Qodirov Sarvar Xoltura o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Zarqaynar intruzivining petrologiyasi va ma’dandorligi (Janubiy Nurota)”, 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/GM223.
Ilmiy rahbar: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Geologiya va geofizika instituti” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Axundjanov Raxmadjan, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Dulabova Nafisa Yusupovna, geologiya-mineralogiya fan nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarqaynar intruzivi granitoidlari, tomir jinslari va daykali hosilalarni geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlarini va ma’dandorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarqaynar intruzivi granitoidlari moddiy tarkibining geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlari batafsil o‘rganilgan va ular “S”–turdagi monsonitoidli granitoidlarga mansubligi asoslangan;
Zarqaynar intruzivi granitoidlarining tomirli hosilalari (aplit-pegmatitlar, pegmatitlar) nodir er elementlariga ixtisoslashuvi va istiqbolli uchastkalar aniqlangan;
ilk bor, Zarqaynar granitoidlari bilan oqtosh seriyasiga (D2-C2) mansub ohaktoshlar o‘rtasida skarnlashuv hosilalari mavjudligi topilgan va ularning temir, qalay, volfram va nodir er elementlariga ixtisoslashuvi aniqlangan;
mustaqil lamprofir (spessartit) tomir-daykali hosilalari uyumlari ajratilgan va ularning nodir er elementlariga ixtisoslashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarqaynar intruzivi granitoidlari, tomir jinslar va skarn namoyonlarini geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy tavsiflari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarqaynar intruzivining turli fazalariga mansub hosilalarning to‘liq tavsifi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 18-martdagi 08-0949 son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarqaynar intruzivining turli fazalarga mansub hosilalarning geologik-petrografik, petrologik-geokimyoviy tavsiflarini qayta ko‘rib chiqishga imkonini bergan;
Zarqaynar intruzivi granitoidlarining tomir jinslari-pegmatitlarining nodir er elementlariga ixtisoslashuvi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 18-martdagi 08-0949 - son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolli uchastkalarni aniqlash, geologik qidiruv ishlarni to‘g‘ri tashkil qilishga imkon bergan;
Zarqaynar intruzivi granitlari bilan ohaktoshlar kontaktida temirga ixtisoslashgan skarn namoyonlari hamda mustaqil spessartit tomir-daykali hosilalarining nodir er elementlariga ixtisoslashuvi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 18-martdagi 08-0949 son ma’lumotnomasi). Natijada, Nurota mintaqasida xaritalash ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.