O‘rinova Sadoqat Kobuljonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik (oilaviy) issiqxonalar ishchilari mehnat sharoiti xavfsizligini oshirish bo‘yicha innovatsion echimlar yaratish” 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6053
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Sunnatulla, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjieva Shaxnoza Akramovna, texnika fanlari falsafa doktori,(PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik (oilaviy) issiqxonalarda ishchilar mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tashkiliy-texnik echimlarni ishlab chiqish va ularni ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik (oilaviy) issiqxonalar havosidagi ortiqcha nisbiy namlikni kamaytirish usuli havo harorati, nisbiy namlik va shudring nuqtasi haroratining o‘zaro bog‘liqligi hamda Tyuza ≤ Tsh shartida suv bug‘larining kondensatsiyalanish jarayonini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
issiqxona havosidagi zararli moddalar (pestisidlar) changi konsentratsiyasini kamaytirish samaradorligini aniqlash usuli filtrlash yuzasi, havo oqimining filtrlash tezligi va aerodinamik qarshilikning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish asosida takomillashtirilib, filtrlash jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
kichik (oilaviy) issiqxonalar havosidagi ortiqcha nisbiy namlik va pestisid changi konsentratsiyasini birgalikda kamaytirish texnologiyasi havo oqimidagi suv bug‘larini shudring nuqtasidan past haroratli yuzada kondensatsiyalash va pestisid changi zarrachalarini tolali filtr orqali ajratish jarayonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilib, texnologik-texnik tizimning prinsipial sxemasi va konstruktiv-texnologik parametrlari asoslangan;
ishlab chiqilgan texnologik-texnik tizimning havoni tozalash samaradorligini baholash usuli nisbiy namlik, chang zarrachalarining dispers tarkibi va tozalash jarayoni parametrlarining o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish asosida takomillashtirilib, issiqxona havosidagi ortiqcha namlik va zararli changlarni kamaytirish qonuniyatlari eksperimental jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik (oilaviy) issiqxonalar ishchilari mehnat sharoiti xavfsizligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan innovatsion texnologik va texnik echimlar asosida:
issiqxona havosidagi zararli moddalar (pestisidlar) changi va ortiqcha nisbiy namlikni kamaytirishga mo‘ljallangan texnologik-texnik tizim Andijon viloyati Izboskan tumani qishloq xo‘jaligi obektlarida amaliyotga joriy etilgan (2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-113-son ma’lumotnoma). Natijada issiqxona ishchilarining mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xodimlar qo‘nimsizligini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
issiqxona havosidagi ortiqcha nisbiy namlik va zararli moddalar (pestisidlar) changi konsentratsiyasini kamaytirish, texnologik tizim parametrlarini hisoblash va mehnat sharoiti xavfsizligini baholash imkonini beruvchi matematik modellar hamda instrumental vositalar Andijon viloyatidagi issiqxonalar faoliyatiga joriy etilgan (2026-yil 28-yanvardagi 05/06-04-113-son ma’lumotnoma). Natijada zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirini kamaytirish va ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.