Qodirov Dilmurod Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv ombori inshootlariga ko‘chki xavfi ta’sirini baholash usullarini takomillashtirish (Ohangaron suv ombori misolida)”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2560
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Shakirov Baxtiyar Maxmudovich – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, texnika fanlari doktori, professor; Xamdamov Bekmamad, texnika fanlari. dotsent.
Yetakchi tashkilot – Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv ombori inshootlariga ko‘chki xavfi ta’sirini baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chki ta’sirida shakllanadigan to‘lqinning suv ombori hududida tarqalishi va uning to‘g‘on qiyaligi sirti bo‘ylab harakatini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
suv omboriga ko‘chki tushishi natijasida shakllanadigan to‘lqin balandligini hisoblashning Heller-Hager usuli Kosinuslar teoremasiga asoslangan holda takomillashtirilgan;
suv omborlarida ko‘chkidan hosil bo‘ladigan to‘lqinning to‘g‘onga ta’sir darajasini tezkor baholash imkonini beruvchi hisoblash algoritmi va dasturiy echim ishlab chiqilgan;
suv omborlarida ko‘chki bilan bog‘liq xavflarni baholash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv ombori inshootlariga ko‘chki xavfi ta’sirini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘chki ta’sirida shakllanadigan to‘lqinning suv ombori hududida tarqalishi va uning to‘g‘on qiyaligi sirti bo‘ylab harakatini ifodalovchi matematik model Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 23-iyuldagi 3/4/23-2076-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘li hududda joylashgan suv omborlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning xavflilik darajasini, shuningdek, suv ombori quyi oqimida istiqomat qiluvchi aholi hayotiga yoki yashash sharoitiga bo‘ladigan xavflarni prognozlash va ularni baholash imkoniyati yaratilgan;
suv ombori hududida ko‘chki ta’sirida shakllanadigan to‘lqinning tarqalish joyidan to‘g‘ongacha bo‘lgan har qanday masofadagi balandligini aniqlash, shuningdek, uning to‘g‘on qiyaligi sirti bo‘ylab harakatini ifodalovchi matematik model “O‘zbekgidroenergo” AJning “Ohangaron GES” filiali faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 24-sentyabrdagi 04/19-5228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘li hududlarda joylashgan suv omborlarida ko‘chki ko‘chishidan shakllanadigan suv to‘lqinini matematik modellashtirish yo‘li bilan to‘lqin harakatining, shuningdek, shakllangan to‘lqin bilan to‘g‘on tomonga harakatlanadigan suv massasining to‘g‘on xavfsizligiga ta’sirini to‘g‘on uzunligi bo‘yicha istalgan nuqtada baholash imkoniyati yaratilgan;
suv omborlarida ko‘chki bilan bog‘liq xavflarni baholash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “O‘zbekgidroenergo” AJning “Ohangaron GES” filiali faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 24-sentyabrdagi 04/19-5228-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Ohangaron suv omborida ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish