Sobirov Jo‘rabek Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kapital bozorida obligatsiyalar muomalasini rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4728.
Ilmiy rahbar: Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azamat Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital bozorida obligatsiyalar muomalasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish va likvid qarz resurslarini kengaytirish hamda investorlar faolligini rag‘batlantirish maqsadida birja obligatsiyalarini muomalaga chiqarish taklifi asoslangan;
kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida yashil obligatsiyalarni joriy etish taklifi ilmiy asoslangan;
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida REPO bitimlarini joriy etish orqali, rezident va norezident sarmoyadorlarning davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan taklif ilmiy asoslangan;
kapital bozorini rivojlantirish maqsadida korporativ obligatsiyalarning daromadini Markaziy bankning asosiy stavkasiga bog‘lab, unga nominal qiymatning 15 foizi miqdoridagi marja qo‘shish orqali emissiya qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorida obligatsiyalar muomalasini rivojlantirish istiqbollarini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
kapital bozorini rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish va investorlarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida birja obligatsiyalarini joriy etish taklifi asoslangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–291-sonli qaroriga takomillashtirish jarayonida inobatga olingan (“Toshkent” Respublika fond birjasining 2025-yil 3-noyabrdagi 01/13-07-94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kapital bozorining diversifikatsiya imkoniyatlarini kengaytirishi, sarmoyadorlarning bozorga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi hamda bozor infratuzilmasining xalqaro mezonlarga muvofiq ravishda barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi rejalashtirilgan;
kapital bozorida ekologik barqaror moliya instrumentlarini shakllantirish maqsadida yashil obligatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy taklifi “Toshkent” Respublika fond birjasi qonun ijodkorligi faoliyatida qo‘llanilgan hamda mazkur taklif amaliyotga joriy etilgan (“Toshkent” Respublika fond birjasining 2025-yil 3-noyabrdagi 01/13-07-94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil sentyabr oyida “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan 5 yil muddatga, yillik 18 foizlik kupon stavkasi bilan 50 milliard so‘m miqdorida yashil obligatsiyalar muomalaga chiqarildi;
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida REPO bitimlarini joriy etish orqali, rezident va norezident sarmoyadorlarning davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan taklifi “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ qonun ijodkorligi faoliyatida qo‘llanilgan hamda mazkur taklif amaliyotga joriy etildi (Investisiya institutlarining milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 15-dekabrdagi 113-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rezidentlar va norezidentlar ishtirokida davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish mexanizmi takomillashtirildi. 2024-yilda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq, davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida 281,17 trln so‘mlik repo bitimlari tuzildi;
kapital bozorini rivojlantirish maqsadida korporativ obligatsiyalarning daromadini Markaziy bankning asosiy stavkasiga bog‘lab, unga nominal qiymatning 15 foizi miqdordagi marja qo‘shish orqali emissiya qilish taklifi “Agat Credit” aksiyadorlik jamiyatining investision faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilindi (“Agat Credit” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 9-dekabrdagi 01/300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mexanizm obligatsiyalarni emissiya qiluvchi kompaniyalarga iqtisodiy tebranishlarga nisbatan moslashuvchanlikni oshirish, investorlar ishonchini mustahkamlash hamda kapitallashuv jarayonlarini barqarorlashtirish imkonini beradi. Natijada, korporativ obligatsiyalar orqali kapital jalb qilish jarayoni uzoq muddatli investision barqarorlikni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish