Botirov Shavkat Alijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l vohasi sho‘rlangan tuproqlarining fizikaviy va meliorativ holatini antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V278.
Ilmiy rahbar: Kurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Sanoatxon Xomdomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sobitov O‘lmasboy Tojaxmedovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antropogen omillar ta’sirida Mirzacho‘l vohasi sho‘rlangan tuproqlarining hozirgi agrofizikaviy holatini baholash hamda unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyatida tarqalgan sug‘oriladigan sho‘rlangan tuproqlarning xossa-xususiyatlari, meliorativ holatini tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi hamda tuproqdagi gumus bilan quruq qoldiq miqdorlari o‘rtasidagi korrelyativ aloqadorliklar aniqlangan;
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarning hozirgi agrofizikaviy, kimyoviy, agrokimyoviy xossalari hamda ularni uzoq vaqt dehqonchilikda foydalanish natijasidagi o‘zgarishlari isbotlangan;
sho‘rlangan tuproqlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar avvalgi ilmiy natijalar bilan taqqoslangan, sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanish darajasi va tipi, sho‘rtoblanish bo‘yicha o‘zgarishlari aniqlangan hamda tuproq-meliorativ holatini sho‘rlanish darajalari bo‘yicha baholangan;
sug‘oriladigan turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda shirinmiya (glycyrrhiza glabra L.) o‘simligi etishtirish orqali tuproqlarni unumdorlik, agrofizikaviy va meliorativ xossalarini yaxshilanishi isbotlangan;
sug‘oriladigan, turli darajada sho‘rlangan otloqi va bo‘z o‘tloqi tuproqlarning sho‘rlanish darajalari aniqlangan hamda 1:10000 masshtabli sho‘rlanish kartogrammalari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan turli darajada sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
Boyovut tumanidagi “G‘alaba” massivining degradatsiyaga uchragan unumdorligi past “Boyovutlik zaxmatkashi”, “Boyovut dorivor o‘simliklari” fermer xo‘jaliklarining 65 gektar er maydonlarida joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 11-noyabr 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirinmiya (glycyrrhiza glabra L.) ekilgan maydonlarda agronomik qimmatli agregatlar miqdori 60-82 % gacha oshgan, quruq qoldiq mos ravishda 0,066 dan 0,010% gacha kamayish imkonini bergan;
Mirzabod tumani “Yangiobod” massivi uchun 1:10000 masshtabli sug‘oriladigan tuproqlar uchun tuzilgan sho‘rlanish kartogrammasi “Muhammad Yusuf Samandar” va “Mirzabod zavqi” nomli fermer xo‘jaliklarining 97 gektar sug‘oriladigan er maydonlarida, Oqoltin tumani Bobur nomli massivi sug‘oriladigan tuproqlar uchun tuzilgan 1:10000 masshtabli sho‘rlanish kartogrammasi “Xakim Davron” va “Nurmatullo” fermer xo‘jaliklarining 185 gektar sug‘oriladigan er maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston rspublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 11-noyabr 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kartogramma ma’lumotlari asosida massivda erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar qo‘llash natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish imkonini bergan;
Mirzacho‘l vohasi sho‘rlangan tuproqlarining unumdorligi va ularni yaxshilashga oid tavsiyalar” nomli tavsiya ishlab chiqilgan va Sirdaryo viloyati fermer xujaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 11-noyabr 05/05-04-749-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyanoma sug‘oriladigan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini qayta tiklash va ulardan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlar olib borish hamda er resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.