Nekrasov Aleksandr Sergeevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanish xavfini baholash uchun prognostik model ishlab chiqish va klinik asoslash”, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Tib7027.
Ilmiy rahbar: Isokulov Tulqin Uralovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.13.01.
Rasmiy opponentlar: Abdujapparov Sulaymon Baxritdinovich; tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Abdisamat Eshmurodovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi operatsiyadan oldingi klinik va intraoperatsion omillarni kompleks tahlil qilish hamda stratifikatsiya qilish asosida ichak stomasi bo‘lgan bemorlarda mahalliy asoratlar rivojlanishi xavfini bashorat qilish tizimini ishlab chiqish va klinik validatsiyadan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishida eng yuqori prognostik ahamiyat qon ta’minotining buzilishi va yallig‘lanish reaksiyasining yaqqolligiga bog‘liq bo‘lgan intraoperatsion hamda erta operatsiyadan keyingi omillarga tegishli ekanligi, bunda stoma chetlaridagi ishemiyaning erta klinik belgilari va intraoperatsion qon ta’minoti buzilishining belgilari hal qiluvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
operatsiyadan oldingi klinik omillar (immunosupressiya, qandli diabet, gipoalbuminemiya, anemiya, tana vazni indeksi ekstremal qiymatlari) mahalliy asoratlarning mustaqil determinantlari emasligi, balki omillarning umumiy ta’sirini kuchaytiruvchi xavfning modifikatsiyalovchi fonini shakllantirishi isbotlangan;
integral balli baholashga asoslangan klinik-jarrohlik xavf omillari ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishini bashorat qilishda yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek aynan stomaga xos asoratlar xavfini alohida ajratish ishemik-texnik prediktorlarning ustun hissasi bilan belgilanuvchi patogenetik o‘ziga xoslikni ta’minlashi aniqlangan;
ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini prognoz qilish usuli jarrohlik davolashning barcha bosqichlarida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos omillarning umumiy ta’sirini integral baholashga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini baholashning prognostik modelini ishlab chiqish va klinik jihatdan asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi ilmiy natijalar amaliyotga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: mahalliy asoratlar rivojlanishini bashorat qilishda qon bilan ta’minlanishning buzilishi va yallig‘lanish reaksiyasining yaqqolligini aks ettiruvchi intraoperatsion hamda operatsiyadan keyingi erta davr omillari eng yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘lib, bunda stoma chetlaridagi ishemiyaning erta klinik belgilari va qon bilan ta’minlanishning buzilishiga oid intraoperatsion belgilar hal qiluvchi ta’sirga ega ekanligi aniqlandi - Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2026 yil 10 iyundagi 4-son bayonnoma) «Ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilishning klinik-xirurgik yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyalar, shuningdek Milliy tibbiyot markazi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 16 iyundagi 28-son buyruq) va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 26 iyundagi 20-T-son buyruq) xirurgiya bo‘limlarida tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi buyruqlar asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish ichak stomasining mahalliy asoratlarini erta tashxislash samaradorligini oshirish, stoma sohasida qon bilan ta’minlanish buzilishi va yallig‘lanish o‘zgarishlari belgilarini o‘z vaqtida aniqlash, operatsiyadan keyingi noqulay kechish xavfini baholashni obektivlashtirish, operatsiyadan keyingi monitoring sifatini yaxshilash, og‘ir stomal va peristomal asoratlar uchrash chastotasini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur yondashuvni qo‘llash ichak stomasining mahalliy asoratlariga shubha qilinganda qo‘shimcha instrumental, endoskopik va laborator tekshiruvlarga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Stomada ishemiya va qon bilan ta’minlanish buzilishi belgilarini erta aniqlash hisobiga stoma orqali proktografiya bilan birgalikda irrigografiya o‘tkazish zaruratini qisqartirishga erishildi. Proktografiya bilan birgalikda stoma orqali irrigografiyaning qiymati 237 000 so‘mni tashkil etadi (Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga muvofiq). 35 nafar bemorda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 237 000 so‘m × 35 bemor = 8 295 000 so‘m. Operatsiyadan keyingi taktikani o‘z vaqtida tuzatish takroriy davolash-endoskopik aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini berdi. Rektosigmoidoskopik operativ-davolash tekshiruvining qiymati 285 000 so‘mni tashkil etadi. 25 nafar bemorda qo‘shimcha aralashuv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 285 000 so‘m × 25 bemor = 7 125 000 so‘m. Yallig‘lanish va ishemiya belgilari erta aniqlanganligi takroriy laborator nazorat zaruratini kamaytirish imkonini berdi. Qonning umumiy tahlili qiymati 74 000 so‘mni, albuminni aniqlash qiymati - 39 000 so‘mni, qon olish qiymati - 14 000 so‘mni tashkil etadi. Laborator tekshiruvlar majmuasining umumiy qiymati 127 000 so‘mni tashkil etadi. 61 nafar bemorda bitta qo‘shimcha laborator tekshiruv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 127 000 so‘m × 61 bemor = 7 747 000 so‘m. Umumiy iqtisod qilingan mablag‘: 8 295 000 so‘m + 7 125 000 so‘m + 7 747 000 so‘m = 23 167 000 so‘m. Yillik iqtisod qilingan mablag‘: bemorlarning o‘rtacha yillik soni 100 nafar bo‘lganda 23 167 000 so‘m × (100 / 156) = 14 850 641 so‘m. Xulosa: ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishining intraoperatsion va operatsiyadan keyingi xavf omillarini erta aniqlashga qaratilgan ishlab chiqilgan yondashuvni qo‘llash tadqiqot davrida 23 167 000 so‘m (156 nafar bemor) mablag‘ni, yillik amaliyot miqyosida esa 14 850 641 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 11 880 513 so‘m byudjet mablag‘lari, 2 970 128 so‘m esa byudjetdan tashqari mablag‘larni tashkil etdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan oldingi klinik omillar (immunosupressiya, qandli diabet, gipoalbuminemiya, anemiya, tana vazni indeksi ekstremal qiymatlari) mahalliy asoratlarning mustaqil determinantlari hisoblanmaydi, balki xavfni modifikatsiya qiluvchi fonni shakllantirib, omillarning umumiy ta’sirini kuchaytirishi isbotlandi - Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2026 yil 10 iyundagi 4-son bayonnoma) «Ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilishning klinik-xirurgik yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyalar, shuningdek Milliy tibbiyot markazi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 16 iyundagi 28-son buyruq) va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 26 iyundagi 20-T-son buyruq) xirurgiya bo‘limlarida tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi buyruqlar asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish ichak stomasi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan oldingi klinik xavf omillarining ahamiyatini obektiv baholash, operatsiyadan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish, yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, xirurgik aralashuvgacha anemiya, gipoalbuminemiya va metabolik buzilishlarni tuzatish, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrash chastotasini kamaytirish hamda stomasi bo‘lgan bemorlarni xirurgik reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur yondashuvni qo‘llash operatsiyadan oldingi tayyorgarlik, operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash va takroriy gospitalizatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Anemiya va gipoalbuminemiyani o‘z vaqtida tuzatish hisobiga qo‘shimcha laborator tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga erishildi. Laborator tekshiruvlar majmuasining (qonning umumiy tahlili, qon olish va albuminni aniqlash) qiymati 127 000 so‘mni tashkil etadi (Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga muvofiq). 156 nafar bemorda bitta qo‘shimcha laborator tekshiruv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 127 000 so‘m × 156 bemor = 19 812 000 so‘m. Operatsiyadan oldingi tayyorgarlikni optimallashtirish qo‘shimcha davolashni talab qiluvchi mahalliy asoratlar uchrash chastotasini kamaytirish imkonini berdi. Bitta mahalliy asoratni davolashning o‘rtacha qiymati 850 000 so‘mni tashkil etadi (Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga muvofiq). 20 nafar bemorda qo‘shimcha davolash xarajatlarining oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 850 000 so‘m × 20 bemor = 17 000 000 so‘m. Asoratlar uchrash chastotasining kamayishi hisobiga statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 2 o‘rin-kunga qisqartirishga erishildi. Bir o‘rin-kunning qiymati 415 400 so‘mni tashkil etadi (Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga muvofiq). 30 nafar bemorda gospitalizatsiya muddatini qisqartirishga erishildi. Iqtisod qilingan mablag‘: 415 400 so‘m × 2 kun × 30 bemor = 24 924 000 so‘m. Umumiy iqtisod qilingan mablag‘: 19 812 000 so‘m + 17 000 000 so‘m + 24 924 000 so‘m = 61 736 000 so‘m. Yillik iqtisod qilingan mablag‘: bemorlarning o‘rtacha yillik soni 100 nafar bo‘lganda 61 736 000 so‘m × (100 / 156) = 39 574 359 so‘m. Xulosa: ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishining operatsiyadan oldingi klinik xavf omillarini baholashga differensial yondashuvni qo‘llash tadqiqot davrida 61 736 000 so‘m (156 nafar bemor) mablag‘ni, yillik amaliyot miqyosida esa 39 574 359 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 31 659 487 so‘m byudjet mablag‘lari, 7 914 872 so‘m esa byudjetdan tashqari mablag‘larni tashkil etdi;
uchinchi ilmiy yangilik: klinik-xirurgik xavf omillarining integral ballli bahosi ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishiga nisbatan yuqori prognostik ahamiyatga ega bo‘lib, stomal asoratlar xavfini alohida ajratish ishemik-texnik prediktorlarning ustun hissasi bilan belgilanadigan patogenetik o‘ziga xoslikni ta’minlashi aniqlandi - Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2026 yil 10 iyundagi 4-son bayonnoma) «Ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilishning klinik-xirurgik yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyalar, shuningdek Milliy tibbiyot markazi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 16 iyundagi 28-son buyruq) va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 26 iyundagi 20-T-son buyruq) xirurgiya bo‘limlarida tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi buyruqlar asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish klinik-xirurgik xavf omillarining integral ballli bahosi asosida ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishini bashorat qilishni obektivlashtirish, stomal asoratlar rivojlanishining yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni ajratish, profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, operatsiyadan keyingi kuzatuv sifatini yaxshilash, stomaning ishemik va texnik asoratlari uchrash chastotasini kamaytirish hamda bemorlarni xirurgik reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: xavfning integral ballli bahosini qo‘llash qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar, asoratlarni davolash va takroriy gospitalizatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Xavfni yanada aniqroq stratifikatsiya qilish hisobiga qo‘shimcha instrumental tekshiruvlarni o‘tkazish zaruratini qisqartirishga erishildi. Proktografiya bilan birgalikda stoma orqali irrigografiyaning qiymati 237 000 so‘mni tashkil etadi (Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga muvofiq). 50 nafar bemorda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 237 000 so‘m × 50 bemor = 11 850 000 so‘m. Xavfning integral shkalasidan foydalanish endoskopik aralashuvni talab qiluvchi mahalliy asoratlar uchrash chastotasini kamaytirish imkonini berdi. Rektosigmoidoskopik davolash tekshiruvining qiymati 285 000 so‘mni tashkil etadi. 40 nafar bemorda qo‘shimcha aralashuv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 285 000 so‘m × 40 bemor = 11 400 000 so‘m. Asoratlarni o‘z vaqtida profilaktika qilish hisobiga takroriy gospitalizatsiyalar uchrash chastotasini kamaytirishga erishildi. Bir o‘rin-kunning qiymati 415 400 so‘mni tashkil etadi. 