Eshboev Navro‘z Panji o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cug‘oriladigan erlarda er osti suvlari gidravlik rejimini baholashda GAT texnologiyalari va machine learning algoritmlari”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6590.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botirjon Dadajanovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri, g.m.f.d., professor (04.00.04).
Abdulxaev Zohidjon Erkinjonovich – Farg‘ona davlat texnika universiteti, Ta’lim sifati nazorati bo‘lim boshlig‘i,PhD, dotsent (05.09.07).
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan erlarda er osti suvlari gidravlik rejimini GAT texnologiyalari, Machine Learning va Deep Learning algoritmlarini qo‘llagan holda baholash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Er osti suvlari sathining ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillarni inobatga olib oqimning beqaror harakatining gidrodinamik modeli takomillashtirilgan;
Gidravlik va gidrologik ma’lumotlar hamda sun’iy intellekt algoritmlarini integratsiyalash asosida er osti suvlarining gidravlik rejimini baholash usuli ishlab chiqilgan;
LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmoqlari yordamida er osti suvlari dinamikasini bashoratlash modeli yaratilgan;
GAT texnologiyalari, Machine Learning va Deep Learning algoritmlarini integratsiyalash orqali er osti suvlari gidravlik rejimini tahlil qilishning kompleks usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan erlarda er osti suvlari gidravlik rejimini baholash va bashorat qilishda GAT texnologiyalari, Machine Learning va Deep Learning algoritmlarini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
er osti suvlari sathi dinamikasini fazoviy tahlil qilish, gidrometeorologik va gidrogeologik ma’lumotlarni integratsiyalash hamda vizualizatsiya qilish imkonini beruvchi “Groundwater Information Management System” monitoring tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 03-03/1-3724-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlari sathining ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishlarini monitoring qilish hamda gidromeliorativ holatni tezkor baholash imkoni yaratilgan;
LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmog‘i asosida ishlab chiqilgan er osti suvlari sathini bashorat qilish modeli Surxondaryo viloyati sug‘oriladigan hududlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 03-03/1-3724-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlari sathi dinamikasini bashorat qilish aniqligi 92 foizni tashkil etib, zarur meliorativ tadbirlarni oldindan rejalashtirish imkoni yaratilgan;
GAT texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan onlayn platforma Surxondaryo viloyati Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, “O‘zbekgidrogeologiya” DUK, “Chiroy Muzrabod” XK hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hududiy boshqarmalari faoliyatiga joriy qilingan. Natijada, er osti suvlari sathini monitoring qilish, gidromeliorativ jarayonlarni operativ baholash va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish