Tursunov Jahongir Shokirovich  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Granulalash liniyasidagi ozuqa aralashtirgich qurilmasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash”,  05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3741
Ilmiy rahbar: Borotov Atxam Nurmuxammadovich,  texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, (PhD).03/2025.27.12.T.14.02
Rasmiy opponentlar: Eshdavlatov Eshpulat Uzakovich texnika fanlari doktori, dotsent; Karimov Yoqub Ziyodullaevich texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ish unumi va energiya sarfi dehqon (shaxsiy yordamchi) yoki oilaviy chorvachilik xo‘jaliklarini qanoatlantiradigan kichik o‘lchamdagi granulalash liniyasi uchun ozuqa aralashtirgich qurilmani ishlab chiqish, uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlab turli xil konsentrlangan ozuqalarni vitaminlar va ozuqa qo‘shimchalari bilan jadal aralashtirib, so‘ngra belgilangan meyorda suv qo‘shib, yana aralashtirib namligini talab darajasiga keltirib oladigan aralashtirgich qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ozuqa aralashtirish qurilmasi ishchi kamerasining hajmi uning bir-biridan farq qiladigan yuqori va pastki qismlari hajmi hamda ishchi kamera ichida joylashgan kurakchali valning hajmini hisobga olgan holda  qurilmaning belgilangan ish unumini ta’minlashdan kelib chiqib aniqlangan; 
qurilmadagi aralashtirish kurakchalarining joylashish shakli va aylanishlar soni ozuqa komponentlarini markazdan kurakchalar uchi tomon va aralashtirish kamerasi yon tomonidan markazga tomon jadal ravishda siljitib borish orqali bir tarkibli aralashma olish shartidan asoslangan;
aralashtirish qurilmasida ozuqaga suv purkash vaqti davomiyligi va miqdori aralashtirilayotgan ozuqaning namligi va dispers tarkibi bir xil bo‘lishini hisobga olgan holda maqbul miqdordagi purkash uchliklari soni va ularning joylashish o‘rnini aniqlash asosida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Granulalash liniyasidagi ozuqa aralashtirish qurilma parametr va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ish jarayonida dastlab turli xil konsentrlangan ozuqalarni vitaminlar va ozuqa qo‘shimchalari bilan jadal aralashtirib, so‘ngra belgilangan meyorda suv qo‘shib, namligini talab darajasiga keltirib oladigan aralashtirgich qurilma konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining foydali modelga patenti olingan («Ozuqa aralashtirgich» FAP №2958–2026y). Natijada granulalangan ozuqa ishlab chiqarishda ozuqa komponentlarini bir-biri bilan bilan bir xil tarkibda aralashtirib beradigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
granulalash liniyasidagi ozuqa aralashtirish qurilmasi Surxondaryo  viloyati Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Termiz tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-288-son ma’lumotnomasi). Natijada granulalash liniyasidagi ozuqa aralashtirish qurilmasida oziqalarni aralashtirish bir xilligini 95 %, namlanish darajasini esa kamida 90 % bo‘lishini ta’minlashga erishilgan; 
granulalash liniyasidagi ozuqa aralashtirish qurilma bo‘yicha loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) “AGRIXIM” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligida bilim va innovatsiyalar markazining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-288-son ma’lumotnomasi). Natijada granulalash liniyalari uchun energiya va resurstejamkor ozuqa aralashtirish qurilmasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish