Nurtaev Burxon Ximailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan
tarmog‘i nomi): “Karakata botiqligidagi quyi eotsen yotqiziqlarida yonuvchi slaneslarning
tarkibidagi nodir metallarning xususiyatlari va joylashish sharoitlari”, 04.00.0l - Umumiy va
mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/GM219.
Ilmiy rahbar: Razikov Odil Tohirdjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Po‘latjon Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari
doktori, professor; Meliboev Bahodir Fayzullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy O‘zbekistonning Karakata botiqligi quyi eotsen
yotqiziqlari yonuvchi slaneslari tarkibidagi nodir metallarning xususiyatlari va joylashish
sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Karakata botiqidagi quyi eotsen yotqiziqlarida tarqalgan yonuvchi slaneslarning kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ularning nodir metallarga istiqbolli ekanligi aniqlangan; 
paleogen yotqiziqlaridagi yonuvchi slaneslarda aniqlangan U, Mo, Y, Se va Sr elementlarining tarqalish xususiyatlari tahlil qilinib, minerallashgan zonalar ajratilgan; 
yonuvchi slaneslarning hosil boʻlishida asosiy omillar: litologik-stratigrafik, geologik-stukturaviy va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
Sangruntov va Aktov konlaridagi yonuvchi slanes qatlamlari nodir metallarga geokimyoviy ixtisoslashganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karakata botiqligidagi quyi eotsen
yotqiziqlarida yonuvchi slaneslarning tarkibidagi nodir metallarning xarakterli belgilari va
joylashish sharoitlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Karakata botiqligidagi quyi eotsen yotqiziqlariga mansub suzoq svitasi qatlamlarining
yonuvchi slanes jinslarida nodir metallarning to‘planishi hamda joylashish sharoitlari
“Navoiyuran” DKning “Uran va noyob metallar” geologiyasi ilmiy ishlab chiqarish markazi
amaliyotiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
2025-yil 21-apreldagi 08-674-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan uchastkalardan
olingan namunalani kimyoviy tahlil qilish orqali har bir uchastkalarda o‘ziga xos nodir metallar
hosil bo‘lishining korrelyasion xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
Karakata botiqligidagi yonuvchi slaneslarni hosil bo‘lish sharoitlari ma’lum bir fatsial
qonuniyatlarga asoslanishi, ularning litologik-fatsial sharoitlari gidrodinamik va gidrikimyoviy
fatsial birliklarga ajratilishi “Navoiyuran” DKning “Uran va noyob metallar” geologiyasi ilmiy
ishlab chiqarish markazi amaliyotiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati
va geologiya vazirligi 2025-yil 21-apreldagi 08-674-son ma’umotnomasi). Natijada, Karakata
botiqligidagi Sangruntov va Aktov maydonlarida joylashgan paleogen davriga oid dolomit,
ohaktosh, kvars qumlari, bentonit gillari va fosforitlar hamda yonuvchi slaneslarni istiqbolli
maydonlari ajratilgan;
maydonning geologiyasi, litologik-fatsial hosil bo‘lish sharoitlari va ular bilan bog‘liq
mineral resurslar “Navoiyuran” DKning “Uran va noyob metallar” geologiyasi ilmiy ishlab
chiqarish markazi amaliyotiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va
geologiya vazirligi 2025-yil 21-apreldagi 08-674-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyi eotsen yotqiziqlari tarkibiga kiruvchi yonuvchi slanesli jinslarning hosil bo‘lish sharoitlari va me’yoriy talablarga javob beradigan yuqori sifatli yonuvchi slanes xomashyolarini olishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish