Toshtemirov Temirbek Qodirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Simsiz tarmoq texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligi er maydonlarini masofadan monitoringi modeli va algoritmlari”, 05.04.02–“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T 6203.
Ilmiy rahbar: Xujamatov Xalimjon Ergashevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc. 09/2025.27.12.T.01.02
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Ne’matovich, texnika fanlari doktori, professor; Matyokubov Utkir Karimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi simsiz tarmoq texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi er maydonlarini masofadan monitoring qilish usuli, modeli va algoritmlarini takomillashtirish va axborot-o‘lchov modulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
simsiz tarmoq texnologiyalari asosida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, taqdim etish, signal va ogohlantirish, qarorlarni qo‘llab-quvvatlash bosqichlaridan iborat qishloq xo‘jaligi er maydonlarining holatini masofadan monitoring va tahlil qilish imkoni beruvchi usuli hamda 7 ta komponentlardan tashkil topgan tarmoq ishonchliligini baholashning konseptual modeli takomillashtirilgan;
O‘lchash modullarining tartibli tanlanishlar soni va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi er maydonlari holatini masofadan monitoring qilish tizimi ishonchliligini baholash imkonini beruvchi analitik model takomillashtirilgan hamda uning hisoblash algoritmi va dasturiy majmuasi yaratilgan;
sensorlar, tugunlar va bosh tugunlardan tashkil topgan masofadan monitoring qilish sensor tarmog‘ining uyqu, uzatish, qabul qilish va faol holatlarini baholash imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilib, tugunlar o‘rtasida ma’lumotlarni samarali uzatish algoritmi takomillashtirilgan;
er maydonlari holatini real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish uchun imitatsion model va algoritm ishlab chiqilib, namlik, harorat va yorug‘lik sensorlari, quyosh paneli, akkumulyator, mikrokontroller hamda radio moduldan tashkil topgan qurilma modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Simsiz tarmoq texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi er maydonlarini masofadan monitoring modeli va boʻyicha olingan natijalari asosida:
simsiz tarmoq texnologiyalari asosidagi qishloq xo‘jaligi er maydonlari holatini monitoring va tahlil qilish usuli hamda masofadan monitoring qilish tizimining tuzilish sxemasi, modeli va algoritmi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 21-iyuldagi 34-8/5116-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida monitoring tizimining ishlash holatini baholovchi imitatsion model va samarali ma’lumot uzatish algoritmi orqali sezish, qayta ishlash, uzatish va qabul qilish jarayonlarida quvvat sarfini minimallashtirish orqali tizim samaradorligini 20% gacha oshirish ta’minlangan;
monitoring tizimi sensor tarmog‘ining ishonchliligini baholashning konseptual modeli va algoritmi hamda uzatish va qabul qilish qurilmalarining modullari “Aloqaloyiha” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 21-iyuldagi 34-8/5116-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida monitoring tizimining ishonchliligi tarmoq arxitekturasi, aloqa modellari, tugunlar tavsifi va atrof-muhit sharoitlariga bog‘liqligi aniqlanib, tugunlar sonining oshishi bilan ishonchlilik darajasi ortib boradi va gibrid topologiya orqali bu ko‘rsatkichni 98,1% gacha yetkazish mumkinligi asoslangan;
er maydonlari holatini masofadan monitoring va tahlil qilish tizimi sensor tarmog‘i holatini baholovchi imitatsion modeli va tugunlar o‘rtasida ma’lumotlarni samarali uzatishni ta’minlash algoritmi “UNICON.UZ” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 21-iyuldagi 34-8/5116-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida sensorlar, mikrokontrollerlar bloki va simsiz tarmoq texnologiyalarini qo‘llash orqali er maydonlarini nazorat va tahlil qilish vaqti 1,5-2 barobarga qisqarishiga erishilgan.
simsiz tarmoq texnologiyalari asosida er maydonlarini masofadan monitoring qilish tizimining tuzilish sxemasi, modeli va algoritmi hamda monitoring jarayonini imitatsion modeli va uni amalga oshirish algoritmi “Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti”ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 21-iyuldagi 34-8/5116-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida funksional imkoniyatlarini kengaytirish orqali masofadan monitoring samaradorligi 8-10 % gacha oshirilgan va uzlyuksiz nazorat qilish hamda boshqarishni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.