Rashidova Nodira Qobiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Tabiiy xomashyodan lektin moddasini ajratib olish hamda uning asosida biologik faol qo‘shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far87.
Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: loviya (Phaseolus vulgaris L.) o‘simlik urug‘idan antibakterial va immun tizimini rag‘batlantiruvchi ta’siriga ega quruq ekstrakt olish va uning asosida kapsula shaklidagi BFQ texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo — loviya (Phaseolus vulgaris L.) dan lektinni ekstraksiya qilish uchun maqbul sharoitlar belgilangan, hamda quruq ekstrakt tarkibidagi oqsil miqdori Louri usulida va lektin faolligi gemagglyutinatsiya testi usulida aniqlangan;
loviya (Phaseolus vulgaris L.) asosida olingan quruq ekstrakt gel` fil`tratsiya usuli yordamida tozalangan hamda gel` elektroforez usulida molekulyar og‘irligi aniqlangan;
«Lektin» QE ning struktura-mexanik, farmakotexnologik xossalari va nam yutish kinetikasini aniqlash natijasida kapsula shaklidagi «Lektin» BFQ tarkibi tanlangan hamda texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan quruq ekstraktining bakteriostatik spesifik farmakologik faolligi solishtirma preparat «Lektin» standartidan kam emasligi va bezararligi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy xomashyodan lektin moddasini ajratib olish hamda uning asosida biologik faol qo‘shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Lektin» ekstrakti BFQ ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 28275514-025:2025) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zR SSV tomonidan ushbu BFQni ishlab chiqarish uchun ruxsat berilgan (1200519-son ruxsatnoma). Natijada, «Abduxoliq Pharm» MChJda kukun shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
kapsula shaklidagi «Lektin» BFQ ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 305992789-021:2024) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxonada import o‘rnini bosuvchi, mikroblarga qarshi va immunitetni rag‘batlantiruvchi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida Phaseolus vulgaris L. o‘simligidan ajratib olingan QE spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ajratib olingan QE antimikrob hamda immunstimullovchi ta’sirga ega ekanligini isbotlash imkonini bergan.