Haqnazarova Nilufar Quranboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga mos prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped95.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Iqromjon G‘ulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Egamberdieva Nodira Meliboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyot sohalari va mintaqalarning innovatsion rivojlanish istiqbollari asosida oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini prognozlashning asosiy metodologik tamoyillari, qoidalarini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot sohalari va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asoslash hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiluvchi forsayt markazlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot sohalari va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar uzviy bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha prognozlash metodik tizimi modeli ishlab chiqilgan;
oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni prognozlashning axborot-metodik ta’minotini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga mos prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
oliy ta’lim muassasalarida xududlar va sohalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asoslash hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiluvchi forsayt markazlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari yo‘nalishlari o‘quv rejalari va malaka talablariga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlashni rivojlantirishda o‘z-o‘zini ta’minlashning manbalarini va resurslarini kengaytirish uchun tamoyillarni shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalaridagi “Pedagogik mahorat va kompetentlik” moduli mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar uzviy bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha prognozlashtirish metodik tizimi modelidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv rejasidagi “Ta’lim tizimi menejmenti” hamda “Universitet 3.0 modeli va ta’lim sifatini ta’minlash masalalari” modullarining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashni prognoz qilishning asosiy metodologik tamoyillari, qoidalarini aniqlashga va asoslashga xizmat qilgan;
oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni prognozlashning axborot-metodik ta’minotini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 788-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasidagi “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” hamda “Ta’lim menejerining innovatsion kompetentligi” modullari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 89-02-2723-son ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini prognoz qilishni takomillashtirishga xizmat qilgan.