Mamurov Eldor Tursunovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Linter mashinasi kolosnigining tribologik xususiyatlari yuqori bo‘lgan konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5662
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdumalik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor, Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: linter mashinasi uchun yangi kolosnik konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan lint ajratish jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli konstruksion materiallarning tribologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida linter kolosnigining chigit bilan ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan materialdan tayyorlangan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
linter ishchi kamerasi, hamda, kolosnik ishchi yuzasi bo‘ylab chigitning harakati dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan chigitning ishchi kameradan chiqish vaqti va tezligi qiymatlari asoslangan;
linter kolosnigini tayyorlash texnologiyasining mahsulotni tayyorlash vaqti va tannarxiga ta’sirini hisobga olgan holda operatsiyalari va xarajatlari kam bo‘lgan, kolosnikni metall listdan kesish usulida tayyorlash texnoglogiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya etilgan va amaldagi kolosniklar mustahkamligi, qattiqligi, ishchi yuzasi g‘adir-budirligi, ishqalanish koeffisienti va emirilishga chidamliligi tajriba yo‘li bilan aniqlangan va natijalarni solishtirish orqali yangi kolosnikning afzalligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Linter mashinasi uchun yangi kolosnik konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan momiq ajratish jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
linter mashinasi uchun ishlab chiqilgan yangi kolosnik va uning maqbul parametrlari Farg‘ona viloyati “Kosta line holding MChJ tizimidagi Rishton paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O’zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi №03/25-1642-son 2025 yil 3-iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, paxta momig‘i tarkibidagi nuqson va iflos aralashmalar ulushini 2,1-1,8 %ga, chigitning mexanik shikastlanganligini 2,5-1,8 % ga, linter mashinasining iste’mol energiyasi 1 donasi uchun 32 kVt/soatdan 28 kVt/soatga kamaytirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish