Juraev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni rivojlantirish mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami:
Ilmiy rahbar: Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar: Raximov Anvar Nurimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Bozorov Elyor Boboqulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qashqadaryo viloyati misolida aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash, raqamli infratuzilma va elektron tijoratning savdo xizmatlari rivojlanishiga ta’sirini aniqlash hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hududlarda aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishning iqtisodiy mazmuni tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, bozor ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini tezlashtirish va savdo xizmatlari hajmini oshirishga ta’sir etuvchi omillar tizimi sifatida aniqlashtirilgan hamda uning konseptual modeli takomillashtirilgan.
Hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatish tizimini barqaror rivojlantirishga ta’sir etuvchi raqamli infratuzilma omillari baholanib, internet tarmog‘iga ulangan savdo obektlari sonining ortishi va zamonaviy POS-terminal hamda QR-to‘lov tizimlarining joriy etilishi natijasida savdo operatsiyalarining tezligi va xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshgani aniqlangan hamda ushbu o‘sishga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy parametrlar tizimlashtirilgan.
Hududlarda savdo xizmatlarini transformatsiyalashda Gordon tipidagi kompleks sonli ekonometrik modellar asosida “Raqamli savdo platformasi” (RSP) mexanizmini qo‘llash taklifi amaliyotga joriy etilgan. Natijada savdo jarayonlarida qog‘oz hujjatlar aylanishini 45 foizga qisqartirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini 18 foizga kamaytirish va savdo korxonalari mehnat unumdorligini 22 foizga oshirish imkoniyatlari aniqlangan.
Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish va ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha ko‘p omilli ekonometrik tahlillar asosida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida olingan quyidagi ilmiy natijalar va yangiliklar amaliyotda foydalanish uchun taqdim etilgan hamda joriy qilingan:
Hududlarda aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishning iqtisodiy mazmuni tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, bozor ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini tezlashtirish va savdo xizmatlari hajmini oshirishga ta’sir etuvchi omillar tizimi sifatida aniqlashtirilgan hamda uning konseptual modeli takomillashtirilgan taklifi “2026–2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 03.06.2026-yildagi 03-03/6572-son ma’lumotnomasi). Natijada savdo xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarida axborot almashinuvi tezlashib, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va savdo xizmatlari hajmini oshirishga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash imkoniyati yaratildi.
Hududlarda savdo xizmatlari ko‘rsatish tizimini barqaror rivojlantirishga ta’sir etuvchi raqamli infratuzilma omillari baholanib, internet tarmog‘iga ulangan savdo obektlari sonining ortishi va zamonaviy POS-terminal hamda QR-to‘lov tizimlarining joriy etilishi natijasida savdo operatsiyalarining tezligi va xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshgani aniqlangan hamda ushbu o‘sishga ta’sir etuvchi asosiy iqtisodiy parametrlar tizimlashtirilgan taklifi “2026–2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 03.06.2026-yildagi 03-03/6572-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati uchun savdo xizmatlarini raqamlashtirish darajasini baholovchi infratuzilma, platforma, to‘lov, logistika va iste’molchi faolligini qamrab oluvchi integrallashgan indikatorlar tizimi ishlab chiqildi.
Hududlarda savdo xizmatlarini transformatsiyalashda Gordon tipidagi kompleks sonli ekonometrik modellar asosida “Raqamli savdo platformasi” (RSP) mexanizmini qo‘llash taklifi amaliyotga joriy etilgan. Natijada savdo jarayonlarida qog‘oz hujjatlar aylanishini 45 foizga qisqartirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini 18 foizga kamaytirish va savdo korxonalari mehnat unumdorligini 22 foizga oshirish imkoniyatlari aniqlangan taklifi “2026–2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 03.06.2026-yildagi 03-03/6572-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur mexanizm ustuvor investisiya yo‘nalishlarini aniqlash va resurslarni raqamli infratuzilma hamda elektron savdo tizimlarini rivojlantirishga samarali yo‘naltirish imkonini berdi.
Qashqadaryo viloyatida savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasini raqamlashtirishning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. Ushbu prognozlar asosida chakana savdo aylanmasini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, investisiya faolligini kuchaytirish va hududiy savdo xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar paketi bo‘yicha taklif “2026–2030-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 03.06.2026-yildagi 03-03/6572-son ma’lumotnomasi). Natijada savdo xizmatlari ko‘rsatish sohasining o‘sish sur’atlarini ilmiy asosda prognozlash, investisiya yo‘nalishlarini aniqlash hamda hududda raqamli savdo xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.