Isoqov Doniyor Ilxomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Namangan viloyati erlarining sho‘rlanishi va uning ekologik oqibatlari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Gr245.
Ilmiy rahbar: Kamolov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alimkulov Nusratilla Raxmanqulovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yaqubov Tursunboy Botirovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyatidagi sho‘rlangan erlardan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishning hozirgi holati va uning ekologik oqibatlarini aniqlash hamda xulosa, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlashgan maydonlarning agrometeorologik ko‘rsatkichlari, hususiyatlari va ularning dinamikasi ilk bor kompleks tarzda tadqiq etilgan hamda sho‘rlashgan maydonlar ustida agrometeorologik kattaliklardagi o‘zgarishlar, ayniqsa yog‘in miqdorining kamayishi aniqlangan;
Namangan viloyatini sho‘rlangan va sho‘rlanmagan maydonlaridagi tuproqlarning kimyoviy tarkibi va ulardagi farqlar laboratoriya tahlillari asosida aniqlangan;
viloyatning sho‘rlangan va sho‘rlanmagan maydonlarida etishtirilgan qishloq xo‘jalik maxsulotlarining kimyoviy tarkibi laboratoriya analizi asosida aniqlangan, ular orasidagi farqlar belgilangan, hosilning kimyoviy tarkibi tuproq kimyoviy tarkibiga ko‘p jihatdan mos kelmasligi asoslangan;
Namangan viloyatida sho‘rlangan erlar va ularning ekologik oqibatlari aniqlash asosida sho‘rlanmagan erlarga nisbatan sho‘r bosgan erlarda “Ovqat hazm qilish a’zolari” va “Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarining, immun mexanizmiga aloqador ayrim buzilishlar” kasalliklarining yuqori ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sho‘rlangan erlarning ekologik oqibatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Namangan viloyatining er va suv resurslari, ulardan foydalanish darajasi va taqsimoti asosida, ekin maydonlarini aholi oziq-ovqat ta’minotining tibbiyot me’yorlariga ko‘ra amalga oshirish usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 - oktyabrdagi 04/28-05/5166 - son ma’lumotnomasi). Natijada, adir va adir orti xududlariga suvni kam talab qiladigan o‘simliklarni, tekislik va cho‘l xududlariga esa o‘simliklarni tipiga qarab (agar sho‘rlik darajasi kuchli bo‘lsa) lavlagi, makka silos uchun, kartoshka, beda, kunga boqar, baqlajon ekinlarini joylashtirish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ekologik nuqtai nazardan suv resurslarini tejash va tuproq sho‘rlanishini oldini olish maqsadida egatlab sug‘orish maydonlarida suvtejamkor sug‘orish texnologiyalari joriy etishni avvalgi o‘rinlarda tog‘oldi hududlarda (bog‘dorchilik, uzumchilikda) joriy etilishi yuzasidan tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 17 - oktyabrdagi 03-03/3-5833 - son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlanish va sizot suvlari sathining ko‘tarilishini oldini olish, er va suv resurlaridan kelajakda samarali foydalanishni tashkil etish rejalariga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan;
adir va adirorti xududlariga sug‘orish uchun olingan suvning katta qismi er ostiga shimilib, Sirdaryo bo‘yidagi erlarda (Mingbuloq, Pop) yuzaga chiqib, ularning 80-90 foizi kollektor-zovurlar orqali qaytgan suv sifatida daryolarga quyilishi to‘g‘risidagi olib borilgan izlanish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 17 - oktyabrdagi 03-03/3-5833 - son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orishga olingan suv miqdorini kamaytirish, daryo suvlari ifloslanishining oldini olish va fermer xo‘jaliklarida suvdan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
Namangan viloyatida sho‘rlangan maydonlari katta bo‘lgan Mingbuloq va sho‘rlanmagan erlariga ega bo‘lgan Uchqo‘rg‘on tumanlari tuproqlarining kimyoviy tarkibi o‘zaro taqqoslangan, tahlil natijalariga ko‘ra zararli elementlar guruhi aniqlangan. Mingbuloq va Uchqo‘rg‘on tumani qishloq xo‘jalik ekinlarining kimyoviy tarkibi laboratoriya natijalariga ko‘ra taqqoslanib, kimyoviy tarkibi ilmiy jihatdan o‘rganilgan hamda vazirlik tizimida amaliyotga joriylangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 - oktyabrdagi 04/28-05/5166 - son ma’lumotnomasi). Natijada, inson organizmi uchun zararli elementlar aniqlanib, tahlil qilingan. Bu elementlarning ortiqchasi yoki etishmasligi natijasida organizmda yuz beradigan kasalliklar aniqlangan;
atrof-tabiiy muhit nuqtai nazardan suv resurslarini imkon qadar asrab-avaylash va erlarning tobora sho‘rlanishini oldini olish borasida egatlab sug‘oriladigan erlarda suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini birinchi bo‘lib tog‘oldi va adir erlarida joriy etilishi, sug‘orishdagi suvni tejab qolish natijasida keladigan iqtisodiy foyda, inson omili va ikkilamchi sho‘rlanish natijasida kelib chiqadigan ekologik tanglik, sho‘rlangan erlardagi etishtirilayotgan oziq ovqat maxsulotlarining inson organizmi uchun salbiy va ijobiy tomonlari yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 17 - oktyabrdagi 03-03/3-5833 - son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlanish va er osti suvlari yuzasining ko‘tarilishini oldini olish, er resurslari va suvdan kelajakda unumli foydalanishni tashkil etish loyihalariga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan.