Ikramov Aziz Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Burun yondosh bo‘shliqlari patologiyasini raqamli radiologik protsessing yordamida differensial tashxislash», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4228.
Ilmiy rahbar: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Grigor`eva Alla Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: burun yondosh bo‘shliqlari patologiyasini raqamli radiologik protsessing yordamida differensial tashxislashda neyrotarmoq tizimining diagnostik samaradorligini mustaqil klinik validatsiya asosida baholash va uni birlamchi bo‘g‘in amaliyotiga joriy etish yo‘llarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Uzbekiston Respublikasida «ArxiMed Aivory AI Nose X / SINUSITIS» neyrotarmoq tizimining mustaqil tashqi klinik validatsiyasi uning ishini batafsil ekspertli verifikatsiya qilish bilan o‘tkazish asoslangan;
ilk bor burun yondosh bo‘shliqlari rentgenogrammalarini referens ekspertli baholashning unifikatsiya qilingan protokoli ishlab chiqilgan, unda to‘rtta anatomik zona (ikki tomondagi peshona va yuqori jag‘ bo‘shliqlari) sifat va miqdoriy parametrlarning qat’iy to‘plami bo‘yicha alohida tavsiflangan;
umumiy tanlab olish va og‘irlik darajasi turlicha bo‘lgan guruhlarda tizimning sezgirligi, xosligi va prognostik qiymati, shuningdek rentgenologik o‘zgarishlar turlari va alohida anatomik zonalar bo‘yicha samaradorligi aniqlangan;
tizimning referens ekspertli baho bilan kelishuvi (Koen kappasi, vnutriklassovaya korrelyasiya koeffisienti) miqdoriy baholash avtomatlashtirilgan interpretatsiyaning takrorlanuvchanligini tavsiflashi aniqlangan;
neyrotarmoq tizimini amaliy otorinolaringologik va rentgenologik ishda kompleks qo‘llash algoritmi ishlab chiqilgan, unda tizimning birlamchi tibbiy yordam bosqichida bemorlarni marshrutizatsiya qilishdagi o‘rni belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burun yondosh bo‘shliqlari patologiyasini raqamli radiologik protsessing yordamida differensial tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Uzbekiston Respublikasida «ArxiMed Aivory AI Nose X / SINUSITIS» neyrotarmoq tizimining mustaqil tashqi klinik validatsiyasi uning ishini batafsil ekspertli verifikatsiya qilish bilan o‘tkazish asoslangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Tadqiqotda burun yondosh bo‘shliqlarining 228 ta raqamli rentgenogrammasi tahlil qilindi. Har bir tasvir bo‘yicha mustaqil ekspertli xulosa shakllantirilib, referens standart sifatida qabul qilindi. Referens baho bo‘yicha 177 ta holatda patologiya va 51 ta holatda norma aniqlandi. Tizim xulosalari referens baho bilan taqqoslanib, to‘rt maydonli jadval tuzildi: to‘g‘ri musbat natijalar — 173 ta, yolg‘on musbat — 15 ta, yolg‘on manfiy — 4 ta, to‘g‘ri manfiy — 36 ta. Validatsiya tizimni ishlab chiquvchining o‘qituvchi ma’lumotlar to‘plamidan mustaqil bo‘lgan klinik materialda o‘tkazildi. Bu esa olingan natijalarga tashqi mustaqil validatsiya maqomini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi: Tadqiqot natijalari asosida «Burun yondosh bo‘shliqlari patologiyasini differensial tashxislashda raqamli rentgenogrammalarning neyrotarmoq tahlilini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Uslubiy tavsiyalar va tizimni qo‘llash tartibi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (11 avgust 2026 yil, X4-son). Ijtimoiy samaradorligi: Mustaqil validatsiya natijalari neyrotarmoq tizimining haqiqiy diagnostik imkoniyatlari va cheklovlarini shaffof ko‘rsatdi. Bu esa shifokorlarda avtomatlashtirilgan xulosaga asoslangan ishonchning ilmiy asosda shakllanishiga xizmat qildi. Bemorlar uchun esa burun yondosh bo‘shliqlari patologiyasini birlamchi bosqichda aniqlash darajasining oshishiga zamin yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Tizim samaradorligining mustaqil baholanishi uni joriy etish bo‘yicha qarorlarni qo‘shimcha sinov tadqiqotlarisiz qabul qilish imkonini berdi. Tizimning skrining bosqichida qo‘llanilishi mavjud rentgenologik uskunalardan samarali foydalanish va takroriy tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga muassasa resurslarini tejashga xizmat qildi. Xulosa: O‘tkazilgan mustaqil tashqi validatsiya neyrotarmoq tizimining klinik sharoitdagi ishonchliligini dalillarga asoslangan holda aniqlash imkonini berdi. Mazkur yondashuv sun’iy intellektga asoslangan tashxis vositalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etishdan oldin ularni baholashning ilmiy asoslangan modeli sifatida xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor burun yondosh bo‘shliqlari rentgenogrammalarini referens ekspertli baholashning unifikatsiya qilingan protokoli ishlab chiqilgan, unda to‘rtta anatomik zona (ikki tomondagi peshona va yuqori jag‘ bo‘shliqlari) sifat va miqdoriy parametrlarning qat’iy to‘plami bo‘yicha alohida tavsiflangan; Ilmiy yangilikning mohiyati: Amaldagi tavsiflash amaliyotida rentgenogramma bo‘yicha ko‘pincha bitta umumiy xulosa shakllantiriladi. Tadqiqotda har bir anatomik zona alohida birlik sifatida baholanadigan protokol ishlab chiqildi. Protokolda har bir zona uchun o‘zgarishning mavjudligi, uning turi va zararlanish maydonining miqdoriy ko‘rsatkichi qayd etiladi. Bu esa tizim xulosasi bilan ekspert xulosasini zonalar kesimida bevosita taqqoslash imkonini berdi. Shuningdek, protokol baholashning sub’ektivligini kamaytirib, turli ekspertlar xulosalarining qiyosiyligini ta’minladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi: Unifikatsiya qilingan baholash protokoli uslubiy tavsiyalar tarkibiga kiritildi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (11 avgust 2026 yil, X4-son). Ijtimoiy samaradorligi: Protokolning qo‘llanilishi rentgenologik xulosalarning tuzilishi va to‘liqligini yaxshiladi. Bu esa otorinolaringologning davolash taktikasini tanlashda aniq ma’lumotga tayanishiga imkon berdi. Bemorlarga nisbatan tashxis qo‘yish jarayonining bir xilligi ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: Xulosalarning standartlashtirilishi tasvirlarni qayta ko‘rib chiqish va takroriy tavsiflash holatlarini kamaytirdi. Natijada rentgenolog ish vaqtidan oqilona foydalanish va tashxis bosqichi muddatlarini qisqartirishga erishildi. Xulosa: Ishlab chiqilgan unifikatsiya qilingan protokol sun’iy intellekt tizimlarini baholashda referens standartni shakllantirishning ilmiy asoslangan vositasi hisoblanadi. Ushbu yondashuv zonalar kesimidagi tahlilni, natijalarning takrorlanuvchanligini va keyingi tadqiqotlar bilan qiyosiyligini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: umumiy tanlab olish va og‘irlik darajasi turlicha bo‘lgan guruhlarda tizimning sezgirligi, xosligi va prognostik qiymati, shuningdek rentgenologik o‘zgarishlar turlari va alohida anatomik zonalar bo‘yicha samaradorligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning mohiyati: Tizimning diagnostik samaradorligi umumiy viborkada quyidagicha aniqlandi: sezgirlik 97,7%, xoslik 70,6%, referens baho bilan binar kelishuv 91,7%, ROC-egri osti maydoni (AUC) 0,817. Ko‘rsatkichlar nafaqat umumiy viborkada, balki rentgenologik o‘zgarish turi va anatomik zona kesimida ham hisoblandi. Tahlil natijasida tizimning yuqori sezgirligi patologiyani istisno qilish vazifasi uchun maqbul ekanligi asoslandi. Shu bilan birga, xoslikning nisbatan pastligi yolg‘on musbat xulosalar ulushi bilan bog‘liqligi ko‘rsatildi. Alohida kichik guruh tahlilida to‘liq soya berish holatlarida tizim xulosasining referens baho bilan farqlanishi aniqlanib, uning asosida terminologik moslik masalasi ilmiy jihatdan asoslandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi: Aniqlangan ko‘rsatkichlar tizimni qo‘llash chegaralarini belgilash uchun asos sifatida uslubiy tavsiyalarga kiritildi va amaliyotga joriy etildi (11 avgust 2026 yil, X4-son). Ijtimoiy samaradorligi: Tizimning kuchli va zaif tomonlarini guruhlar kesimida aniqlash yolg‘on manfiy xulosalar xavfini kamaytirdi. Bu esa patologiyasi mavjud bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashgan yordamga yo‘naltirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Tizim qo‘llaniladigan klinik vaziyatlarning aniq belgilanishi asossiz qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘llanmalarni kamaytirishga xizmat qildi. Natijada tashxis bosqichi xarajatlarini maqbullashtirish imkoniyati yaratildi. Xulosa: Diagnostik samaradorlik ko‘rsatkichlarining guruhlar va zonalar kesimida baholanishi neyrotarmoq tizimini qo‘llashning ilmiy asoslangan chegaralarini belgilab berdi. Ushbu natijalar tizimni skrining va birlamchi saralash vositasi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizimning referens ekspertli baho bilan kelishuvi (Koen kappasi, vnutriklassovaya korrelyasiya koeffisienti) miqdoriy baholash avtomatlashtirilgan interpretatsiyaning takrorlanuvchanligini tavsiflashi aniqlangan; Ilmiy yangilikning mohiyati: Kelishuv darajasi sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha alohida hisoblandi. Anatomik zonalar bo‘yicha Koen kappasi 0,918–0,964 oralig‘ida aniqlandi. Zararlanish maydonining miqdoriy bahosi bo‘yicha sinflararo korrelyasiya koeffisienti (ICC) 0,988–0,993 ni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichlar tizim xulosalarining ekspert bahosi bilan yuqori darajada mos kelishini va takrorlanuvchanligini tasdiqladi. Shu tariqa avtomatlashtirilgan interpretatsiyaning barqarorligi birinchi marta miqdoriy dalillar bilan asoslandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi: Kelishuv ko‘rsatkichlari tizim xulosasini klinik hujjatlarda qo‘llash tartibini belgilashda asos sifatida xizmat qildi va uslubiy tavsiyalar tarkibida amaliyotga joriy etildi (11 avgust 2026 yil, X4-son). Ijtimoiy samaradorligi: Avtomatlashtirilgan bahoning takrorlanuvchanligi turli muassasalarda tashxis sifatining bir xilligini ta’minlashga xizmat qildi. Bu esa hududlar kesimida tibbiy yordam sifatidagi tafovutlarni kamaytirishga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Xulosalarning barqarorligi qayta tekshiruvlar va mutaxassislar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etishga sarflanadigan vaqtni qisqartirdi. Bu muassasaning kadrlar resursidan samarali foydalanishiga xizmat qildi. Xulosa: Kelishuv ko‘rsatkichlarining miqdoriy baholanishi neyrotarmoq tizimi xulosalarining ishonchliligini ob’ektiv tasdiqladi. Ushbu natijalar sun’iy intellekt vositalarini klinik amaliyotga joriy etishda sifat nazorati mezonlarini shakllantirish uchun asos bo‘ladi.
beshinchi ilmiy yangilik: neyrotarmoq tizimini amaliy otorinolaringologik va rentgenologik ishda kompleks qo‘llash algoritmi ishlab chiqilgan, unda tizimning birlamchi tibbiy yordam bosqichida bemorlarni marshrutizatsiya qilishdagi o‘rni belgilangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: Algoritmda tizim xulosasi mustaqil tashxis sifatida emas, balki shifokor qarorini qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida belgilandi. Algoritm rentgenogrammani olish, avtomatlashtirilgan tahlil, shifokor tomonidan verifikatsiya qilish va bemorni keyingi bosqichga yo‘naltirish ketma-ketligini qamrab oladi. Tizimning yuqori sezgirligi hisobga olingan holda uning asosiy vazifasi patologiyasi bo‘lmagan bemorlarni saralash etib belgilandi. Shubhali va nomuvofiq holatlarda mutaxassis xulosasining ustuvorligi qat’iy belgilandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi: Kompleks qo‘llash algoritmi uslubiy tavsiyalar tarkibida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etildi (11 avgust 2026 yil, X4-son). Ijtimoiy samaradorligi: Algoritmning joriy etilishi bemorlarni ixtisoslashgan yordamga yo‘naltirish muddatlarini qisqartirishga xizmat qildi. Birlamchi bo‘g‘inda rentgenolog mutaxassis etishmaydigan sharoitda tashxis imkoniyatlari kengaydi. Bu esa aholining sifatli tashxis xizmatiga teng darajada ega bo‘lishiga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarni asosli ravishda saralash ixtisoslashgan muassasalarga asossiz murojaatlar sonini kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek, qo‘shimcha tasvirlash tekshiruvlariga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi tashxis jarayoni xarajatlarini qisqartirishga xizmat qildi. Xulosa: Ishlab chiqilgan algoritm neyrotarmoq tizimini birlamchi tibbiy yordam bosqichiga xavfsiz va nazorat ostida joriy etish modelini shakllantirdi. Ushbu yondashuv burun yondosh bo‘shliqlari patologiyasini erta aniqlash va bemorlarni ratsional marshrutizatsiya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.