoliyatini tartibga solishning huquqiy-institutsional mexanizmi aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1057-sonli Qonuni 11-moddasi 1 va 3-bandlari (“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 38-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 20-fevraldagi №3/08-28-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta bozori ishtirokchilari faoliyatining shaffofligini oshirish, mulkdorlar va yakuniy manfaatdor shaxslar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligini ta’minlash, takoful munosabatlarida ishonch va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda islomiy sug‘urta faoliyatini huquqiy jihatdan barqaror tartibga solish imkoni yaratilgan;
sug‘urta korxonalarida marketing xarajatlari samaradorligini baholash va islomiy sug‘urta xizmatlarini joriy etish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan “Takofulga tayyorlik indeksi” tajriba-sinov tariqasida “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyati filialining marketing va sftategik rivojlanish bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyati filialining 2026-yil 3-martdagi №3.3-01/2-1158-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida potensial mijozlar segmentatsiyasi, shaffoflik va sug‘urta tovoni tezkorligini targ‘ib qiluvchi kommunikatsion strategiya takomillashtirilib, mijozlar xulq-atvorini ilmiy asosda prognozlash va bozor segmentlarini aniq manzilli qamrab olish imkonini bergan;
takoful tizimida ishtirokchilar mablag‘laridan samarali foydalanishning moliyaviy mexanizmi sifatida “progressiv mudoraba” modelini ishlab chiqish orqali aholining bo‘sh pul mablag‘larini islomiy moliya tamoyillari asosida investisiya loyihalariga safarbar etish va sug‘urta faoliyatini investisiya jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish taklifi tajriba-sinov tariqasida “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyati filialining marketing va sftategik rivojlanish bo‘limi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyati filialining 2026-yil 3-martdagi №3.3-01/2-1158-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta faoliyatini investisiya jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilgan.