Choriev Abdimumin Xudayqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zada xazmo-kleystogam gul belgilarining irsiylanishi va xo‘jalik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi», 03.00.09–Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V36.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Tilov Iskandarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaliev Xakimjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zada xazmo-kleystogam gul belgilarining irsiylanishi va muhim xo‘jalik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini tur doirasida hamda turlararo navlarni chatishtirish asosida ularning F1, G‘b, G‘2 va yuqori avlod duragaylarida belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turlararo (G.hirsutum L. x G.barbadense L.) duragaylashda xazmogam va kleystogam gul belgilarining irsiylanish holatlari hamda F1, Fb va G‘2 avlodlarida xazmogam va kleystogam gul belgilarining qimmatli xo‘jalik belgilari bilan bog‘lanishi asosida tola chiqimi yuqori va uzun tolali oilalar ajratib olish mumkinligi aniqlangan;
xazmo va kleystogam gul belgilariga ega bo‘lgan “Imkon” x “Kleystogam-1” shakllari chatish-tirilganda F1 avlodida o‘simliklar xazmogam gulli, monogeterozigot xususiyatli Cg1 sg1 cg2 cg2  genotiplar olingan, F2 bo‘g‘inida 3:1 nisbatdagi fenotipik sinflarga ajratilgan;
tahliliy bekkross chatishtirish kombinatsiyasida ajralishning, ya’ni Fb (Imkon x Kleystogam-1) x Kleystogam-1 1:1 nisbati qayd etilib, 50% xazmogam va 50% kleystogam gulli o‘simliklar hosil bo‘lishi isbotlangan;
G.barbadense L. turiga mansub resiprok S-6037 x Ijod kombinatsiyalarining F1, Fb va G‘2 duragay avlodlarida xazmogam va kleystogam gul belgilaridan foydalanilganda F2 duragaylarida uzun tola beruvchi oilalarning yuqori bo‘g‘in avlodlaridan T-1/06m, T-2/06m, T-6/06m, T-15/06m, T-16/06m tizmalar ajratilgan;
G.hirsutum L. turiga mansub kombinatsiyadagi duragaylarning genetik xususiyatlaridan foydalanib, ularda o‘simlik bo‘yi (sm), birinchi hosil shoxi (hs), hosil shoxlari (dona), umumiy ko‘saklar soni, pishgan ko‘saklar soni va bir qator qimmatli xo‘jalik belgilari bilan bog‘lanish xususiyatlari va irsiy o‘zgaruvchanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zada xazmo-kleystogam gul belgilarining irsiylanishi va muhim xo‘jalik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini tur doirasida hamda turlararo navlarni chatishtirishda ularning F1, G‘b, G‘2 va yuqori avlod duragaylarida belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanlik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning «Manzur» naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patent olingan (NAP №00213, 2018 y.). Natijada  yuqori tola chiqimiga ega va uzun tolali navni etishtirish  yuqori rentabellik imkonini bergan;  
o‘rta tolali g‘o‘zaning «Imkon» va «Yuksalish» navlari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Mirzaobod universial trade cluster» MChJda «Yuksalish» navi 11,6 gektar, «Imkon» navi 3 gektar maydonga  joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 10 iyuldagi 02/020-1068-son ma’lumotnomasi). Natijada bu navdan yuqori va sifatli tola mahsuloti olish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
o‘rta tolali g‘o‘zaning «Yuksalish» navi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Mirzaobod universial trade cluster» MChJda 120 gektar maydonga  joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 10 iyuldagi 02/020-1068-son ma’lumotnomasi). Natijada «Yuksalish»  navidan yuqori va sifatli tola olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish