Ro‘zieva Muhsina Sodiq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda GR texnologiyalarning rivoji: muammolari va istiqbollari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5890.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nargis Sunnatovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.03/2025.27.12 Fil.03.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Nozima Faxritdinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Alimova Gulnoza Baxshilloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlari, biznes strukturalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan davlat boshqaruv organlari o‘rtasidagi hamkorlikni nazariy va amaliy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
GR (Government Relations) texnologiyalarining nazariy-metodologik asoslari strategik kommunikatsiya, public affairs va stakeholder management konsepsiyalari,biznes manfaatlariga yo‘naltirilgan ommaviy kommunikatsiya strategiyalari tizimlashtirilib, davlat boshqaruv organlari, biznes subektlari hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari o‘rtasidagi institutsional kommunikatsiya modeli asoslangan;
hukumat bilan aloqalarni amalga oshirishda normativ-huquqiy tartibga solish, axborot oqimlarini strategik boshqarish, reputatsion menejment hamda media relations mexanizmlarining institutsional va funksional integratsiyasi isbotlangan;
GR texnologiyalarining funksional xususiyatlari aniqlashtirilib, ularning siyosiy-kommunikativ qarorlar qabul qilish, qonunchilik tashabbuslarini muhokama qilish jarayonlarida lobbying, advocacy va issue management mexanizmlariga ta’siri dalillangan;
GR texnologiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida sun’iy intellekt, big data analytics, media monitoring va digital advocacy vositalaridan foydalanishning konseptual modeli ishlab chiqilib, respublika telekanallarining davlat siyosati, islohotlar mazmuni, huquqiylashtirish jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni yoritish bo‘yicha monitoringini amalga oshirish mexanizmlari joriy etilib, uning strategik boshqaruv tizimidagi ahamiyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda GR texnologiyalarning rivoji: muammolari va istiqbollari tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, biznes subektlarining fikr va takliflarini qonun ijodkorligi jarayonlariga tizimli tarzda kiritish mexanizmini takomillashtirish, raqamli kommunikatsiya vositalari orqali GR faoliyatini rivojlantirish, hududiy boshqarmalar orqali mahalliy darajadagi davlat organlari bilan doimiy muloqot mexanizmlarini kuchaytirish, biznes manfaatlarini ifodalovchi ommaviy kommunikatsiya strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 29-apreldagi 01-06-30-4126-son ma'lumotnomasi). Natijada, tadbirkorlik subektlarining taklif va tashabbuslarini qonun ijodkorligi jarayonlariga kiritish mexanizmlari takomillashdi, raqamli kommunikatsiya vositalari orqali axborot almashinuvi tezkor va shaffof tus oldi hamda hududiy darajada davlat organlari bilan doimiy aloqalar mustahkamlangan.
axborot oqimlarini strategik boshqarish, manfaatdor tomonlar bilan doimiy kommunikatsiyani ta’minlash va dalillarga asoslangan faoliyatni olib borish orqali ekologik masalalarning siyosiy kun tartibiga kiritilishi masalasidagi xulosalardan “Ekolog” jamoat birlashmasi faoliyatida foydalanilgan (“Ekolog” jamoat birlashmasining 2025-yil 14-avgustdagi 01-60-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ekolog” jamoat birlashmasining davlat organlari bilan institutsional hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, tashkilot tomonidan ilgari surilayotgan takliflar qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida inobatga olina boshlangan;
ijtimoiy buyurtmalar, davlat grantlari va tenderlar, loyihalarda ishtirok etishda raqamli mediadan to‘g‘ri foydalanish; qonunchilik tashabbuslarini muhokama qilishda, jamoatchilik eshituvida qatnashib, tahliliy takliflar berish; hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda turli ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish hukumat bilan aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar bo‘yicha xulosalardan Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “Qalb nuri” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatida foydalanilgan (“Qalb nuri” nodavlat notijorat tashkilotining 2025-yil 13-sentyabrdagi 01/78-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat idoralari bilan hamkorlik munosabatlari mustahkamlandi, GR strategiyalari takomillashtirildi hamda ijtimoiy loyihalarni davlat dasturlari bilan integratsiya qilishga erishilgan;
respublika telekanallarining davlat siyosati, islohotlar mazmuni, huquqiylashtirish jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni yoritish bo‘yicha monitoringini amalga oshirish bo‘yicha xulosalardan “Mening yurtim” telekanalining iqtisodiy ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 0303.14-161-son ma’lumotnomasi). Natijada “Mening yurtim” telekanalining 2025-yil ko‘rsatuvlarida GR texnologiyalariga asoslangan kommunikatsion yondashuvning samaradorligi oshib, davlat organlari, biznes subektlari hamda jamoatchilik o‘rtasidagi axborot almashinuvi yanada tizimli amalga oshirilishiga xizmat qilgan.