Maxmudova Iqbol Nematovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Milliy standart asosida dorixonalar faoliyati  sifatini boshqarish tizimini optimallashtirish», 15.00.03 – Farmatsevtika ishini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Far154.
Ilmiy rahbar: Suyunov Nizom Davurovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Xilola Gayratovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent;  Zufarova Gulnora Xayrullaevna, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorixonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun sifatni boshqarish tizimini optimallashtirishni nazariy asoslash va ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
respublikamiz dorixonalarida zamonaviy sifatni boshqarish tizimini o‘z ichiga olgan “Zarur dorixona amaliyoti (GPP)” milliy standarti ishlab chiqilgan;
ilk bor sifatni boshqarish tizimini doimiy tahlil qilish, hujjatlar aylanmasini tizimlashtirish, standart operatsion jarayonlarni amalga oshirishni nazariy jihatdan optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan;
birinchi marta dorixonalar faoliyatida sifatni boshqarish tizimi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar kompleks tahlil qilinib, korrelyasion va logistik regressiya usullarini integratsiyalash orqali eng informativ indikatorlarni aniqlashning takomillashtirilgan yondashuvi ishlab chiqilgan;
ilk bor sifatni boshqarish tizimining interpretatsiya imkoniyatlarini oshiruvchi pozisiyalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Milliy standart asosida dorixonalar faoliyati sifatini boshqarish tizimini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Dorixonada sifatni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha» uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (02.12.2025 y., №30/60). Ushbu tavsiyanoma Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Pharm Service» davlat muassasasi, «Yangiqo‘rg‘on dori-darmon» MChJ amaliyotiga joriy etilgan. Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi dorixona assortimenti tovarlari xavfsizligini ta’minlash va farmatsevtik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish imkonini beradi;
OʻzMSt 140:2024 “Zarur dorixona amaliyoti (GPP)” milliy standarti O‘zbekiston Standartlar institutining 2024 yil 26 apreldagi 10/MSt-sonli buyrug‘i tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining «Zarur amaliyotlar markazi» davlat muassasasi amaliyotiga tadbiq etilgan. Natijada, milliy standart dori vositalarini dorixonada qabul qilish, saqlash, tayyorlash, yaroqlilik muddatini nazorat qilish, dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bo‘yicha talablarning yagona tartibini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish