Navro‘zova Farog‘atxon Abduhamid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “aholi bandligini ta’minlashda fiskal siyosat instrumentlaridan foydalanish” 
08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt508
Ilmiy rahbar: Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc. 03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank - Moliya akademiyasi
II. Tadqiqotning maqsadi aholi bandligini ta’minlashda soliqlarning tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tarkibiga vositachilik, rieltorlik, sut mahsulotlarini qayta ishlash, kulolchilik kabi qo‘shimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini kiritish taklif etilgan; 
yakka taribdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq summasining miqdori yiliga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan bir baravarigacha miqdorga kamaytirish taklif etilgan;
imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanishi tavsiya etilgan; 
jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha fiskal belgilik onlayn nazorat-kassa mashina cheklarini soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlashda soliqlarning tartibga solish rolini oshirish istiqbollari mavzusidagi tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar amaliyotga joriy qilingan. Jumladan:
-    o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga qo‘shimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini kiritish yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi «Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-366-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Soliq qo‘mitasining 2023 yil 19 iyul`dagi 15-75056-sonli Dalolatnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilish mamlakatimizda aholining norasmiy band qismidan 2024 yilda 1 720 423 kishini o‘zini o‘zi band qilish tizimiga o‘tkazilishni ta’minlashga xizmat qilgan;
-    yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan har yilgi ijtimoiy soliq miqdorini pasaytirish amaliyotini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasining uchinchi qismida o‘z aksini topgan va  amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2023 yil 19 iyul`dagi 15-75056-sonli Dalolatnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi 2024-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni ishga jalb etish darajasini 2023-yilga nisbatan 3,5 foizga oshirishni ta’minlagan;
-    imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanishi yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-39-sonli Qarorida tasdiqlanib, o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi   Soliq qo‘mitasining 2023 yil 19 iyul`dagi 15-75056-sonli Dalolatnoma). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda Mikrokreditbank tomonidan jami 6 513 nafar fuqaroga 84,6 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratildi. 2025-yilning 1-yarmida Trastbank tomonidan 3 nafar jami 6,2 mlrd. so‘m miqdorda kredit ajratilib, aholining o‘zini o‘zi band qilishiga doir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi rag‘batlantirildi.
Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha fiskal belgilik onlayn nazorat-kassa mashina cheklarini soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish yuzasidan berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni 1-ilovasi 6-bandida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etilgan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida keshbek qaytarishga sarflangan byudjet mablag‘lari tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish