Abduxaliqova Nargiza O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Amfetamin guruhi moddalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far121.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01
Rasmiy opponentlar: Urmanova Flyura Faridovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amfetamin guruhiga kiruvchi mefedron va metamfetaminni biologik ob’ekt va biosuyuqliklardan ajratib olish va ularni tahlil qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mefedron va metamfetaminni kimyo-toksikologik nuqtai-nazardan YuQX, YuSSX, UB-SF va GX-MS usulida identifikatsiya qilish va miqdorini aniqlash uslublari ishlab chiqilgan hamda laboratoriya hayvonlari ichki a’zolari va biosuyuqliklardan ajratib olingan moddalar tahlilida qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
ilk bor laboratoriya hayvonlari qoni, peshobi, ichki a’zolaridan mefedron va metamfetaminni ajratib olish va olingan ajralmalarni tozalashning amaliy jihatdan asoslangan uslublari ishlab chiqilgan, mavjud uslub takomillashtirilgan;
mefedron va metamfetaminni organik erituvchilar yordamida suvli muhitdan ekstraksiyalanishi, bu jarayonga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, organik erituvchilar tabiati, eritmaning pH ko‘rsatkichi, ekstraksiya soni, elektrolitlarning ta’siri ilk bor aniqlangan va olingan natijalar asosida ushbu moddalarni biosuyuqliklardan ajratib olish uslubi ishlab chiqilgan;
mefedron va metamfetamin bilan o‘tkir zaharlanishlar sodir bo‘lgan holatlarda ularni sud-kimyo ekspertizasini o‘tkazish maqsadida tahlilga yuboriladigan ob’ekt namunalarini aniqlash uchun tekshirilayotgan moddalarni laboratoriya hayvonlari ichki a’zolarga tarqalishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amfetamin guruhi moddalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mefedronni biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil qilish» uslubiy tavsiyanoma Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan tasdiqlangan (№ 09/04/2025, №9) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ijobiy xulosa berilgan (17.07.2025 y., №22/02). Natijada, mefedron bilan zaharlanishlar holatlarini tahlil qilish imkonini bergan;
«Metamfetaminni biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil qilish» Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan tasdiqlangan (№ 09/04/2025, №9) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ijobiy xulosa (17.07.2025 y., № 22/02) berilgan. Natijada, metamfetamin bilan o‘tkir zaharlanishlar sodir bo‘lganda biologik ob’ekt va biologik suyuqliklarni sud-tibbiy ekspertiza nuqtai nazaridan tahlil qilish imkonini bergan.