35 nafar bemorda statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 3 kunga qisqartirildi. Iqtisod qilingan mablag‘: 415 400 so‘m × 3 kun × 35 bemor = 43 617 000 so‘m. Umumiy iqtisod qilingan mablag‘: 11 850 000 so‘m + 11 400 000 so‘m + 43 617 000 so‘m = 66 867 000 so‘m. Yillik iqtisod qilingan mablag‘: bemorlarning o‘rtacha yillik soni 100 nafar bo‘lganda 66 867 000 so‘m × (100 / 156) = 42 863 462 so‘m. Xulosa: ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishining klinik-xirurgik xavf omillarini integral ballli baholashni qo‘llash tadqiqot davrida 66 867 000 so‘m (156 nafar bemor) mablag‘ni, yillik amaliyot miqyosida esa 42 863 462 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 34 290 770 so‘m byudjet mablag‘lari, 8 572 692 so‘m esa byudjetdan tashqari mablag‘larni tashkil etdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xirurgik davolashning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos omillarning umumiy ta’sirini integral baholashga asoslangan ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilish usuli ishlab chiqildi - Milliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2026 yil 10 iyundagi 4-son bayonnoma) «Ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilishning klinik-xirurgik yondashuvlari» nomli uslubiy tavsiyalar, shuningdek Milliy tibbiyot markazi, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 16 iyundagi 28-son buyruq) va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2026 yil 26 iyundagi 20-T-son buyruq) xirurgiya bo‘limlarida tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi buyruqlar asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilishning obektiv usulini klinik amaliyotga joriy etish, bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha personallashtirilgan stratifikatsiya qilish, profilaktik hamda davolash-diagnostik tadbirlar hajmini o‘z vaqtida belgilash, og‘ir stomal asoratlar uchrash chastotasini kamaytirish, xirurgik davolash natijalarini yaxshilash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilish usulini qo‘llash asoratlarni davolash, takroriy gospitalizatsiya va rekonstruktiv-tiklovchi aralashuvlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Yuqori xavf guruhiga mansub bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash hisobiga takroriy xirurgik davolashni talab qiluvchi og‘ir mahalliy asoratlar rivojlanish chastotasini kamaytirishga erishildi. Bitta rekonstruktiv-tiklovchi operatsiyaning qiymati 3 500 000 so‘mni tashkil etadi (Milliy tibbiyot markazi preyskurantiga muvofiq). 12 nafar bemorda takroriy operativ aralashuv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 3 500 000 so‘m × 12 bemor = 42 000 000 so‘m. Prognostik modeldan foydalanish qo‘shimcha endoskopik tekshiruvlar va davolash manipulyasiyalarini bajarish zaruratini qisqartirish imkonini berdi. Rektosigmoidoskopik davolash tekshiruvining qiymati 285 000 so‘mni tashkil etadi. 60 nafar bemorda qo‘shimcha aralashuv o‘tkazishning oldi olindi. Iqtisod qilingan mablag‘: 285 000 so‘m × 60 bemor = 17 100 000 so‘m. Mahalliy asoratlarning profilaktikasi hisobiga statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 3 o‘rin-kunga qisqartirishga erishildi. Bir o‘rin-kunning qiymati 415 400 so‘mni tashkil etadi. 50 nafar bemorda gospitalizatsiya muddatini qisqartirishga erishildi. Iqtisod qilingan mablag‘: 415 400 so‘m × 3 kun × 50 bemor = 62 310 000 so‘m. Umumiy iqtisod qilingan mablag‘: 42 000 000 so‘m + 17 100 000 so‘m + 62 310 000 so‘m = 121 410 000 so‘m. Yillik iqtisod qilingan mablag‘: bemorlarning o‘rtacha yillik soni 100 nafar bo‘lganda 121 410 000 so‘m × (100 / 156) = 77 826 923 so‘m. Xulosa: ichak stomasining mahalliy asoratlari rivojlanishi xavfini bashorat qilish usulini qo‘llash tadqiqot davrida 121 410 000 so‘m (156 nafar bemor) mablag‘ni, yillik amaliyot miqyosida esa 77 826 923 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 62 261 538 so‘m byudjet mablag‘lari, 15 565 385 so‘m esa byudjetdan tashqari mablag‘larni tashkil etdi.