Xolmatov Uchqunjon Xamidullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Axborot-madaniy tahdidlar sharoitida millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy tahlili”  
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/2025.27.12.F.10.02
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  Tolipov Baxtiyor Xamitovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Iminov Begzod Begijonovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-madaniy tahdidlar sharoitida millatlararo munosabatlardagi “manfaatlar uyg‘unligi”, “muqobillik”, “tenglik”, “jamoaviylik”, “ijtimoiy adolat” singari konstruktiv: birlashtiruvchi, etaklovchi va uyushtiruvchi tamoyillarning vorisiyligi asoslangan;
axborot-madaniy tahdidlarda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan konstruktivistik-substansional, ijtimoiy murosa, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy sheriklik ekanligi ochib berilgan;
millatlararo munosabatlarda kuzatilayotgan differensiatsiya jarayonlarining: o‘zlikni asrash, ijtimoiy kelishuvga erishish, g‘oyaviy birlashuv, ijtimoiy shartnoma, tolerantlikni shakllantirish istiqbollarining integratsiyalashuvi ochib berilgan;
millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashda millat va elatlararo ziddiyatlarning kelib chiqishining ijtimoiy ta’siri, axboriy va madaniy tahdidlarning  tendensiyalarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-madaniy tahdidlar sharoitida millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot-madaniy tahdidlar sharoitida millatlararo munosabatlardagi “manfaatlar uyg‘unligi”, “muqobillik”, “tenglik”, “jamoaviylik”, “ijtimoiy adolat” singari konstruktiv tamoyillarning vorisiyligiga doir yangiliklaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nizomida belgilangan “mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish”da, “vazirlik, idoralar ham hududlarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish”da, “dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, korrupsiya, separatizm, odam savdosi, axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlari, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish”ga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi husuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instututining 2024-yil 4-noyabrdagi 10/143-son Ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar axborot-madaniy tahdidlar sharoitida millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan;
axborot-madaniy tahdidlarda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan konstruktivistik-substansional (ijtimoiy murosa, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy sheriklik) ekanligiga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “2018 yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” 51 - bandi “Jamiyatidagi, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 19-oktyabrdagi 2-13-21-5435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarida axborot-madaniy tahdidlar sharoitida millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashga doir faoliyat samaradorligiga erishilgan;
millatlararo munosabatlarda kuzatilayotgan differensiatsiya jarayonlari - o‘zlikni asrash, ijtimoiy kelishuvga erishish, g‘oyaviy birlashuv, ijtimoiy shartnoma va tolerantlikni shakllantirish istiqbollarining integratsiyalashuviga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nizomida belgilangan “mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish”da, “jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish”ga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-noyabrdagi 10/143-son ma’lumotnomasi). Natijada millatlararo munosabatlardagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlarini uyg‘unlashtirish, tolerantlik hamda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarining ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashda millat va elatlararo ziddiyatlarning kelib chiqishi sabablari, millatchilikni yuzaga kelish asoslari va ijtimoiy ta’siri, axboriy va madaniy tahdidlarning asosiy tendensiyalari aniqlangan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilganligiga doir xulosalaridan Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmonida belgilangan “Millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirish”ga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2025-yil 25-martdagi 01-08/85-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashga doir targ‘ibot faoliyati samaradorligiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish