Yodgorov Sharofiddin Ismatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muhandis-geologik sharoit xususiyatlarini hisobga olgan holda Buxoro shahar hududining seysmik riskini baholash», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/GM11.
Ilmiy rahbar: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: «Mineral resurslar instituti» DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Zakirov Mirabbas Mirsaatovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urbanlashgan hududlarda muhandis-geologik sharoit xususiyatlarini hisobga olgan holda seysmik riskni miqdoriy baholash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urbanlashgan hududlarda seysmik riskni yuzaga keltiruvchi omillarni miqdoriy baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
Buxoro shahri hududida tarqalgan gruntlarning muhandis-geologik va seysmik xususiyatlarini toifalash orqali seysmik jadallik orttirmasi 0 va 1 balligi aniqlangan;
muhandis-geologik sharoit xususiyatlarini hisobga olgan holda, seysmik xavfni deterministik va ehtimollik yondashuv asosida maksimal tezlanish qiymatlari baholangan;
ilk bor Buxoro shahri hududida turli konstruktiv turda qurilgan binolarning seysmik zaiflik funksiyalarini qo‘llash asosida maksimal seysmik ta’sirlarda shikastlanish darajasi baholangan;
ilk bor Buxoro shahri hududi uchun turli davrlarda sodir bo‘lish ehtimolligi bo‘lgan zilzilalarning maksimal seysmik tebranishlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talafotlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarda baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro shahri hududida seysmik riskni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muhandis-geologik sharoit xususiyatlarni hisobga olgan holda seysmik xavf ehtimoli turli davrlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalarning seysmik ta’sirini makroseysmik ballar va maksimal tezlanishlarda baholash xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 2/4/24-3260-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro shahri hududi xavfsizligini ta’minlashda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkonini bergan;
shahar hududidagi turli konstruksiyali binolarning seysmik zaiflik funksiyasi va turli darajadagi seysmik ta’sirlarda shikastlanish jadvali Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 2/4/24-3260-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro shahri hududidagi bino va inshootlarning seysmik zaiflik pasportini tuzishga oid takomillashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan;
urbanlashgan hududlarning seysmik riskini baholash uslubiyati va Buxoro shahrini seysmik riskini turli davrlarda sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan zilzilalarning maksimal seysmik ta’sirdagi baholangan sxematik xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 2/4/24-3260-son ma’lumotnomasi). Natijada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda qutqaruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.