G‘oyibnazarov Iso Shakarovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sovet hokimiyatining soliq siyosati va uning oqibatlari (1917-1945 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar267
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Oblomurodov Naim Xalimovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Mo‘minov Nozim Gafforovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan soliq siyosati va uning oqibatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida olib borilgan iqtisodiy siyosat va o‘lkadagi ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi, moliya sohasining manbayi bo‘lgan soliqlarni tizimli tartibga solinishiga ta’sir qilganligi, natijada aholidan undiriladigan yangi soliqlar joriy qilinganligi, soliqlarni undirishda markaziy boshqaruv siyosati bo‘lganligi aniqlangan;
XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan jamoalashtirish jarayonining soliq siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi oqibatida tovar aylanmasidan olinadigan soliq, foydadan ajratmalar, daromad va aholidan undiriladigan soliqlarning doimiy ravishda o‘zgarib turganligi, ayrim hollarda ularning miqdori oshirilishi davlatning asosiy moliyaviy daromad manbayiga aylanganligi isbotlangan;
XX asr 30-40-yillarida soliqlar va boshqa majburiy yig‘imlarni yig‘ib olishda asosiy daromad turlaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligi solig‘i hududiy jihatdan erning unumdorligi, bozorlarga yaqinligi nuqtayi nazardan o‘zaro farqlanganligi, sohalarga ixtisoslashtirilganligi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida soliq miqdori yuqori bo‘lganligi dalillangan;
soliq sohasida kadrlar masalasi doimiy ravishda muammo bo‘lganligi, bilimli va malakali xodimlarning etishmaganligi, sohadagi kadrlarning (jumladan rahbar xodimlarning) tezkor almashinuvi, kadrlarning katta qismi markazdan yuborilganligi, ularning qo‘nimsizligi hamda tajribasizligi soliq tizimida tub o‘zgarishlar bo‘lishiga salbiy ta’sir qilgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekistonda soliq tizimi va uning oqibatlariga oid ilmiy tadqiqotlar asosida:
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida o‘lkada ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va soliq tizimining ahvoli, “Harbiy kommunizm” va “Yangi iqtisodiy siyosat” davrida soliqlar masalasi hamda Er-suv islohoti va jamoalashtirish yillarida O‘zbekistonda soliq tizimidagi o‘zgarishlarga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 14-avgust 418-sonli buyrug‘i asosidagi 418-026-sonli guvohnomasiga muvofiq nashr etishga taqdim etilgan “O‘zbekiston tarixi” darsligida manba sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 20 martdagi 02/01-08-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘rganish orqali talabalarda mazkur sohadagi kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga erishilib, “60111100 - Tarix ta’lim yo‘nalishi”ning malaka talabi mazmunini oshirishga xizmat qilgan;
XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan jamoalashtirish jarayonining soliq siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi oqibatida aylanmadan olinadigan soliq, foydadan ajratmalar, daromad va aholidan undiriladigan soliqlarning doimiy ravishda o‘zgarib turganligi, ayrim hollarda ularning miqdori oshirilishi davlatning asosiy moliyaviy daromad manbayiga aylangani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining senariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 31-yanvardagi 06-31-202 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarning mavzu doirasidagi bilimlarning kengayishiga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda sovet hokimiyatining soliq sohasidagi ijtimoiy–iqtisodiy tartiblari va markazning monopoliya siyosati, soliqlarning sovet tuzumi tartiblariga moslashtirilishi, soliq sohasidagi ziddiyatlar va ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda soliq tizimining urush manfaatariga bo‘ysundirilishi masalalariga oid ma’lumotlardan Toshkent soliq texnikumi “Maxsus fanlar” kafedrasi tomonidan o‘qitiladigan “Soliq nazariyasi va tarixi” o‘quv fanida tarixiy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 14-maydagi 05.№01-45954-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Soliq nazariyasi va tarixi” o‘quv fani doirasida o‘quvchilarda sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va oqibatlari haqida keng ko‘lamli ma’lumotlarga ega bo‘lishga erishilgan.
Tadqiqotda aks etgan sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan soliq siyosati va uning oqibatlari, jumladan, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va soliq tizimidagi muammolar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining senariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 31-yanvardagi 06-31-202 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi hamda ijtimoiy-ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati oshishiga xizmat qilgan.