Abduraimov Jahongir Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun mahalliy xomashyolar asosida samarador tarkibli og‘irlashtirilgan eritmalar tayyorlash texnologiyasi”, 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6101.
Ilmiy rahbar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc. 03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Beisenbaev Oral Kurganbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun mahalliy xomashyolar asosida samarador tarkibli og‘irlashtirilgan eritmalar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xovdak bentoniti va Guliob fosforiti konlaridagi mahalliy gillarning tarkibi va kolloid-kimyoviy xususiyatlari o‘rganilib, olingan kompozisiya reologik ko‘rsatkichlari, barqarorligi, filtratsiya xossalari hamda 80 MPa bosim sharoitlariga chidamliligi burg‘ilash eritmalari uchun eng maqbul tarkib ekanligi isbotlangan;
burg‘ilash eritmasi zichligini dastlab 1,1 g/sm3 dan 1,3 g/sm3 gacha Guliob fosforiti asosida og‘irlashtirish sharoitlari aniqlanib, 1,3 g/sm3 gacha og‘irlashtirilgan eritma zichligini 2,2 g/sm3 gacha og‘irlashtirish uchun 30 % baritni fosforitga almashtirilish tajribalar asosida isbotlangan;
ishlab chiqilgan burg‘ilash eritmalarini neft va gaz quduqlarida qoʻllash natijasida yuqori haroratda chidamliligi 80-120 °C gacha saqlab qolindi, hamda tuzga chidamliligi oshirildi pH-9 gacha tushirildi, barqarorligini oshirish 20 % ga yaxshilandi, burg‘ilash tezligini tartibga solish va cho‘kma hosil bo‘lishini kamaytirish ko‘rsatgichi 24 soatda 1% dan 4,3 % gacha, 48 soatda 1,2 % dan 4,9 % gacha, 72 soatda 1,8 % dan 5,4 % gacha saqlab qolishi isbotlangan;
olingan burg‘ilash eritmalari qo‘llanilganda asbob-uskunalar va quvurlar emirilishi 18-25 % ga kamayishi, korroziya tezligi 0,28 mm/yildan 0,12 mm/yilgacha pasayishi, ishlash muddati 1,5 barobargacha uzaytirishi, yangi burg‘ilash eritmalari ishlab chiqarishda 12-15% gacha iqtisodiy samaradorlikka erishishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash uchun mahalliy xomashyolar asosida samarador tarkibli og‘irlashtirilgan eritmalar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar va organik modifikator asosida burg‘ilash eritmalari tayyorlash texnologiyasi “Buxoroneftgazparmalash” AJ korxonasida joriy etilgan (“Buxoroneftgazparmalash” AJning 2025 yil 19 avgustdagi 01/BB-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xovdak bentonit gillari va organik modifikatordan foydalanib, gilli eritmalarning sifatini yaxshilash va burg‘ulash tezligini oshirish, import qilinadigan gil kukunlari o‘rniga mahalliy Xovdak gil kukunlarini ishlatish imkonini bergan;
Xovdak bentoniti, Guliob fosforiti hamda organik modifikatorlar asosida og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalarini tayyorlash texnologiyasi “Petromaruz Uzbekistan” MChJ da joriy qilingan (“Buxoroneftgazparmalash” AJning 2025 yil 19 avgustdagi 01/BB-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ilash eritmasi zichligini dastlab 1,1 g/sm3 dan Guliob fosforiti asosida 1,3 g/sm3 gacha og‘irlashtirish so‘ngra 1,3 g/sm3 dan eritma zichligini 2,2 g/sm3 gacha og‘irlashtirish uchun 30% baritni fosforitga almashtirish imkonini bergan.