Rasulova Moxidil Tursunalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar monooksigenaz tizimi va organizmning tireoid statusi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik (eksperimental tadqiqot)», 03.00.01–Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/V153.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada jigar monooksigenaza tizimi faolligi bilan organizm tireoid statusi orasidagi bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar monooksigenaza tizimining benzonal hamda ziksorinli induksiyasi sharoitida organizmning tireoid statusi ko‘rsatkichlari statistik jihatdan ishonchli ravishda ortishi yoki ortishga bo‘lgan tendensiyasi aniqlangan;
jigar monooksigenaza tizimining kobal`t xloridli va simetidinli ingibirlanishi sharoitida organizmning tireoid statusi TTG miqdorining kamayishi fonida tireoid gormonlarining erkin shakllari miqdorining statistik jihatdan ishonchli ravishda ortishi isbotlangan;
tajribaviy gipotireoz rivojlanishida jigar monooksigenaz tizimining metabolik va funksional holatining pasayib ketishi aniqlangan;
tajribaviy gipertireoz rivojlanishida sitoxrom R-450 miqdorining kamayishi fonida jigar monooksigenaz tizimining metabolik holatining ortishi, funksional holatining esa o‘zgarmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar monooksigenaz tizimi va organizmning tireoid statusi orasidagi o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qalqonsimon bezining gipo- va giperfunksiyalarini modellashtirishga uslubiy yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 8n-z/203-son ma’lumotnomasi). Natijada qalqonsimon bezining dori vositalari orqali gipo- va giperfunksiya chaqirishning modellarini soddalashtirish hamda yaxshilash imkonini bergan;
jigar monooksigenaz tizimi va organizmning tireoid statusi orasidagi o‘zaro bog‘liqligi sog‘liqni saqlash amaliyotiga qalqonsimon bezi kasalliklarining oldini olishda joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 8n-z/203-son hamda 2019 yil 27 martdagi 8n-d/63-son ma’lumotnomalari). Natijada qalqonsimon bezining gipo- va giperfunksiyalarini modellashtirishda vaqtni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish