Xursandova Nargiza Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi sharoitida Qashqadaryo havzasi suv resurslarini baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish”, 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3 PhD/Gr338.
Ilmiy rahbar: Axmedova Tamara Abduraximovna, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Ziyaev Raxmat Raximovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqlim o‘zgarishi sharoitida Qashqadaryo havzasining suv resurslarini zamonaviy modellar asosida baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MATILDA gidrologik modeli Qashqadaryo havzasining o‘ziga xos iqlim sharoiti (havo harorati, atmosfera yog‘inlari va ularning mavsumiy taqsimlanishi) va gidrologik xususiyatlari (daryo oqimining mavsumiy va yillik o‘zgaruvchanligi, qor va muzliklardan hosil bo‘ladigan oqim ulushi)ni hisobga olgan holda hududga moslashtirilgan;
suv omborlari hajmini baholashda masofadan zondlash (Landsat) ma’lumotlari hamda gidrometeorologik kuzatuvlar (suv omboridagi suv sathi va suv hajmi) o‘rtasidagi regression bog‘liqliklar aniqlangan;
Pachkamar va Chimqo‘rg‘on suv omborlarida suv hajmini masofadan zondlash ma’lumotlari asosida hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
ERA5 re-analiz ma’lumotlari va qor chizig‘i kuzatuvlari asosida Qashqadaryo havzasida suv resurslarining o‘zgarish dinamikasi baholangan hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Qashqadaryo havzasi suv resurslarini baholash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish yordamida olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo havzasining o‘ziga xos iqlim sharoiti (havo harorati, atmosfera yog‘inlari va ularning mavsumiy taqsimlanishi) va gidrologik xususiyatlari (daryo oqimining mavsumiy va yillik o‘zgaruvchanligi, qor va muzliklardan hosil bo‘ladigan oqim ulushi)ni hisobga olgan holda hududga moslashtirilgan MATILDA glyasio-gidrologik modelidan Suv xo‘jaligi vazirligining “Amu–Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida daryo oqimini baholash va suv resurslarini boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 29-yanvardagi 04/20-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasida daryo oqimining mavsumiy va yillik o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda qisqa va uzoq muddatli baholash hamda prognozlash imkonini bergan;
suv omborlari hajmini baholashda masofadan zondlash (Landsat) hamda er usti gidrometeorologik kuzatuv (suv omboridagi suv sathi va suv hajmi) ma’lumotlari o‘rtasidagi regressiya tenglamalaridan Suv xo‘jaligi vazirligining “Amy-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv omborlaridagi suv hajmini baholash va monitoring qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 29 yanvardagi 04/20-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasida mavjud suv omborlarining suv zaxiralarini operativ va ishonchli monitoring qilish, suv resurslarining holatini baholash hamda ularni boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
Pachkamar va Chimqo‘rg‘on suv omborlarida suv hajmini masofadan zondlash ma’lumotlari asosida aniqlangan algoritmdan Suv xo‘jaligi vazirligining “Amu–Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv omborlarining holatini baholash va monitoring qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 29-yanvardagi 04/20-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo daryo havzasida joylashgan suv omborlaridagi suv zaxiralarini masofadan turib aniqlash, ularning hajmiy o‘zgarishlarini operativ baholash hamda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
reanaliz tahlil ma’lumotlari va qor chizig‘i kuzatuvlari asosida Qashqadaryo havzasida suv resurslarining o‘zgarish dinamikasi hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Amy-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv resurslarini boshqarish va rejalashtirish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil
29 yanvardagi 04/20-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasida daryo oqimining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv ta’minoti barqarorligini oshirish bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan.