Boboev Farrux Farhodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining agrogeokimyoviy holati va unumdorligini yaxshilash yo‘llari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/V675.
Ilmiy rahbar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, , professor; Uraimov Tojiddin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining agrogeokimyoviy holatini kompleks baholash hamda mineral o‘g‘itlar, makro va mikroelementlardan samarali foydalanish asosida ularning unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining agrogeokimyoviy holati kompleks ravishda baholanib, tuproqlarning morfogenetik xususiyatlari va ularning o‘zgarishi, sug‘orish ta’sirida tuproqlarning agrofizik xossalari o‘zgarishi, granulometrik mikroagregat tarkibi, sho‘rlanish darajasi NDVI-LST asosida kompleks tahlili ishlab chiqilgan;
tadqiqot hududining erlarini masofadan zondlash ArcGIS 10.8 (GAT) dasturi ma’lumotlari va tuproq morfologik ko‘rsatkichlarini integratsiyalash orqali tuproqlarining ekologik-meliorativ holatini tezkor va ishonchli baholagan, tuproq qoplami holatini fazoviy va atributiv ma’lumotlar uyg‘unligida aniqlangan; tuproq unumdorlik holatini baholashda NDVI ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish imkoniyati mavjudligi isbotlangan;
tadqiqot hududlari tuproqlarining genetik gorizontlari kesimida makroelementlar (N, P, K, Ca, Mg, Na) va mikroelementlar (Fe, Zn, Cu, Mn, B va boshqalar)ning vertikal migratsiyasi va akkumulyasiyasi qonuniyatlari aniqlanib, elementlarning profil bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlari tuproqning fizik-kimyoviy va biologik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Qashqadaryo deltasining yuqori qismida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi allyuvial tuproqlar gumusining guruhiy tarkibi, organik uglerod zahirasi va gumusli holati  C balansi, C va N biogeokimyoviy aylanish jarayonlari hamda C:N nisbati tahlil asosida o‘simlik ildiz biomassasining ortishi tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar miqdorini ko‘paytirish, ularning mineralizatsiya va gumifikatsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi natijada tuproq organik moddasi va gumus zaxiralarining shakllanishi, GAT modellashtirish dasturi asosida tuproq organik uglerod va gumusli holat zahirasini tavsiflovchi elektron xaritalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan tuproqlarning agrogeokimyoviy holatini tavsiflash va unumdorligini oshirish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
“Koson tumani sug‘oriladigan tuproqlarining sho‘rlanganlik holati va unumdorligini oshirish yo‘llariga doir tavsiyalar” ishlab chiqilgan Koson tumani sug‘oriladigan tuproqlari uchun amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-aprel 05/05-02-310-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyanoma Koson tumani fermer xo‘jaliklari uchun sug‘oriladigan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish hamda g‘o‘za va bug‘doydan mo‘l hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanish imkonini bergan;
Koson tumani Surhon M.F.Y. “Surhon ko‘klam chinori” fermer xo‘jaligining 10 gektar, hamda Nasaf M.F.Y. “Ilxom bo‘rdoqichilik” fermer xo‘jaligining 15 gektar, jami 25 gektar sug‘oriladigan tuproqlari uchun 1:10000 masshtabli tuproqning mikroelementlar bilan ta’minlanishi bo‘yicha kartogramma tuzilgan va massiv xududidagi fermer xo‘jaliklar foydalanishlari uchun amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-aprel 05/05-02-310-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartogramma  ma’lumotlari massivdagi sug‘oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasiga qarab tuproqlarning agrogeokimyoviy holatini baholash, unumdorligi past bo‘lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashga imkon bergan;
Koson tumani Surhon M.F.Y. “Surhon ko‘klam chinori” fermer xo‘jaligining 10 gektar, hamda Nasaf M.F.Y. “Ilxom bo‘rdoqichilik” fermer xo‘jaligining 15 gektar, jami 25 gektar sug‘oriladigan bo‘z- o‘tloqi tuproqlar sharoitida organik C balansi, uning tushish tezligi va o‘simlikning ildiz biomassasi bilan korrelyasiyasi aniqlangan, hamda sug‘oriladigan  tuproqlari uchun 1:10000 masshtabli organik C bilan ta’minlanish xaritasi tuzilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-aprel 05/05-02-310-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqda uglerod to‘planishini ko‘paytirish maqsadida tuproq organik moddasini saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni yaxshiroq tushinish, bu jarayonlarni inson faoliyati orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish va organik moddani oshirish orqali olinishi kerak bo‘lgan ekotizimning boshqa ma’lum afzalliklarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish