Muxamadiev Abduqodir Nuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muvozanatdagi faza xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K90.
Ilmiy rahbar: Xalilov Qadritdin Faxritdinovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Aminov Zoyir Aminovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muvozanatdagi faza xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslarini engil uchuvchan birikmalarning sun’iy aralashmalari va o‘simliklardan ajratilgan efir moylari tarkibi yordamida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz xromatografiyasi usulida muvozanatdagi modda bug‘ fazasi bosimi va sorbatlarning berilgan turg‘un fazada ushlanish hajmlari aniqlangan;
17 ta terpenlar uchun Antuana tenglamasi koeffisientlarining qiymatlari topilgan va ulardan muvozanatdagi faza xarakteristikalari aniqlangan;
muvozanatdagi faza komponentlari termodinamik funksiyalari sorbatning berilgan turg‘un fazada erish issiqligi va entropiya o‘zgarishi aniqlangan;
efir moyli o‘simliklardan efir moylarini termik va ul`tratovushli qizdirish usullarini qo‘llab, ajratish sharoitlari maqbullashtirilgan, ularning tarkibi gazoxromato – mass-cpektrometriya usulida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muvozanatdagi faza xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atirgul gidrolati olish uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts 25186135-02:2018, N 164/00992/25.05.2018). Natijada atirgul efir moylaridan parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Pimpinella Anisum L. (Arpabodiyon) o‘simligidan ajratib olingan efir moyidan hojatxona suvini olish” texnologiyasi “Dina Parfum” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Dina Parfum” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasining 2018 yil 14 dekabrdagi V-44-01-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyo (Arpabodiyon) asosida parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini bergan.