Shukurov Dilmurod Xursanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tandem quyosh elementlari uchun yangi avlod organik yarimo‘tkazgich pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/T1116.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.31/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Vapoev Xusnitdin Mirzaevich. texnika fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich. texnika fanlari doktori, professor; Fayziev Jaxongir Baxromovich. texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh nurlariga sezgir bo‘yoqlardan tandem asosidagi quyosh elementlarini olish uchun yuqori fotosensibilizatsiya koeffisientiga ega, yangi, samarali organik yarimo‘tkazgich sezgir bo‘yoq materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anilin, ftal angidrid, karbamid, grafen va grafen oksidi hamda ba’zi 3d metall tuzlari asosida yarimo‘tkazgich pigment materiallar sintez qilingan;
anilin, ftal angidrid, karbamid, grafen va grafen oksidi hamda ba’zi 3d metall tuzlari asosida yarimo‘tkazgich SiPc, FePc, CoPc, NiPc, LaPc, MnPc, PANI va GO markali pigmentlar olishning maqbul sharoitlari tanlangan; 
sintez qilingan yangi CrPc, MnPc, NiPc, LaPc, FePc, CoPc markali pigmentlarning yorug‘lik va quyosh nuri ostida individual ravishda 15 kun davomida kuchlanish (mV) va tok kuchi (mA) hosil qilish sig‘imlari hisoblab chiqilgan; 
Keithley (Model 4200-C) da hosil qilgan volt-amper tahlili asosida yarimo‘tkazgich pigmentlarning tok kuchi va kuchlanish qiymatlari LaPc < CrPc < MnPc < NiPc < FePc < CoPc qatorida ortib borishi aniqlangan;
zichlik funksional nazariyasi (DFT) asosida sintiz qilingan pigmentlarning elektron transport, optik faollik va kimyoviy reaktivlik xususiyatlari nuqtai nazardan p-tipga kiruvchi yarimo‘tkazgich materiallar ekanligi isbotlangan;
olingan yarimo‘tkazgich pigmentlar asosida ishlaydigan tandem quyosh elementlari tomonidan olingan kuchlanish va tok kuchi qiymatlari, bo‘yoq-sezgir quyosh elementlari tomonidan olingan kuchlanish va tok kuchi qiymatlariga nisbatan 20% ga yaxshilanganligi baholangan;
yarimo‘tkazgich pigmentlar asosida olingan tandem quyosh elementlari tomonidan o‘lchangan solishtirma elektr qarshilik (om*sm) qiymatlari maxsus shaffof shisha taglik substrat In2O3*SnO2 < Sitall < oddiy shisha taglik < Kremniy (Si) qatorida oshib borishi isbotlangan;
kvant-kimyoviy tahlillar asosida metall ftalosianin komplekslarining yarimo‘tkazuvchanlik xossalari LaPc < CrPc < MnPc < NiPc < FePc < CoPc qatorida yuqoriligi aniqlangan;
ftalosianin, anilin va grafen oksidi asosida termik barqaror yuqori assimiliyasiya koeffisientiga ega yarimo‘tkazgich organik pigment materillar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tandem quyosh elementlari uchun organik yarimo‘tkazgich pigment materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
MeRs, PANI cha GO markali pigmentlar suv tizimlarida samarali korroziya ingibitori sifatida Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2027–2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2026 yil 8 maydagi OP25/ED-2601-son ma’lumotnomasi). Natijada, MePc, PANI va GO markali antikorrozion bo‘yoq pigment qoplamalari metall namunalarini himoyalash darajasini oshirish va metall korroziya tezligini 97 % gacha kamaytirish imkonini beradi;
grafen oksidi, anilin va 3d-metallar saqlagan organik yarimo‘tkazgich ftalosianin bo‘yoq pigmentlar olish texnologiyasi Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2027–2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2026 yil 8 maydagi OP25/ED-2601-son ma’lumotnomasi). Natijada, grafen oksidi, anilin va tarkibida ba’zi 3d-metallar saqlagan organik yarimo‘tkazgich ftalosianin bo‘yoq pigmentlar olish texnologiyasi Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi metall konstruksiyalar va suv aulanma sistemalarini karroziyadan himoya qilish uchun samarali pigmentlar olish imkonini beradi; 
3d-metall tuzlari saqlagan ftalosianin, anilin va grafen oksidi asosida sintez qilingan organik pigmentlar “Nasr Snack” MChJ xorijiy korxonasida polimer salofan paketlarga rang berishda lok-bo‘yoq sifatida amaliyotga joriy qilingan. (Nasr Snack MChJ O‘zbekiston–Tojikiston xorijiy korxonasining 2026-yil 5-maydagi 73-son ma’lumotnomasi). Natijada 3d-metall tuzlari saqlagan ftalosianin pigmentlari, anilin va grafen oksidi asosida PF-115 markali emalning yorqin rangli namunalarini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish