Yugay Lyudmila Yur`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsion tizimlaridan foydalanish choralarini takomillashtirish», 12.00.09–Jinoyat protsessi; kriminalistika; tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu178.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtier Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.25.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Abduvali Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsion tizimlardan jinoyatlarni ochish va tergov qilishda foydalanish choralarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daktiloskopik qayd etish inson shaxsini aniqlash yoki tasdiqlash, tanib olinmagan murdalarni identifikatsiya qilish, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish maqsadida daktiloskopik axborotni to‘plash, tizimlashtirish va qayta ishlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillar ekanligi ilmiy asoslab berilgan hamda mazkur tushunchani qonun bilan mustahkamlash zarurligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni davlatlarning chegara hududlarida sodir etilib, ochilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar joylaridan olingan alohida qo‘l izlari massivlarini ayirboshlash, tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotini joriy etish zarurati ilmiy asoslangan hamda uning tartib-taomillari, mexanizmlari va muddatlari ishlab chiqilgan;
sud ekspertiza muassasalari va ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini aloqadorlik, to‘liqlik, har tomonlamalik, asoslantirilganlik, ketma-ketlik, mantiqiylik mezonlariga ko‘ra o‘tkazish bo‘yicha yagona idoralararo uslubiyotni ishlab chiqish zarurati ilmiy asoslantirilgan;
daktiloskopik, gabitoskopik, genotipik va fonoskopik turdagi hisoblarni kriminalistik hisoblar yagona axborot platformasiga birlashtirish hamda ularni ichki ishlar organlarida qo‘llashning huquqiy mexanizmlarini joriy etish zarurligi ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsion tizimlardan jinoyatlarni ochish va tergov qilishda foydalanish choralarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
daktiloskopik qayd etish - inson shaxsini aniqlash yoki tasdiqlash, tanib olinmagan murdalarni identifikatsiya qilish, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topishda daktiloskopik axborotni to‘plash, tizimlashtirish va qayta ishlash, uni huquqiy mustahkamlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2019 yil 25 iyundagi 06/2-06/2243-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida daktiloskopik axborotni to‘plash va tizimlashtirishda shaxs va fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bog‘liq mavjud huquqiy bo‘shliqlar va turli qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni davlatlarning chegara hududlarida sodir etilib, ochilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar joylaridan olingan alohida qo‘l izlari massivlarini ayirboshlash va tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotini joriy etishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillash¬tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2898-son qarori bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 15 oktyabrdagi 21/1570-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi respublikamiz va qo‘shni davlatlarning chegara hududlarida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni ochish samaradorligini oshirish, bu boradagi hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish va huquqiy mustahkamlashga xizmat qilgan;
sud ekspertiza muassasalari va ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini belgilash, ularni o‘tkazish bo‘yicha yagona idoralararo uslubiyotni ishlab chiqish hamda faoliyatga avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va dasturlarini joriy etishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashti¬rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan 2019–2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika¬si IIVning 2019 yil 2 oktyabrdagi 21/1480-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan sud ekspertizalarni tizimli va sifatli o‘tkazish, sud-ekspertiza muassasalarida zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar, dasturlar va ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
daktiloskopik, gabitoskopik, genotipik va fonoskopik turdagi hisoblarni kriminalistik hisoblar yagona axborot platformasiga birlashtirish hamda ularni ichki ishlar organlarida qo‘llashning huquqiy mexanizmlarini yaratishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2898-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi to‘g‘risidagi nizomni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 15 oktyabrdagi 21/1569-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar avtomatlashtirilgan hisoblarning bir qancha turlarini barcha biometrik bazalar bo‘yicha parallel tarzda izlash jarayonini tezlashtirib, soddalashtiradigan, shuningdek kriminalistik jihatdan muhim axborotni tahlil qilish, uzatish va ishlash jarayonini maqbullashtiradigan integrallashgan mul`ti-biometrik ma’lumotlar bazasiga birlashtirish orqali jamoat tartibini saqlash va dastlabki tergov samadorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish