Aytbaeva Feruza Rustembay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Foydalanish davrida suv chiqarish inshootlari xavfsizligi holatini hisoblash usullarini takomillashtirish” 05.09.06–“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6586.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluanov Daniyar Tanirbergenovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi  Ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengashi
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaqulov Rustam, texnika fanlari doktori, Xalimbetov Azat Bayrambaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “suv chiqarish inshooti-zamin” tizimining xavfsizlik holatini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inshoot zamini gruntining murakkab tuzilishida dinamik kuchlar ta’sirida “suv chiqarish inshooti-zamin” tizimi uchun xavfsizlikni belgilaydigan model ishlab chiqilgan;
bir jinsli bo‘lmagan gruntlar xossalariga ega inshoot og‘irligi va suvning gidrostatik bosimi ta’sirini belgilaydigan gidravlik model ishlab chiqilgan;
dinamik kuchlar ta’sirida “suv chiqarish inshooti-zamin” tizimi modelida tebranishlarni keltirib chiqaradigan chastotalari asosida gorizontal va vertikal siljishlarni xisoblash usullari takomillashtirilgan;
inshoot og‘irligi va suvning gidrostatik bosimi ta’sirida gruntlarining fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi asosida suv chiqarish inshootlari xavfsizligi holatini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Foydalanish davrida suv chiqarish inshootlari xavfsizligi holatini hisoblash usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
inshoot zamini gruntining murakkab tuzilishida dinamik kuchlar ta’sirida “suv chiqarish inshooti-zamin” tizimi modeli Orol bo‘yi del`ta boshqarmasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 3 iyundagi 03/09-3-331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv chiqarish inshootidan xavfsiz foydalanish, turg‘unligini oshirish va zamin mustahkamligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
foydalanish davrida suv chiqarish inshootlari yuqori b`efi uyurmali oqimning hosil bo‘lishini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar Suenli-Tabankul irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 3 iyundagi 03/09-3-331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv chiqarish inshootining xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun inshoot yuqori b`efida minimal ruxsat etilgan suvning chuqurligi va suv o‘tkazish qobiliyatining maqbul qiymatlarini aniqlash imkonini bergan;
tashqi kuchlar ta’sirida zamin gruntlari fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishini hisobga oladigan suv chiqarish inshootlari xavfsizligi holatini hisoblash usuli Suenli-Tabankul irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 3 iyundagi 03/09-3-331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv chiqarish inshooti va uning zaminida vujudga keladigan deformatsiyalar miqdorini aniqlash, dinamik kuchlarning “suv chiqarish inshooti-zamin” tizimiga ta’sirini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish