Yusupov Komaliddin Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida investisiyalarning moliyaviy samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt 5476
Ilmiy rahbar: Bekimbetova Gulnora Maratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Karabaev Sanjar Abdusamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida investisiyalar samaradorligini tahlil qilish hamda ularni oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida investision samaradorlikni baholashda hududlarning iqlimiy va iqtisodiy xususiyatlardan kelib chiqib, viloyatlar kesimida farqlashtirilgan hududiy baholash tizimi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida investisiyalar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy, iqlimiy, huquqiy, texnologik hamda ijtimoiy xavf omillarini hisobga olgan holda investisiya tavakkalchiligini baholashga mo‘ljallangan agro risk indeksi (“Agro-Risk Index”) modeli ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida investisiyalar hajmi yalpi qo‘shilgan qiymatga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi ekonometrik tahlil asosida aniqlanib, investisiyalar miqdorining 1% ga oshishi yalpi qo‘shilgan qiymatni taxminan 0.9% ga o‘sishiga olib kelishi aniqlangan;
tadqiqot natijasida aniqlangan trend tenglamalar orqali qishloq xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi polinomial regressiya tahlili natijasida 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida investisiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida investision samaradorlikni baholashda hududlarning iqlimiy va iqtisodiy xususiyatlardan kelib chiqib, viloyatlar kesimida farqlashtirilgan hududiy baholash tizimi ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-767-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi sohasida investisiya oqimlarini hududiy xususiyatlardan kelib chiqib samarali yo‘naltirish, resurslardan oqilona foydalanish va past samaradorlikka ega hududlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ishlab chiqish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligida investisiyalar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy, iqlimiy, huquqiy, texnologik hamda ijtimoiy xavf omillarini hisobga olgan holda investisiya tavakkalchiligini baholashga mo‘ljallangan agro risk indeksi (“Agro-Risk Index”) modeli ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-767-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi investisiyalarining umumiy samaradorlik ko‘rsatkichlarida 5-7 foizlik barqaror o‘sish tendensiyasiga erishilgan;
qishloq xo‘jaligida investisiyalar hajmi yalpi qo‘shilgan qiymatga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligi ekonometrik tahlil asosida aniqlanib, investisiyalar miqdorining 1% ga oshishi yalpi qo‘shilgan qiymatni taxminan 0.9% ga o‘sishiga olib kelishi aniqlangan va Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-767-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida investisiyalarni oshirish yalpi iqtisodiy o‘sishni barqaror ta’minlash imkonini bergan;
tadqiqot natijasida aniqlangan trend tenglamalar orqali qishloq xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi polinomial regressiya tahlili natijasida 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-767-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati bo‘yicha keyingi besh yillikdagi qishloq xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi prognozlashtirilgan.