Kushieva Nodira Habibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarga ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuv xususiyatlari», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped796.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.30.08.2017.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarga ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuv xususiyatlarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishda nutqni egallash, muloqot qilish, fikrini mantiqan ifodalay olish kabi qiyinchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan metodikasining nazariy jihatlari klasterli yondashuvlar (mutaxassislikka mos va kasbga yo‘naltirilganlik) asosida takomillashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini o‘qitishning 5 bosqichdan iborat (General English; Introduction to the agrarian sphere; Communicating in agroindustrial sphere; Developing agricultural outlook; Integration of education and production) differensiasion moduli taklif qilingan;
talabalar nutq faoliyati turlarini rivojlantiruvchi metodik ta’minotning muloqotga asoslanuvchi, rolli va proektli ta’lim texnologiyalari qishloq xo‘jalik mutaxassislari, ingliz tili o‘qituvchisi va talabaning hamkorlik integrasiyasini shakllantirish orqali takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishi talabalarini ingliz tiliga o‘qitishda ESP (English for specific purposes) va klasterli yondashuvlarning o‘xshash (ilmiy-nazariy ma’lumotlar), qisman o‘xshash (General English) va butunlay farq qilish (kasbga yo‘naltirilganlik va mutaxassislikka mosligi) xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalarga ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuv xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
klasterli yondashuv (kasbga yo‘naltirilganlik va mutaxassislikka mos) asosida qishloq xo‘jaligi sohasidagi aniqlangan ingliz tilini o‘qitishning nutqni egallash, muloqot qilish, fikrini mantiqan ifodalay olish kabi qiyinchiliklaridan Jahon Bankining Akademik Innovasiyalar fondi granti asosida AIF-2/1 raqamli “Cluster approach in developing integration of higher education and production: organizing “Educational-scientific complex” in the integrated system of rroduction and Gulistan State University” mavzusidagi loyiha rejasi bo‘yicha oliy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi asosida mutaxassislar tayyorlash mexanizmini takomillashtirish rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-04-1718-son ma’lumotnomasi). Natijada, OTM va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi innovasion “O‘quv-ilmiy kompleks” yaratishda nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga xorijiy tillarni mutaxassislikka mos holda o‘qitishning strategik rejasini takomillashtirish imkonini bergan;
5 bosqich (General English, Introduction to the agrarian sphere, Communicating in agroindustrial sphere, Developing agricultural outlook, Integration of education and production) asosida taklif qilingan talabalarga ingliz tilini o‘qitishning differensiasion modulidan Britaniya kengashining EnSPIRe-U loyihasi asosida o‘tkazilgan “From Curriculum Development to Classroom Teaching” xalqaro ilmiy-amaliy seminar kun tartibi masalalarini muhokama qilish asosida xulosalar qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-04-1717-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassislikka mos holda ingliz tilini klasterli yondashuvlar asosida modulli o‘qitish bo‘yicha “From Curriculum Development to Classroom Teaching” treninglarida o‘quv materiali bo‘lib xizmat qilgan;
muloqotga asoslanuvchi, rolli va loyihali ta’lim texnologiyalari integrasiyasi orqali takomillashtirilgan talabalar nutq faoliyati turlarini rivojlantiruvchi metodik ta’minotidan UzTESPING, ya’ni “Uzbekistan teachers of English for specific purposes integrated networking group” mavzusida amalga oshirilgan loyiha bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda ingliz tilini o‘qitish mashq tizimlari metodologiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-04-1716-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishning metodologik asoslarini yaratish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi ta’limi yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishda (English for specific purposes) klasterli yondashuvlarning aniqlangan o‘xshash (ilmiy-nazariy ma’lumotlar), qisman o‘xshash (General English) va butunlay farq qilish (kasbga yo‘naltirilganlik va mutaxassislikka mosligi) xususiyatlaridan Britaniya kengashining EnSPIRe-U loyihasi asosida amalga oshirilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-04-1717-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishning ESP (English for specific purposes) dasturi klasterli yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.