Qosimova Feruza Xursanali qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-ingliz tibbiy terminlarining semantik, sintagmatik va pragmatik tadqiqi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fil821.
Ilmiy maslahatchi: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirova Muqaddas To‘g‘aevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi tibbiy terminlarning semantik, sintagmatik va pragmatik xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma asosda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillariga mansub tibbiy terminlar “tirik organizm”, “odam tana a’zolari”, “holat”, “jarayon”, “o‘rin-joy”, “tarmoq”, “vosita” kabi etti asosiy guruhga ajratilib, har bir guruhning arxisemik hamda differensial-semantik belgilari xalqaro tasnif materiallari hamda soha ilmiy manbalari orqali ko‘rsatilib, tibbiy terminlarning semantik tuzilishi va guruhlanish qonuniyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi tibbiy terminlarning umumadabiy til va boshqa terminologik tizimlarda qo‘llanishiga xos semantik transformatsiya xususiyatlari aniqlanib, ularning determinlashish, transterminlashish va reterminlashish jarayonlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan hamda mazkur jarayonlarning termin ma’nosi va qo‘llanish doirasidagi o‘zgarishlarni yuzaga keltirishdagi o‘rni isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi mikrob/microbe, bemor/patient, qorin/abdomen kabi tibbiy terminlarning nutqiy jarayondagi voqelanishi, ularning sintagmatik xususiyatlari aniqlanib, mazkur birliklarning agens, patsiens, makon, vosita, sabab kabi semantik funksiyalarda namoyon bo‘lishi asoslab berilgan;
tibbiy terminlarning nominativ vazifasidan tashqari, xabar beruvchi, tezkor buyruq va ko‘rsatma beruvchi hamda majburiyatni aniqlashtiruvchi kommunikativ vosita ekanligi o‘zbek va ingliz tillaridagi assertiv, direktiv, komissiv nutq aktlari orqali dalillangan;
o‘zbek va ingliz tibbiy diskursida yuzaga keladigan presuppozisiya va skalyar implikatura hodisalari chog‘ishtirilayotgan tillardagi tibbiy terminlar hamda mazkur xalqlarning urf-odatlari, milliy-madaniy farqlari orqali ko‘rsatilib, bu nazariyaning amaliy jihatdan tibbiy diskursda andisha, ehtiyotkorlik va bemor yaqinlarini xavotirga qo‘ymaslik kabi muloqot me’yorlari orqali voqelanishi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi tibbiy terminlarning semantik, sintagmatik va pragmatik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan qiyosiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tillariga mansub tibbiy terminlar “tirik organizm”, “odam tana a’zolari”, “holat”, “jarayon”, “o‘rin-joy”, “tarmoq”, “vosita” kabi etti asosiy guruhga ajratilib, har bir guruhning arxisemik hamda differensial-semantik belgilari xalqaro tasnif materiallari hamda soha ilmiy manbalari orqali ko‘rsatilib, tibbiy terminlarning semantik tuzilishi va guruhlanish qonuniyatlari ochib berilgan ilmiy natijalardan 2023-2024-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 1/04-220-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan tavsiyalar terminologik birliklarning semantik tuzilishini aniqlash, ularni mavzuiy guruhlarga ajratish, izohlarini aniqlashtirish hamda ko‘p tilli terminologik birliklarni tavsiflashga doir dalillarni boyitishda, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda mazkur terminologik tasnif tamoyillari metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi tibbiy terminlarning umumadabiy til va boshqa terminologik tizimlarda qo‘llanishiga xos semantik transformatsiya xususiyatlari aniqlanib, ularning determinlashish, transterminlashish va reterminlashish jarayonlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan hamda mazkur jarayonlarning termin ma’nosi va qo‘llanish doirasidagi o‘zgarishlarni yuzaga keltirishdagi o‘rni isbotlangani haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida amalga oshirilgan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda hamda ilmiy-amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2026-yil 11-apreldagi 04/3755-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ilmiy matnlarni lingvistik jihatdan tahlil qilish sifati oshirilgan, terminologik birliklarning izchil qo‘llanishi ta’minlangan hamda tarjima jarayonida ularning aniq ifodalanishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi mikrob/microbe, bemor/patient, qorin/abdomen kabi tibbiy terminlarning nutqiy jarayondagi voqelanishi, ularning sintagmatik xususiyatlari aniqlanib, mazkur birliklarning agens, patsiens, makon, vosita, sabab kabi semantik funksiyalarda namoyon bo‘lishi asoslab berilgan ilmiy natija va xulosalaridan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081773-raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 1/04-221-son ma’lumotnomasi). Natijada terminologik birliklarning semantik va sintagmatik xususiyatlarini aniqlash, ularni izohlashga doir ilmiy asoslarni boyitish hamda “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda birliklarning mazmunini aniq tavsiflash imkoniyati kengaygan;
tibbiy terminlarning nominativ vazifasidan tashqari, xabar beruvchi, tezkor buyruq va ko‘rsatma beruvchi hamda majburiyatni aniqlashtiruvchi kommunikativ vosita ekanligi o‘zbek va ingliz tillaridagi assertiv, direktiv, komissiv nutq aktlari orqali dalillangangani haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2023-2024-yillarda bajarilgan №AL-7823051378-R1 “Makrofag proliferatsiyasini boshqarish orqali bir qator kasalliklarni immunoterapevtik davolash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat tibbiyot institutining 2026-yil 16-martdagi 01/06-1717-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bemorlarni davolash jarayonida tibbiy terminlardan aniq va maqsadga muvofiq foydalanishga doir dalillar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tibbiy diskursida yuzaga keladigan presuppozisiya va skalyar implikatura hodisalari chog‘ishtirilayotgan tillardagi tibbiy terminlar hamda mazkur xalqlarning urf-odatlari, milliy-madaniy farqlari orqali ko‘rsatilib, bu nazariyaning amaliy jihatdan tibbiy diskursda andisha, ehtiyotkorlik va bemor yaqinlarini xavotirga qo‘ymaslik kabi muloqot me’yorlari orqali voqelanishi asoslangan ilmiy natija va xulosalaridan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-dekabrdagi 26-36-1058-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning tibbiy mazmundagi axborotni to‘g‘ri talqin qilishiga va yashirin ma’nolarni aniqroq anglashiga xizmat qilgan.