Gulamova Irodaxon Ahror qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sun’iy intellekt asosida oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10307.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jabborov Ulug‘bek Abdurahmonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sun’iy intellekt texnologiyalari asosida oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga ingliz tilini sun’iy intellekt asosida o‘qitishni takomillashtirishning lingvodidaktik asoslari kommunikativ yondashuv, raqamli pedagogika va talabaning individual til tajribasini hisobga olish orqali pragmatik va diskursiv kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq rivojlantirish imkoniyatlarini belgilash asosida nutqiy kompetensiyani mazmuniy-metodik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida nutqiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sun’iy intellektga asoslangan o‘qitish mazmuni chatbot, speech recognition (nutqni avtomatik tanish), AI feedback (sun’iy intellekt asosida tezkor qayta aloqa) va prompt engineering vositalarini til materiali, nutqiy vaziyat, muloqot maqsadi hamda talabaning til darajasiga mos tanlash orqali takomillashtirilgan;
ingliz tilini sun’iy intellekt asosida o‘qitishning didaktik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik, faoliyatli va natijaviy bloklarni kommunikativ vaziyat yaratish, til birliklarini kontekstda qo‘llash, AI bilan interaktiv muloqotni tashkil etish va refleksiv baholash jarayonlari bilan uzviy bog‘lash asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining monologik va dialogik nutqini rivojlantirish samaradorligi sun’iy intellekt chatbotlari, prompt engineering, ijodiy nutqiy topshiriqlar va refleksiv baholash orqali grammatik aniqlik, lug‘aviy boylik, talaffuz-intonatsiya, ravonlik, mantiqiy izchillik va interaktiv muloqot ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga ingliz tilini sun’iy intellektdan foydalanish orqali o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga ingliz tilini sun’iy intellekt asosida o‘qitishni takomillashtirishning lingvodidaktik asoslari kommunikativ yondashuv, raqamli pedagogika va talabaning individual til tajribasini hisobga olish orqali pragmatik va diskursiv kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq rivojlantirish imkoniyatlarini belgilash asosida nutqiy kompetensiyani mazmuniy-metodik xususiyatlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Teaching Integrated Skills through Artificial Intelligence” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 28-apreldagi 11-050-2476/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishga doir nazariy bilimlari boyitilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida nutqiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sun’iy intellektga asoslangan o‘qitish mazmuni chatbot, speech recognition (nutqni avtomatik tanish), AI feedback (sun’iy intellekt asosida tezkor qayta aloqa) va prompt engineering vositalarini til materiali, nutqiy vaziyat, muloqot maqsadi hamda talabaning til darajasiga mos tanlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Teaching Integrated Skills through Artificial Intelligence” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 28-apreldagi 11-050-2476/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasi, raqamli kompetensiyasi hamda ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
ingliz tilini sun’iy intellekt asosida o‘qitishning didaktik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik, faoliyatli va natijaviy bloklarni kommunikativ vaziyat yaratish, til birliklarini kontekstda qo‘llash, AI bilan interaktiv muloqotni tashkil etish va refleksiv baholash jarayonlari bilan uzviy bog‘lash asosida ishlab chiqishga oid tavsiyalar “Teaching Integrated Skills through Artificial Intelligence” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 28-apreldagi 11-050-2476/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining darsni loyihalash, sun’iy intellekt asosida pedagogik jarayonni tashkil etish va metodik qaror qabul qilish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining monologik va dialogik nutqini rivojlantirish samaradorligi sun’iy intellekt chatbotlari, prompt engineering, ijodiy nutqiy topshiriqlar va refleksiv baholash orqali grammatik aniqlik, lug‘aviy boylik, talaffuz-intonatsiya, ravonlik, mantiqiy izchillik va interaktiv muloqot ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida oshirilishiga oid tavsiyalar “Teaching Integrated Skills through Artificial Intelligence” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirildi (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 28-apreldagi 11-050-2476/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasi, og‘zaki nutq ko‘nikmalari, interaktiv muloqotga kirishish, monologik va dialogik nutqni tashkil etish malakalari oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish