Xalilov Bekzod Axmatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning axborot xavfsizligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.16-“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Iqt3909.
Ilmiy rahbari: Ilxamova Yodgorxon Saidaxmedovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti  huzuridagi DSc. 22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., dotsent Ishmanova Dinora Nurmamad qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Shernaev Akbar Aqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarning axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxona moliyaviy samaradorligini oshirilishga mo‘ljallangan jarayonlar tuzilmasini yagona raqamli ekotizimga birlashtirishda baholash jarayonlarini nazorat qilish ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratish (YM), muntazam amaliyot (MA), istiqbolni baholash (IB), teskari aloqa (TA), yangi maqsadlar (YM) kabi omillar asosida avtomatlashtirish effektivligini ta’minlash taklif etilgan; 
“Korxonalarning yagona raqamli ekotizimi” asosida moliyaviy faoliyatni kompleks boshqarish mexanizmlarini shakllantirish hamda uning xavfsizligini ta’minlash jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirishga qaratilgan yondashuv takomillashtirilgan;
korxonalarni samaradorligi va uning xavfsizlik me’yor chegarasini belgilashga qaratilgan uch komponentli AKTlariga asoslangan “boshqaruv faoliyati” (Mbf = 0,28), “qarorlar samaradorligi” (Mqs = 0,38), “xavfsizlik chegarasi” (Mxch = 0,34) o‘rtasidagi uyg‘unlashtirilgan mutanosiblik modeli taklif etilgan;
korxona  moliyaviy xavfsizligini ta’minlash jarayonida AKTlari asosida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatlariga ko‘ra o‘zaro ma’lumot almashish hamda uning xavfsizligiga erishishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar asosidagi AKTlardan foydalanishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarning axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqaruv samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
korxona moliyaviy samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan jarayonlar tuzilmasini yagona raqamli ekotizimga birlashtirishda baholash jarayonlarini nazorat qilishning ustuvor yo‘nalishlari  e’tibor qaratish (YM), muntazam amaliyot (MA), istiqbolni baholash (IB), teskari aloqa (TA) va yangi maqsadlar (YM) kabi omillar asosida avtomatlashtirish effektivligini ta’minlashga qaratilgan taklif O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tizimidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 9-dekabrdagi 02-05-33-13906-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda boshqaruv samaradorligi va xavfsizligini ta’minlashda AKT hamda biznes xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi oshib, korxonalar daromadlarining 12 foizga yaqin o‘sishiga erishish imkoniyati yaratilgan;
“Korxonalarning yagona raqamli ekotizimi” asosida moliyaviy faoliyatni kompleks boshqarish mexanizmlarini shakllantirish hamda uning xavfsizligini ta’minlash jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirishga qaratilgan yondashuv O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 9-dekabrdagi 02-05-33-13906-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda moliyaviy faoliyat monitoringini yagona raqamli maydon asosida tashkil etish, ichki va tashqi xavfsizlikni nazorat qilish hamda boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish imkoniyati kengaytirilgan;
korxonalar samaradorligi va uning xavfsizlik me’yor chegarasini belgilashga qaratilgan uch komponentli AKTlarga asoslangan “boshqaruv faoliyati” (Mbf = 0,28), “qarorlar samaradorligi” (Mqs = 0,38), “xavfsizlik chegarasi” (Mxch = 0,34) o‘rtasidagi uyg‘unlashtirilgan mutanosiblik modeli O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 9-dekabrdagi 02-05-33-13906-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda boshqaruv samaradorligi va xavfsizlik darajasini baholash, mavjud xavflarni aniqlash hamda minimal sarf-xarajatlar asosida yuqori rentabellikka erishish imkoniyati yaratilgan; 
korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash jarayonida AKTlar asosida ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatlariga ko‘ra o‘zaro ma’lumot almashish hamda uning xavfsizligiga erishishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar asosidagi AKTlardan foydalanishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar boshqaruv faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 9-dekabrdagi 02-05-33-13906-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda uzoq muddatli “xavfsiz raqamli transformatsiya” strategiyasini ishlab chiqish hamda AKTlardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali korxonalar pul mablag‘larini 48 562,56 ming so‘mga oshirish imkoniyati yaratilgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish