Safarova Nasiba Gulmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari faoliyatida islom moliyasini joriy etish istiqbollari”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt1408.
Ilmiy rahbar: Xalikov Ulug‘bek Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Ma’suda Baxtiyorovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida islom moliyasi xizmatlarini joriy qilish va ularni rivojlantirishga oid ilmiy takliflar hamda amaliy taviyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida islom moliyasi xizmatlarini joriy etishda xalqaro moliyaviy institutlar (ICD, IsDB, ITFC) bilan hamkorlik qilishi orqali moliyaviy inklyuzivlikni 15 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
tijorat banklarida islom moliyasiga xos aktivga bog‘langan moliyalashtirish instrumenti (asset-backed financing) tamoyillarini qo‘llash orqali bank aktivlari sifati va portfel barqarorligini 25 foizga oshirish imkoniyatlari mavjudligi ilmiy asoslangan;
islom moliyasi xizmatlarini tijorat banklarida joriy etishda xalqaro reytinglarda (Moody’s, Fitch, S&P) ega moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilishda kamida “A2”, “A+”, “A-” reyting pozisiyasiga ega bo‘lish chegaraviy mezonini kiritish taklif qilingan;
tijorat banklarida islomiy moliyani joriy etish ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistonda moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlashning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida islom moliyasini joriy etish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tijorat banklarida islom moliyasi xizmatlarini joriy etishda xalqaro moliyaviy institutlar (ICD, IsDB, ITFC) bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali moliyaviy inklyuzivlikni 15 foizga oshirishga doir taklifdan 2025-2026-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan islom moliyasi tamoyillari asosida moliyalashtirish infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan tahliliy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2026-yil 2-apreldagi 19/03-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank faoliyatida moliyaviy inklyuzivlik darajasi 15,6 foizga oshirilgan;
tijorat banklarida islom moliyasiga xos aktivga bog‘langan moliyalashtirish instrumenti (asset-backed financing) tamoyillarini qo‘llash orqali bank aktivlari sifati va portfel barqarorligini 25 foizga oshirishga oid ilmiy taklifdan 2025-2026- yillarda “Turonbank” ATBning islomiy moliya tamoyillari asosida moliyalashtirish infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan tahliliy hujjatlar ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2026-yil 2-apreldagi 19/03-106-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu instrument tamoyillarini qo‘llash orqali bank aktivlari sifati va portfel barqarorligi darajasi 25,6 foizga oshirilgan;
islom moliyasi xizmatlarini tijorat banklarida joriy etishda xalqaro reyting agentliklari (Moody’s, Fitch, S&P) tomonidan kamida “A2”, “A+” yoki “A−” kredit reytingi berilgan xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mezonini qo‘llash bo‘yicha taklif 2025-yil 6-martda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) va “Turonbank” ATB o‘rtasida imzolangan “Islomiy moliyalashtirish liniyasi ajratish to‘g‘risida”gi kelishuvni amalga oshirishga doir yondashuvlarda inobatga olingan (“Turonbank” ATBning 2026-yil 2-apreldagi 19/03-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat bankining institutsional barqarorligi mustahkamlanib, xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuv darajasi oshirilgan;
tijorat banklarida islom moliyasini joriy etish ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistonda moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlashning 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Turonbank” ATB tomonidan islom moliyasi tamoyillari asosida moliyalashtirish infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan tahliliy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turonbank” ATBning 2026-yil 2-apreldagi 19/03-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat banklarida islom moliyasi xizmatlarini rivojlantirishning o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.