Atajanova Anarxan Duysenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yidagi ichki suv havzalarining hozirgi ekologik holati va trofik statusi (Sharqiy Qorateren ko‘li va Mo‘ynoq qo‘ltig‘i misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1504.
Ilmiy rahbar: Musaev Ablatdin Keramatdinovch, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq tabiyiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar instituti, DSc.05/2025.27.12.B.14.02.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovch, biologita fanlari doktori, professor; Qochanov Dauletbay Erejepovch, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi ichki suv havzalarining ekologik holati va trofik statusini baholash, muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Orolbo‘yidagi o‘rganilayotgan ko‘llarning gidrokimyoviy parametrlari va suv rejimining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan;
suv havzalaridagi biogen elementlarning miqdoriy tarkibi va ularning mavsumiy ko‘p yillik vaqt davomidagi o‘zgarish dinamikasi ochib berilgan;
turli gidrokimyoviy tahlillar natijasida ko‘llarning trofik statusi va ifloslanish darajasi aniqlanib, antropogen omillar ta’sirida ekotizimda kechayotgan evtrofikatsiya jarayonlarining jadallashuvi baholangan;
Janubiy Orolbo‘yining inqirozga uchragan o‘ziga xos gidroekologik sharoitida suv resurslardan oqilona foydalanish, ko‘llarning ekologik barqarorligini saqlashga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi ichki suv havzalarining hozirgi ekologik holati va trofik statusini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sharqiy Qorateren ko‘li va Mo‘ynoq qo‘ltig‘i suv havzalarining trofik statusi va ekologik holati to‘g‘risida olingan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 1 dekabrdagi №01/18-2-4333-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasidagi suvekotizimlarining eng muhim tarkibiy qismlari holatini baholash va ekologik monitoring dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan bo‘lib, bu esa Orolbo‘yida suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
suv havzalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 20 noyabrdagi 03/04-3-786-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslari va baliqchilik xo‘jaligiga etkazilishi mumkin bo‘lgan ekologik zararning oldini olishni hisoblashda, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda hududiy miqyosda foydalanish imkoniyati yaratilgan.